1- ma’ruza simli aloqa asoslari reja



Yüklə 165,68 Kb.
səhifə22/44
tarix14.12.2023
ölçüsü165,68 Kb.
#177033
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44
1- ma’ruza simli aloqa asoslari reja-fayllar.org

Optik kabellar
Vazifasiga ko‘ra optik kabellar (OK) magistral, xududiy va shahar kabellariga bo‘linadi. Yotkazish sharoitlariga bog’liq xolda stansiya va liniya OKlari telefon kanalizatsiyasi kanallarida, gruntda, suv ostida yotkaziladigan; ustunlarga osiladigan turlarga bo‘linadi.

Tolalarni tuzilishiga ko‘ra monotolali va jgutli OK ga bo‘linadi. Aloqa texnikasida faqat monotolali OKqo‘llaniladi. Optik tolani tayyorlash uchun ishlatilingan materialga bog’liq xolda, «kvars-kvars» (OTni o‘zak va qobig’i kvarsdan tayyorlangan) va «kvars-polimer» (OT o‘zagi kvarsdan, qobiq esa polimerdan tayyorlangan) turdagi OK bo‘lishi mumkin. Liniya kabellari uchun faqat «kvars-kvars» turdagi OT qo‘llaniladi. OT ni birlamchi mustahkamlovchi himoya qoplama materialiga bog’liq xolda, polietilen, poliamid, selikon, epitaloksial va epoksiakrilat qoplamali kabellarga bo‘linadi. Liniya OK da asosan epoksiakrilat qoplamali OT, stansiya kabellarda polietilen qoplamali OT qo‘llaniladi.


OT qaysi to‘lqin uzunligiga mo‘ljallanganligiga bog’liq ravishda 0,85; 1,3 va 1,55 mkm to‘lqin uzunliklarida ishlaydigan OK ga bo‘linadi.
3.3. Optik tolada signalning so‘nishi
Optik signal tola orqali uzatilganda yorug’lik to‘lqinlarini tola muhiti bilan chiziqli va nochiziqli o‘zaro ta’siri natijasida signal quvvatini yo‘qolishidan optik signal so‘nadi. So‘nish tolali optik aloqa uzatish tizimlarining regeneratsiyalash uchastkasi uzunligini aniqlovchi, optik tolaning eng muhim parametri hisoblanadi. So‘nish bu tolada yorug’lik oqimlarining kuchsizlanishidir. Tola uzunligi bo‘yicha so‘nishni o‘zgarish qonuni quyidagi umumiy ko‘rinishga ega:

R=R0 yexr(-α*L), (4.1)

bu yerda R0tolaga kiritiladigan quvvat;

L – tola uzunligi;


α - so‘nish koeffitsienti yoki toladagi yo‘qotishlar.
Bu formulani qo‘llab solishtirma yo‘qotishlarni baholashimiz mumkin:
asolishtirma = - (10/L)*lg(P/P0) = 4,343 a. (4.2)

Umumiy holda so‘nish signallarni sochilishi va yutilishidan hosil bo‘luvchi yo‘qotishlar va kabel yo‘qotishlaridan yuzaga keladi.

Yutilish va sochilishdan hosil bo‘ladigan yo‘qotishlar xususiy yo‘qotishlar, kabel yo‘qotishlari esa qo‘shimcha yo‘qotishlar deyiladi.

3.12-rasm. Toladagi yo‘qotishlarning asosiy turlari


Tola yo‘qotishlarini to‘liqularning yig’indisi ko‘rinishida yozishimiz mumkin:

a = ax+ak = ayu + as + ak, (dB/km). (4.3)




Yüklə 165,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin