1- ma’ruza «Kirish. Asosiy tushunchalar va ta’riflarlar. Bog’lanishlar. Statika aksiomalari»



Yüklə 111,19 Kb.
səhifə1/4
tarix11.05.2023
ölçüsü111,19 Kb.
#111438
  1   2   3   4
1-M


1- MA’RUZA

«Kirish. Asosiy tushunchalar va ta’riflarlar. Bog’lanishlar. Statika aksiomalari »



Reja:

  1. Mexanikaning rivojlanishiga Sharq, Yevropa va o’zbek olimlarining qo’shgan hissalari.

2.Statikaning asosiy tushuncha va qoidalari.
3.Statika aksiomalari.
Tayanch iboralar:
mexanik harakat, absolyut qattiq jism, moddiy nuqta, massa, inertlik, kuch, radius-vektor, harakat miqdori statika aksiomalari .


1. Mexanikaning rivojlanishiga Sharq, Yevropa va o’zbek olimlarining qo’shgan hissalari.
Dinamika mexanikaning bo’limi bo’lib, unda moddiy jismlarning harakati unga ta`sir etuvchi kuchlarga bog’lab o’rganiladi.
Dinamika mexanikaning ko’pgina amaliy masalalarini yechishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan umumiy bo’limi hisoblanadi.
Buyuk Italian olimi Goliley (1564-1642) dinamikaning asoschisi hisoblanadi. U moddiy nuqtaning to’g’ri chiziqli noteks harakati uchun tezlik va tezlanish tushunchalarini kiritdi hamda jismlarning bo’shliqda erkin tushish qonunlarini yaratdi. Galiley dinamikning birinchi qonuni - inersiya qonuniga ta`rif berdi gorizontga burchak ostida otilgan jismlarning bo`shliqda parabola bo`ylab harakatlanishini aniqladi.
Gollandiyalik olim Gyuygeus (1629-1695) inersiya momenti – tushunchasini kiritgan, tebrangichlar nazariyasini va soatni yaratgan. U egri chiziqli harakatdagi nuqta uchun tezlanishning momenti tushunchasini umumlashtirib, markazdan qochma kuchni kiritgan.
Buyuk ingliz olimi, Nyuton (1643-1727) Galileyning dinamikaning yaratish sohasidagi ishlarini davom ettirdi. O`zining buyuk asari “philosophniae naturalis principia mathematika” da klassik mexanikaning qonunlariga ta`rif bergan va bu qonunlar asosida dinamikaning sistemali bayonini berdi. Nyuton butun olam tortilish qonunini yaratgan.
Moddiy nuqta dinamikasidan mexanik sistema dinamikasiga o`tishni ta’minlovchi Nyuton tomonidan yaratilgan ta’sir va ansta’sir qonuni katta ahamiyatga ega.
Dekartning harakat miqdorini saqlanishi haqidagi fikrini rivojlantirib, Nyuton harakat miqdorining o`zgarishini ta’sir etuvchi kuchga bog’liqligini aniqladi.
XX asrning boshlarida nemes fizigi Albert Eynshteyn tomonidan yaratilgan relyativistik mexanika (nisbiylik nazariyasi) fazo, vaqt, massa va energiya haqidagi tasavvurkarni butunlay o’zgartirib yubordi. Lekin yorug’lik tezligidan kichik tezliklar uchun klassik mexanika qonunlari asosida olingan natijalar, relyativistik mexanika qonunlari bilan olingan natijalar bilan mos keladi. Galiley-Nyuton qonunlari yordamida hozirgi zamon nazariya mexanikasining asosini tashkil etuvchi teoremalar isbotlandi va mexanika prinsiplari asoslandi.
Kinetik energiyaning o’zgarish qonuni Ivan Bernulli (1667-1748) va
Daniil Bernulli (1300-1782) lar tomonidan ta’riflangan. Harakat miqdorining o’zgarishi haqidagi teorema deyarli bir vaqtning o’zida (1746) Eyler va Daniil Bernulli tomonidan tariflangan.
1716 yil Peterbur fanlar akademiyasi akademigi Ya. German dinamika tenglamalarini statika tenglamalari ko’rinishiga keltiruvchi, umumiy metod, mexanika (kinetostatika metodi)ni kiritgan.
1737y Eyler (1707-1783) bu prinsipni umumlashtirdi va egiluvchi jismlarning tebranishiga qo’lladi.
1743y Dalamber (1717-1783) German Eyler prinsipini qo’llanilish sohasini kengaytirdi, yani bu prinsipni bog’langan jismlardan tashkil topgan murakkab sistemalarga qo’lladi. Bu prinsip Dalamber prinsipi (yoki nachala Dalambera) nomi bilan yuritiladi.
Lagranj (1736-1813) German – Eyler - Dalamberprinsipini statikaning umumiy prinsipini mumkin bo’lgan ko’chish prinsipi bilan birlashtirib, amaliyotda qo’lash uchun qulay bo’lgan ko’rinishga keltirdi. Mumkin bo’lgan ko’chish prinsipi birinchi Stevin (1548-1620) tomonidan kiritilgan
Galiley Stevinning og’ma tekislikdagi mulohazalarini davom etkazib mexanikaning oltin qoidasiga ta’rif bergan: kuchdan yutilsa tezlikdan yutqaziladi.
Akademik M.V Ostrogradskiy (1548-1862) mumkin bo’lgan ko’chish prinsipini umumlashtirib, mexanikaning yangi masalalarini yechishga qo’llagan.
Mexanik sistemaning umumlashgan koordinatalardagi tenglamalarini Lagranj tomonidan keltirib chiqarilgan. Lagranj tenglamalari mexanik sistema harakatini umumiy ko’rinishda ifodalaydi. Bu tenglamalar mexanik sistemaning amaliyotda muhim ahamiyatga ega bo’lgan kichik tebranishlarini o’rganishda qo’llaniladi.
XX asrda mexanikaning rivojlanishida katta hissa qo’shgan o’zbek olimlari: M . T . O’razboyev, X. A. Raxmatulin, X. X. Usmonxodjayev, T. R. Rashidov,…


Yüklə 111,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin