1- ma’ruza simli aloqa asoslari reja


Aloqa liniyalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar



Yüklə 165,68 Kb.
səhifə4/44
tarix14.12.2023
ölçüsü165,68 Kb.
#177033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
1- ma’ruza simli aloqa asoslari reja-fayllar.org

Aloqa liniyalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar.
Harbiy aloqa liniyasi harbiy aloqa tizimi elementi bo’lib, u umumiy tarqalish muhitiga, liniya va (yoki) antenna-machta inshootlariga hamda ularga xizmat ko’rsatish qurilmalariga ega bo’lgan, harbiy aloqani birlamchi tarmoqlarining guruhli traktlari kanallarini hosil qilinishini ta’minlaydi.
To’g’ri aloqa liniyasi boshqaruv punkti aloqa tugunlari, yordamchi aloqa tugunlari va (yoki) harbiy aloqa abonentlari orasida bevosita yoyilgan harbiy aloqa liniyalari.
Bog’lanish liniyasi boshqaruv punkti aloqa tuguni yoki yordamchi harbiy aloqa tugunini tayanch aloqa tuguni yoki bog’lovchi aloqa tugunlari bilan ulovchi harbiy aloqa liniyasi.
Harbiy aloqa tugunining ulovchi aloqa liniyasi aloqa tuguni elementlarini va alohida apparatxonalarni (stansiyalarni) bir biri bilan o’zaro bog’lovchi harbiy aloqa liniyalari.
Harbiy abonent liniyasi abonentlarning oxirgi qurilma vositalarini aloqa tuguni elementlari bilan bog’lovchi harbiy aloqa liniyasi.


1.3. Telekommunikasiya vositalarini O’R QK aloqa tizimlaridagi vazifalari.
Qo’shinlarni, harbiy texnikalarni va qurollarni zamonaviy boshqarish usullarida telekommunikasiya va axborot tizimlarining o’rni naqadar muhim ekanligi hozirda hyech kimga sir emas albatta. Telekommunikasiya va axborot tizimlarining zamonga mos ravishda takomillashtirilishi infokommunikasion texnologiyalarning samarali tadbiq etilishida, ma’lumotlarni uzatishning o’ta yuqori uslublari joriy qilinishida, ko’rsatilinayotgan xizmat turlari spektrining izchil ravishda kengayishida va axborot resurslarining yagona global axborot strukturasiga integrasiyalanishida xarakterlanayapti. Yagona axborot almashish infrastrukturasini tashkil qilish uchun telekommunikasiya tizimlarini rivojlantirish naqadar beqiyos ahamiyatga ega bo’lib, hozirda bu sohaning dolzarb vazifalaridandir.

Ushbu tizim negizida barcha aloqa turlari mavjud bo’lishi kerak.


Qurolli Kuchlar yagona raqamli integral xizmat ko’rsatuvchi telekommunikasiya tizimining vazifasiga quyidagilar kiradi:
- yagona, markazlashgan telekommunikasiya muhitini boshqaruvchi barcha turdagi informasion trafik (ovoz, xabar, elektron hujjatlar, elektron pochta, ma’lumotlarni uzatish, video uzatish)larni taqdim qilish;
- avtomatlashtirilgan jangovar boshqaruv tizimi, Qurolli Kuchlar resursining yagona hisob tizimi, hujjatlar ijrosining nazorat tizimi kabi kompyuter ilovalarini taqdim etish uchun markazlashgan transport muhitini yaratish.
Yagona raqamli integral xizmat ko’rsatuvchi telekommunikasiya tizimini taqdim etuvchi tarmoqlarda quyidagi kommutasiya usullari qo’llaniladi:
- kanallarni kommutasiyalash – abonentlar orasidagi bog’lanish haqiqiy vaqt masshtabida o’rnatiladi (telefon aloqasi);
- xabarlarni yoki ulardan tashkil topgan paketlarni kommutasiyalash – boshqa abonentga mo’ljallangan xabar, avval EHM yoki kompyuter xotirasida saqlanadi, so’ngra esa kerakli vaqtda uzatiladi (telegraf yoki televizion tasvirlarni uzatish);
- kanallarni va paketlarni baravariga kommutasiyalash;
- kanallarni va paketlarni kommutasiyalash asosida keng spektrli kanallar uchun tavsiyalangan tezkor kanallar kommutasiyasi va tezkor paketlar kommutasiyasi usullari.
Harbiy aloqa kommutasiya vositasi - Aloqa kanallarni va oxirgi harbiy aloqa vositalarini yoki xabarlarni kommutasiya qilish uchun mo’ljallangan harbiy aloqa vositasi.
Harbiy aloqaning oxirgi vositasi - Harbiy aloqa kanallari orqali ma’lumotlarni uzatish yoki qabul uchun mo’ljallanagan harbiy aloqa vositasi.
Oxirgi (terminal) qurilmalar - foydalanuvchilarning texnik vositalari bo’lib, ular telekommunikasiya tarmoqlari orqali signallarni hosil qilish, qayta ishlash, uzatish va qabul qilish uchun mo’ljallangan.


Yüklə 165,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin