100 ichida sonlarni yozish va o’qish, birliklar va o’nliklarni o’z o’rnida yozish
Bir xonali va ikki xonali son tushunchasini o’zlashtirish, xona qo’shiluvchilari yig’indisi
6-MA’RUZA Mavzu: Boshlangich sinfda matematika darslarida qo`llaniladigan o`quv vositalari va ularning vazifalari. Matematikadan boshlang‘ich sinflar uchun darsliklar, ularning mazmuni va tuzilishi. Turli metodik qo‘llanmalar, ko‘rgazmalar va ulardan foydalanish. O‘qitish vositalardan ijodiy foydalanish va yasaladigan ko‘rgazmali ko‘rsatmalar. Reja: 1.Darslik va o`quv qo`llanmalarini ahamiyati.
2.Darslik va dasturning o’zaro mosligi.
3. Darslik va o’qitishning tarbiyaviy vazifasi.
Tayanсh iboralar: Darslik va o`quv qo`llanmalari, darslik va dasturning o’zaro mosligi, darslik va o’qitishning tarbiyaviy vazifasi.
1.Darslik va o’quv qo’llanmalari ahamyati. Matematika darsligi boshlang’ch sinf maktab dasturi bilan bog’liq holda tuziladi va har bir sinf uchun alohida darslik mavjud.
Darslik boshlang’ich matematika kursining asosiy mazmunini aniq tizimda tushinarli qilib bayon qilingan kitob. Darslikning asosiy vazifasi o’quvchilarning mustaqil bilim olishlarida va darsda olgan bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirishda yordam beradigan birdan-bir o’qitish vositasidir. Darslik mazmuni o’rtacha o’qiydigan o’quvchining o’zlashtirishiga mos qilib tuziladi. Iqtidorli bolalarga darslikdan boshqa murakkabroq tuzilgan o`quv qo`llanmalaridan foydalanishga tug`ri keladi.
Darslikda eng avvalo nazariy matеrial kеyin unga bog`liq bo`lgan amaliy matеrial o`rin oladi . Bundan boshqa mashqlar tizimi ham bеrilgan , ular o`quvchilarning bilimini mustahkamlash va rivojlantirishda katta rol o`ynaydi. Dеmak , darslik bir vaqtda masalalar to`plami hamdir.
Darslikdan tashqari o`qituvchilar uchun ham qo`llanmalar ham yaratiladiki , o`qituvchi darsning еffеktivligini oshirishda undan foydalanadi. Masalan, masalalar to`plami , mеtodik qo`llanmalar o`quvchilar bilan individual ishlash uchun qo`llanmalar tavsiya qilinidi.
O`qituvchilarga yordam tariqasida juda ko`p qo`shimcha qo`llanmalar va jurnallar nashr qilinadi.Bular darslarni o`tkazishga oid mеtodik tavsiyalar , tеstlar to`plami , iqtidorli bolalar uchun masalalar to`plami , individual va guruppavoy ishlash uchun didaktiv to`plamlar, mеtodik jurnallardir.