Moddiy nuqta, mexanik sistema, qattiq jism, kuch, kuch-lar sistemasi va bog‘lanishlar. Statika bo‘limida kuchlar sistemasi ta’siridagi mexanik sistemaning yoki mexanik sistemaga qo‘yilgan kuchlar sistemasining muvozanat shartlari o‘rganiladi.
Statikaning asosiy tusgunchalari: moddiy nuqta, mexanik sistema, qattiq jism va kuchlar hisoblanadi.
Moddiy niqta deganda o‘lchamlari va shakli e’tiborga olinmaydigan va massasi bir nuqtaga joylashgan deb qaraladigan jism tushiniladi.
Har bir nuqtasining harakati qolgan nuqtalarining holati va harakatiga bog‘liq bo‘lgan moddiy nuqtalar to‘plamiga mexa-nik sistema deyiladi.
Ixtiyoriy ikkita nuqtasi orasidagi masofa o‘zgarmas va massasi uzluksiz taqsimlangan mexanik sistemaga absolyut qattiq jism deyiladi.
Moddiy jismlarning o‘zaro ta’sirini xarakterlovchi kattalikka kuch deyiladi.
Nazariy mexanikada kuch tushunchasi asosiy birlamchi tushuncha hisoblanadi. Kuch vektor kattalik bo‘lib, u o‘zining son qiymati (miqdori) yoki moduli, qo‘yilish nuqtasi va yo‘nalishi bilan xarakterlanadi. Kuch vektori bilan ustma-ust tushuvchi to‘g‘ri chiziqqa, shu kuchning ta’sir chizig‘i deb ataladi. Kuchlar sistemasi deb qaralayotgan qattiq jismga yoki mexanik sistema nuqtalariga qo‘yilgan kuchlar to‘plamiga aytiladi. Bitta nuqtaga qo‘yilgan kuchlar sistemasini ham qarash mumkin.
Jismga ta’sir etuvchi kuchlar to‘plamiga kuchlar sistemasi deyiladi.
Berilgan kuchlar sistemasi ta’siridan qattiq jism yoki mexanik sistema o‘zining tinch holatini yoki inersial harakatini o‘zgartirmasa, bunday sistemaga nolga ekvivalent yoki muvozanatlashgan kuchlar sistemasi deyiladi va quyidagicha yoziladi:
~ 0.
Qattiq jismga qo‘yilgan kuchlar sistemasining ta’sirini boshqa bir kuchlar sistemasining ta’siri bilan almashtirish mumkin bo‘lsa, bunday kuchlar sistemalariga ekvivalent kuchlar sistemalari deyiladi va quyidagicha yoziladi:
~ .
Kuchlar sistemasining jismga ko‘rsatadigan ta’sirini bitta kuchning ta’siri bilan almashtirish mumkin bo‘lsa, bu kuch berilgan kuchlar sistemasining teng ta’sir etuvchisi deyiladi. kuchlar sistemasining teng ta’sir etuvchisini bilan belgilasak, u holda ~ deb yoziladi.
Statika aksiomalari: