Masofaviy elektr ta’minotga ega ekanligi. Ba’zi xollarda tarmoq tugunlarining masofaviy elektr ta’minoti talab etiladi. Buni optik tola orqali amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu xolda optik tola bilan birgalikda mis o‘tkazish elementi bilan jihozlangan aralash kabellardan foydalanish mumkin. Bunday kabellar ko‘pgina mamlakatlarda keng qo‘llaniladi.
Xozirgi kunda turli vazifali va tuzilishli optik tola va kabellar ishlab chiqarilmoqda. Keng polosali uzoqaloqa tizimlari, jumladan magistral aloqa uchun toladan faqatgina asosiy to‘lqin tarqaladigan bir modali kabellarning yangi turlari ishlab chiqarilmoqda. Magistral aloqa liniyalarida signal uzatishda tolaning so‘nish va dispersiya parametrlariga ham yuqori talablar qo‘yiladi. Bundan tashqari optik nurlanish qutblanishini saqlanishini ta’minlovchi tolalar ham ishlab chiqarilmoqda.
Magistral aloqada qo‘llaniladigan bunday kabellarni ishlab chiqish murakkab va qimmat. Bunday kabellar qo‘llanilganda lazer nurlanish manbalaridan foydalaniladi. Lazer manbalarigaham nurlanish spektrining tozaligiga, nurlanish xarakteristikalarining barqarorligiga yuqori talablar qo‘yiladi.
Tezligi 100 Mbit/s gacha bo‘lgan va aloqa masofasi chegaralangan (tahminan 10 km gacha) tizimlarda nisbatan arzon va oxirgi qurilmalar bilan oson moslashadigan ko‘p modali kabellardan foydalangan maqqul. Bunda nurlanish manbai sifatida ko‘p modalarni nurlantiruvchi oddiy turdagi yarim o‘tkazgich yorug’lik diodlarini ishlatish mumkin.
Yangi turdagi optik tolalarning (siljigan dispersiyasi nolga teng bo‘lmagan), keng polosali kvant optik kuchaytirgichlarning yaratilishi to‘liq optik tizim va optik traktlarni qurish imkoniyatini yaratmoqda. Bunday texnologiyalardan 100 va 1000 Gbit/s o‘tkazish oraliqli tizimlarni yaratishda foydalaniladi.
TOA ko‘plab bir qancha afzalliklarga ega bo‘lishiga qaramay kamchiliklarga ham ega. Bu TOA qurilmalarining qimmatligi va ba’zi optik texnologiyalarning mukammal darajaga yetmaganligi bilan tushuntiriladi. Bunga bog’liqholda quyidagi kamchiliklarni aytish mumkin:
- elementbazasiningqimmatligi. Optik uzatgich va qabul qilgichlarning narxi qimmat. Ayniqsa lazer nurlanish manbalarining narxi qimmat va xizmat qilish muddati chegaralangan. Shuningdek passiv optik qurilmalarni (multipleksor, kommutator, attenyuator va boshqalar) ishlab chiqarish ham katta sarf-harajatlarga olib keladi;
- tolali optic aloqa liniyalarini montaj qilish va xizmat ko‘rsatishning murakkabligi. Elektrik kabelli tizimlarga nisbatan optik kabelli tizimlarni qurish, undan texnik foydalanish, o‘lchov va montaj ishlari murakkab bo‘lib, juda yuqori malakani talab etadi;
- tolani maxsus himoyalash zaruriyati. Mikroyoriqlarda signallarni yo‘qolmasligi uchun tolani ortiqcha yuklash va bukilishlardan himoyalash kerak. Maxsus himoyalashni tashkil etish, ishonchlilikni oshirish maqsadida optik tolani ishlab chiqarish jarayonida tola epoksiakrilad asosidagi maxsus lak bilan qoplanadi. Bundan tashqari kabel maxsus po‘lat tross va shisha plastik sterjenlar hisobiga yanada mustahkamlanishi mumkin.
Bularning barchasi tolali optik kabel narxini oshiradi. Bu kamchiliklar TOA texnologiyasining kelgusi rivojlanishida qisman yoki to‘lik bartaraf etiladi.