Ishning borishi. 60 x 15 sm o‘lchamdagi polietilen plyonka olinadi va ustiga xuddi shu o‘lchamdagi filtr qog‘oz to‘shaladi. Filtr qog‘oz ustidan yuqori chetida 5 sm joy qoldirib, qalam bilan uzunasiga chiziq tortiladi. Mazkur chiziq bo‘ylab 50 dona urug‘, murtagi pastga qaratilgan tarzda, har birining orasida 1 sm joy qoldirilgan holda qo‘yib chiqiladi. Urug‘larning ustiga eni 5 sm li namlangan filtr qog‘ozi yopiladi va o‘ram qilib shpagat ip bilan bog‘lanadi. O‘ramning ustiga namuna raqami yozilgach, tubiga suv solingan sosud ichiga vertikal holatda joylashtiriladi.
Urug‘larning o‘sish kuchiga kumarinning ta’sirini o‘rganishda namunadagi urug‘lar suvda, tajriba uchun olinganlari – 50 mg/l konsentratsiyali kumarin eritmasida o‘stiriladi. Urug‘lar besh kun mobaynida 20 ˚C haroratda qorong‘i joyda o‘stiriladi. Shundan so‘ng o‘ram ochilib, maysalar besh ball shkala bo‘yicha baholanadi. Bunda 50 dona maysaning yer osti qismi va ildizning umumiy massasi birgalikda aniqlanadi (3-jadval).
Dostları ilə paylaş: |