6.11-rasm. 3 turli chastotali optik kanallar uchun TTS natijasida hosil bo‘lgan kombinatsion garmonikalar
Nochiziqli buzilishlarni kamaytirish uchun OT ga kiritiladigan yig’indi quvvatni kamaytirish kerak. 4.1-jadvalda quvvatning teng taqsimlanishida har bir WDM kanalidagi maksimal quvvat sathi keltirilgan:
6.2-jadval
Quvvatning teng taqsimlanishida har bir WDM kanalidagi maksimal quvvat sathi
Kanallar soni, m
|
2
|
4
|
8
|
16
|
32
|
64
|
128
|
256
|
Pto‘liq = 17 dBm
|
14
|
11
|
8
|
5
|
2
|
-1
|
-4
|
-7
|
Pto‘liq = 30 dBm
|
27
|
24
|
21
|
18
|
15
|
12
|
9
|
6
|
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Pto‘liq=30 dBq da minimal va maksimal kanallar sonida quvvatning kamayishi 21 dB ni tashkil etadi. Bu esa optik kanalda talab etiladigan xatolik koeffitsientini – SShN ta’minlashda muammolarga olib keladi. Bu muammoni hal etishning yagona yo‘li effektiv moda maydoni keng bo‘lgan OT larni yaratishdir, bu esa qiyin masala. Shuning uchun OT ga kiritiladigan yig’indi quvvatni kamaytirish kerak. G.662 tavsiyasi bo‘yicha quvvat sathi 23 dB deb qabul qilingan, lekin bunda iqtisodiy afzal bo‘lgan optik kuchaytirgichlarni qo‘llashda kompromiss masalalar yuzaga keladi. Chunki TTS ni kamaytirish uchun ketma-ket joylashgan optik kuchaytirgichlarning umumiy spektr polosasini chegaralash kerak.
Bundan tashqari har bir optik kuchaytirgich nafaqat foydali signallarni, balki nochiziqli buzilishlarni va boshqa shovqinlarni ham kuchaytiradi. Kuchaytirgichdan kuchaytirgichga qadar shovqin sathi oshib boradi.
Nochiziqli buzilishlarni kamaytirish uchun kanallararo intervalni kamaytirish kerak.
Nochiziqli buzilishlarni kamaytirishning yana bir yo‘li xromatik dispersiya qiymati yuqori bo‘lgan OT larni qo‘llash kerak, chunki minimal dispersiyali OT da kogerent nurlar bir biriga nisbatan bog’langan fazada bo‘ladi. Signallar OT bo‘ylab tarqalganda bir biri bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan yangi to‘lqinlar hosil bo‘ladi. SF OT ning maksimal dispersiyasi buni bartaraf etadi, chunki signallar SF OT orqali uzoq masofalarga tarqalganda signallarning faza bo‘yicha moslashuvi buziladi. Lekin dispersiyaning katta qiymati regeneratsiyalash uchastkasi uzunligini chegaralaydi.
Yuqoridagilardan nochiziqli buzilishlarni kamaytirish uchun shuni xulosa qilish mumkin:
- uzatiladigan signal quvvati va kuchaytirgichlarning joylashuvini optimallashtirish kerak, G.662 tavsiyasi bo‘yicha yig’indi quvvat sathi 23 dB deb qabul qilingan;
- kuchaytirgichlarning kuchaytirish koeffitsientini har bir to‘lqin uzunligida tenglashtirish kerak;
- kanallararo interval va to‘lqin uzunliklari sonini ratsional taqsimlash va optimallashtirish, 50 GGs dan yuqori va notekis kanallararo intervalni qo‘llash kerak;
- D qiymati maksimal SF OT qo‘llash nochiziqli buzilishlarni kamaytiradi, lekin regeneratsiyalash uchastkasi uzunligini chegaralaydi;
- DSF OT da D=0 bo‘lgani uchun nochiziqli buzilishlar eng yuqori bo‘ladi;
- NZDSF OT qo‘llash eng optimal hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |