Boshqaruv jarayonlarida rahbarlik faoliyatini rivojlantirish. Rahbarga qo’yiladigan talablar. Rahbar madaniyati Asosiy qism
Menejer - bu
Menejer - bu maxsus tayyorgarlik ko’rgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonun-qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir. Menejer bu yollanma boshqaruvchi bo’lib, alohida ijtimoiy qatlamga mansub bo’ladi.
Kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatiga ega bo’lgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma'muriy boshqaruvchilar menejerlar deb yuritiladi.
Menejerlar boshqaruv pog’onasiga binoan uch toifaga bo’linadi:
firma istiqbolini belgilash, uning kelajagi uchun ahamiyatli chora-tadbirlarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Bir so’z bilan aytganda firma rejasini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi.
O’rta pog’ona menejerlari
firma faoliyatining ayrim tomonlarini, chunonchi, ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, narx belgilash, moliya faoliyati, yangi tovarlarni o’zlashtirish, texnologiyani qo’llash, mehnatni tashkil etish kabilarni boshqarish bilan shug’ullanadi.
Quyi pog’onali menejerlar
quyi bo’g’inda, masalan, tsex, bo’lim, brigada doirasida ishni tashkil etish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlarining bajarilishini boshqarib boradi.
To’g’ri, korxonani boshqarish bevosita mulk egasining vazifasi deyishimiz mumkin. Ammo boshqarish uchun mulk egasi bo’lish shart emas. Shu xususdan orkestrni boshqaruvchi direjyor musiqa asboblarining egasi bo’lmasa ham o’z ishini qilaverishi o’rinli. Boshqarish vazifasini korxona egasining o’zi yoki yollangan, ammo mulkdor nomidan ish qiluvchi menejer bajaradi.
Boshqaruv funktsiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishida zamonaviy menejer:
rahbar-boshqaruvchi;
rahbar-diplomat;
rahbar-murabbiy, tarbiyachi;
rahbar-inson;
rahbar-tadbirkor;
rahbar-innovator sifatida maydonga chiqadi.
Boshqaruv uslubi
bu boshqaruv jarayonida yuzaga chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo’llari majmuidir.
Ish uslubi
bu boshqaruv funktsiyalarini samarali bajarish maqsadida biror-bir organning yoki rahbarning bo’ysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta'sir ko’rsatish usuli va yo’llari majmuidir. Masalan:
- ayrim rahbarlarning ish uslubi va hk. Boshqaruvning turli pog’ona va bosqichlarida turgan boshqaruv organlari va rahbarlarning ish uslublari har xildir. Shu nuqtai nazardan ish uslubi g’oyat ko’p qirrali tushunchadir.
Rahbarning ish uslubi
bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o’ziga xos yondoshishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo’l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda o’z vazifalariga muvofiq ish ko’radi.
Rahbarlik usulubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi
Avtokratik rahbar
Liberal rahbar
Demokratik rahbar
Rahbar fazilatlari to’g’risida Gippokrat fikrlari
Sangviniklar tuyg’u (jo’shqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular:
yangi kishilar bilan tez til topishadigan;
bir ish turidan ikkinchi ish turiga tezda ko’nikadigan;
so’zini aniq va ma'noli qilib, imo-ishoralar bilan gapiradigan kishilardir.
Sangviniklar ish jarayonida kechgan ko’ngilsiz hodisalarni tezda unutadilar. Ular o’z kuchi hamda qobiliyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga ega bo’ladilar.
Flegmatiklar:
ta'sirchanligi sust bo’ladi;
bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik bilan ko’chadilar;
ko’ngilsiz hodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar;
sabr-toqatli, chidamli bo’lib, so’zlaganda xotirjam, o’zga shaxslar bilan hayajonlanmay gaplashadilar.
Xoleriklar -
ko’tarinki ruhda ishlay oladigan, qarshiliklarni enga oladigan kishilar bo’lib, ularning ishlash zavqi kayfiyatining buzilishi bilanoq tez o’zgarishi mumkin. Ular serjahl, o’zini yaxshi ko’radigan, tez gapiradigan odamlar bo’lib, boshqalardan gapining ohangi o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Xoleriklarning vazminlik darajasi xuddi sangviniklarnikidek bo’ladi. Rahbar va boshqa kishilarga nisbatan o’zini to’g’ri tutadi.