Uzoq masofali dala aloqa kabellari mo’ljallanishi va TTT.
Uzoq masofali dala aloqa kabeli P-296 Uzoq masofali aloqa kabellariga P-270 va P-296 turdagi harbiy dala aloqa kabellari o’q bo’yicha, yo’nalish va bog’lovchi liniyalar bo’yicha yuzlab, minglab kilometrga simli aloqani tashkil etish uchun ishlatiladi.
4 simli P-296 dala kabeli 3,6,12, kanalli yuqori chastotali telefonlash apparaturalarni (P-303, P-302) bir kabelli 4 simli tizimda va 24, 60 kanalli apparaturalarni (P-301, P-300) ikki kabelli 4 simli tizimda birgalikda ishlatish uchun mo’ljallangan.
Oxirgi usulda ikkinchi zanjirni 12 kanalli apparatura yordamida cheklangan aloqa uzoqligigacha (800 km) qo’shimcha ravishda zichlashtirish mumkin. P-296 kabeli yordamida 3 dan 72 tagacha TCh kanallarni uzatish mumkin.
P-296 kabeli mavjud bo’lgan ixtiyoriy turdagi uzoq masofali dala kabellarini almashtirishga yaroqlidir.
Karkas to’ri 36 ta ruxlangan po’lat sim boshqa metal bilan qoplangan simdan iborat. Himoya qobig’i sovuqqa, yorug’likka va issiqqa chidamli polivinilxlorid plastinkadan tayyorlangan.
Uzoq masofali dala aloqa kabeli P-270 Uzoq masofali aloqa kabellariga P-270 va P-296 turdagi harbiy dala aloqa kabellari o’q bo’yicha, yo’nalish va bog’lovchi liniyalar bo’yicha yuzlab, minglab kilometrga simli aloqani tashkil etish uchun ishlatiladi.
4 simli P-270 dala kabeli 3,6,12 kanalli yuqori chastotali telefonlash apparaturalarni (P-303, P-302) bir kabelli 4 simli tizimda ishlatish uchun mo’ljallangan.
Oxirgi usulda ikkinchi zanjirni 12 kanalli apparatura, yordamida cheklangan aloqa uzoqligigacha (800 km) qo’shimcha ravishda zichlashtirish mumkin. P-270 kabeli yordamida 3 dan 12 tagacha TCh kanallarni uzatish mumkin.
P-270 kabeli mavjud bo’lgan ixtiyoriy turdagi uzoq masofali dala kabellarini almashtirishga yaroqlidir. Tuzilishiga ko’ra uzoq masofali dala kabellari bitta to’rttalik qilib tayyorlanadi va tolalar yulduz shaklida o’raladi.
Har bir tola 7 ta mis simdan iborat va polietilen izolyasiyaga ega. O’ramlar ustidan to’ldirib polietilen izolyasiya yotqizilgan.