Mashg‘ulotning maqsadi: O‘sish kuchining urug‘ massasi, hosil olinadigan yilning meteorologik sharoiti, urug‘larni saqlash muddatlariga bog‘liqligini o‘rganish hamda kumarinning allelopatik agentlardan biri sifatida don ekinlari urug‘larining maysalashiga ta’sirini tadqiq etishdan iborat.
Kerakli asbob va reaktivlar.Texnik tarozi, kristallizatorlar, polietilen plyonka va filtr qog‘ozi, shpagat ip, turli yillarda yetishtirilgan bug‘doy urug‘lari, kumarin, so‘nggi uch yil mobaynidagi meteorologik ma’lumotlar.