1- ma’ruza simli aloqa asoslari reja



Yüklə 165,68 Kb.
səhifə2/44
tarix14.12.2023
ölçüsü165,68 Kb.
#177033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
1- ma’ruza simli aloqa asoslari reja-fayllar.org

Kommutasiya tizimlariga oddiy va avtomatlashtirilgan telefon stansiyalari, konsentratorlar, kanal hosil qiluvchi apparaturalarning ulash maydonchalari va krosslari kiradi. P-193, P-194, P-198 va ZAS kommutatorlar, ATS larga ATSK-200/50, “DEFINITY” kabilar kiradi.
Maxsus aloqa vositalariga - TLG ZAS (P-238TK, P-241TM), TLF ZAS (P-240TM, P-244TN), faksimil ZAS, ma’lumot uzatish apparaturalari, kiradi.
Harbiy aloqa - Qurollarni, harbiy havo kuchlarini va qo’shinlarni boshqarish uchun mo’ljallangan aloqa.
Harbiy aloqa turi Uzatiladigan xabarlar turlariga muvofiq ajratilgan harbiy aloqaning guruhlar klassifikasiyasi. Izoh. Harbiy aloqa quyidagi turlariga ajratiladi telefon, telegraf, faksimil, ma’lumot uzatish, videotelefon.
Aloqa toifasi - harbiy aloqa tarqalish muhitiga va qo’llanilayotgan harbiy aloqa vositalariga ko’ra ajratilgan klassifikasiyalangan guruhlari.
Izoh. Harbiy aloqa quyidagi toifalarga bo’linadi radioaloqa, radioreley aloqa, troposfera aloqa, kosmik aloqa, optoelektron aloqa, signal aloqa va boshqalar.
Harbiy aloqa tizimi - Tashkiliy-texnik jihatdan aloqa kuchi va vositalarining birlashmasini (majmuasi) ifodalovchi boshqaruv tizimining qismi bo’lib qo’shinlarni, havo kuchlari va qurollarni boshqarishda boshqaruv organlari orasida ma’lumotlar almashish uchun mo’ljallangan.
Harbiy aloqa texnikasi - Mudofaa vazirligi buyurtmasiga binoan harbiy aloqa uchun tayyorlangan (ishlab chiqarilgan) aloqa vositalari, aloqani ta’minlash vositalari, harkatlanuvchi vositalar va buyumlar (ashyolar).
Izoh. Bayroqchalar, fonarlar va boshqalar buyumlarga kiradi
Harbiy aloqa vositasi - harbiy aloqa tizimida ma’lumotlarni uzatishni va (yoki) qabul qilishni ta’minlovchi qurilma.
Maxsus harbiy aloqa vositalari - Maxfiylashtirish, aloqaning ishonchligini oshirish, aloqani boshqarish, harbiy aloqa tizimi havfsizligini ta’minlash yoki ogohlantiruvchi signal va komandalarni uzatish uchun mo’ljallangan harbiy aloqa vositasi. (Vositalar turlari – xabar turini, guruhli traktni, raqamli oqimni ya’ni potokni maxfiylashtiruvchi vositalari. Abonent qurilmasida, kanalda, liniyada yoki oqimda axborot himoyasida qo’llaniladigan vositalar).
Harbiy aloqa apparatxonasi - Harbiy aloqa apparatxonasi deb, kuzov-furgonlarda yoki xonalarda o’rnatilgan harbiy aloqa texnikasi tushuniladi.
Qomondonlik shtab mashinalari va jangovor boshqaruv mashinalari.
- radioaloqa vositalari R-140, R-142 N, R-145 BM, BMP - 1KSh.
- RRL vositalar R-409, R-415, R-419 va raqamli RRL stansiyalari.
Harbiy aloqa vositalari kompleksi - Tashkiliy-funksional va tuzilishi jihatidan bog’lik bo’lgan harbiy aloqa vositalari majmui.

Yüklə 165,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin