1 – Ma’ruza Reja Moddiy nuqta. Sanoq sistemasi. Radius-vektor va traektoriya tushunchalari



Yüklə 195,9 Kb.
səhifə1/5
tarix26.12.2023
ölçüsü195,9 Kb.
#197516
  1   2   3   4   5
1-Ma\'ruza


1 – Ma’ruza
Reja
1. Moddiy nuqta.Sanoq sistemasi. Radius-vektor va traektoriya
tushunchalari.
2. Tezlik va tezlanish.
3. Moddiy nuqtaning to‘g‘ri chziqli tekis o‘zgaruvchan harakati.
4. Normal va tangensial tezlanishlar
5. Moddiy nuqtaning aylana bo‘ylab harakati. Burchak tezlik va burchak tezlanishi.
Harakati o‘rganilayotgan jismning kattaligi va shakli kuzatilayotgan sharoitda hech qanday axamiyatga ega bo‘lmasa, bunday jism moddiy nuqta deb qaraladi.
Sanoq sistemasi . Istalgan bir jismning harakati boshqa bir jismga yoki bir-birlariga nisbatan olib o‘rganiladi. Sanoq sistemasi sifatida biror qattiq jism bilan bog‘langan, o‘zaro bir-birlariga tik bo‘lgan 3 ta o‘qdan iborat bo‘lgan dekart koordinatalar sistemasi qo‘llaniladi. Bunday sanoq sistemasi moddiy nuqta deb qaralishi mumkin bo‘lgan jismning istalgan vaqda fazodagi o‘rnini to‘la aniqlash imkonini beradi. Nuqtaning fazodagi o‘rnini X,Y va Z koordinatalari orqali aniqlanadi.
Radius – vektor va traektoriya tushunchasi. Koordinatalar boshidan kuzatilayotgan nuqtaga o‘tkazilgan Z vektorning koordinata o‘qlaridagi proeksiyalari nuqtaning koordinatalariga mos ravishda tengdir, ya’ni rx =x; ry=y va rz=z. Agar nuq­taning fazodagi o‘rni o‘zgaradigan bo‘lsa, ham o‘zgaradi. Shuning bilan bir qatorda nuqtaning X, Y, Z koordinatalari ham o‘zgaradi, Bundan ko‘rinadiki, nuqtaning istalgan vaqtda fazodagi o‘rnini, koordinatalari yoki vektori orqali ifodalash mumkin ekan.
Nuqtaning fazodagi o‘rnini to‘la ravishda aniqlashga imkon beruvchi bunday vektor radius-vektor deb ataladi.
Harakat qilayotgan jismning berilgan vaqt oralig‘idagi harakat traektoriyasi deganda, shu oraliqdagi vaqtning har qanday qiymatlarida kuzatilayotgan jismning fazodagi o‘rinlarini ifodalovchi nuqtalarning o‘zaro qo‘shilishidan iborat bo‘lgan chiziqni tushuniladi.

Yüklə 195,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin