3.1.1. Optik tola va uning tuzilishi
Tolali optik aloqa tizimida optik tebranishlarning tarqalishini chegaralovchi va yorug’lik energiyasi oqimini berilgan yo‘nalishda yo‘naltiruvchi, uzatish va qabul qilish traktlarini bog’lab turuvchi muhit optik tola deyiladi.
Optik tolalar o‘zak va qobiqdan iborat bo‘ladi. Ular qiymat bo‘yicha bir-biriga yaqin turli sindirish ko‘rsatkichlariga ega. O‘zak uzatuvchi muhit, qobiq esa o‘zi va o‘zak orasida chegara hosil qiluvchi sifatida ishlatiladi. Bu chegara yorug’likni yo‘naltiruvchi fizik kanalni shakllantirib, u orqali uzatilgan signalning tashuvchisi yorug’lik nuri tarqaladi.
Yorug’lik nurining faqatgina o‘zak bo‘ylab tarqalishini ta’minlash uchun
n1>n2,
shart bajarilishi kerak. Mos ravishda bu yerda
n1-o‘zakning sindirish ko‘rsatkichi,
n2, -qobiqlarning sindirish ko‘rsatkichlari.
R.M. Sindirish ko‘rsatkichi n, yorug’likning vakuumdagi tezligini (s) materialdagi yorug’lik tezligiga (sm) nisbati orqali ifodalanadi:
n = s / sm.
Turli moddalardan yorug’lik turli tezliklarda tarqaladi.
3.1-jadval
Turli materiallarning sindirish ko‘rsatkichlari
Materiallar nomi
|
Sindirish ko‘rsatkichlari, n
|
Yorug’likning turli materiallardagi tezligi, sm km/sek.
|
Vakuum
|
1,0
|
300 000
|
Xavo
|
1,0003(1)
|
300 000
|
Suv
|
1,33
|
225 000
|
Kvars
|
1,46
|
205 000
|
Shisha
|
1,5
|
200 000
|
Olmos
|
2,5
|
120 000
|
OT uchun asosiy material juda toza va tiniq kvars shishasi, kremniy ikki oksidi (SiO2) hisoblanadi.
Agar dengiz suvi shunchalik tiniq bo‘lganda, u xolda Tinch okeanida joylashgan 33,177 futli Mariana cho‘kmasining eng chuqur joyini ko‘rish mumkin bo‘lardi.
O‘zak va qobiqning kerakli sindirish ko‘rsatkichlarini olish uchun kvars shishasiga qo‘shimchalar qo‘shiladi. Masalan: germaniy va fosfor sindirish ko‘rsatkichini oshiradi, bor va ftor esa aksincha uni kamaytiradi.
3.1-rasm. Optik tolaning tuzilishi
Tolaning qo‘shimcha qobiqlari himoya qobig’i xisoblanadi. 3.1-rasmda tashqi plastik qoplama ko‘rsatilgan. Tashqi plastik qoplama optik tolaning xususiyatlariga ta’sir etuvchi mexanik va atrof muhit ta’sirlaridan uni himoya qiladi.
Dostları ilə paylaş: |