O’lchash xatoligi va uni keltirib chiqaruvchi sabalari
O’lchash xatoligi deb, o’lchash natijasini o’lchanadigan kattalikning
chinakam (haqiqiy) qiymatidan chetlashuviga (og’ishuviga) aytiladi.
O’lchash xatoliklari turli sabablarga ko’ra turlicha ko’rinishda namoyon
bo’lishi mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
- o’lchash vositalarining zanjirida o’lchash ma’lumotini olish, saqlash,
o’zgartirish va tavsiya etish bilan bog’liq sabablar;
- o’lchash ob’yektini o’lchash joyiga (pozitsiyasiga) o’rnatishdan kelib
chiquvchi sabablar;
- o’lchash vositasi va ob’yektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (temperatura yoki
bosimning o’zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar va
x.k) dan kelib chiquvchi sabablar;
- o’lchash o’byektining xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar;
operatorning malakasi va shu kabilar.
O’lchash xatoliklarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda eng avvalo
o’lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchilarni aniqlash lozim bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |