1- Mavzu: “Bizning ko’cha Maqsad: o’quvchilarga ko’cha haqida ma’lumot berish, ko'chadagi harakat xavfsizligini o’rganish. BIZNING KO'CHA Bolalar! Ko'cha deb ikki chetiga turli binolar qurilgan, odamlar, avtomobillar va boshqa transport vositalari harakat qilishi uchun mo'ljallangan joyga aytiladi.
Bunday ko'chalarjuda ko'p. Bu ko'chalarni adashtirib yubormaslik uchun ularning harqaysisiga nom berilgan.
Ko'chaning transport va piyodalar qatnaydigan qismi yo'l deyiladi.
Mana bu bizning ko'cha. Yo'lning qatnov qismidan avtomobillar yurmoqda, trolleybus va tramvaylar harakatlanmoqda. Yo'lkalar piyodalar bilan gavjum. Ular chorrahadagi piyodalar uchun ajratilgan o'tish joylaridan o'tmoqdalar. Ko'chadagi harakat xavfsizligini ta'minlash uchun maxsus qoidalarga rioya qilish zarur. Transport haydovchilari va piyodalar bu qoidalarni bilishlari kerak. Aziz kichik do'stim! Bu qoidalarni Sen ham juda yaxshi bilishing va ularga rioya qilishing zarur. 2- Mavzu: SHAHAR KO’CHALARI. Maqsad: O’quvchilarga shahar ko’chalarida harakatlanish qoidalari haqida ma’lumot berish.
Bu rasmlarga diqqat bilan qara. Ularda shahar ko'chalari ko'rsatilgan. Avtomobil, trolleybus, avtobus, tramvaylaryo'lning qaysi qismida harakatlanayotganiga va piyodalar qayerdan yurishayotganiga e'tibor ber. CHORRAHALAR Chorraha – yo’llarning o'zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan yoki ayriladigan joyi.
Agar bir yo'l ikkinchisini kesib o'tsa - bu tort tomonli chorraha deyiladi. Agar bir yo'lga ikkinchi yo'l tutashib ketsa, ya'ni biri ikkinchisini kesib o'tmasa -bu uch tomonli chorraha deyiladi.
3- MAVZU: CHORRAHA Chorraha - transport vositalari eng ko'p qatnaydigan yo'l qismi. Shuning uchun ham chorrahalar eng xavfli joy hisoblanib, u yerda transport va piyodalar harakatini tartibga soluvchi nazoratchi turadi yoki svetofor o'rnatilgan bo'ladi. Piyodalar chorrahalardan o'tayotganda juda ham ziyrak bo'lishlari kerak.
Bu shahardan tashqaridagi katta yo'l. Yo'lning o'ng va chap tomonida piyodalar yurishi uchun joy ajratilgan. Bu joy yo'lning cheti deb ataladi.
Agar yo'l chetida piyodalar yurishi uchun mo'ljallangan yo'lka bo'lsa, ular faqat shu yo'lka bo'ylab yurishlari kerak.
Piyodalar yo'lning chetidan, transport harakatiga qarama-qarshi yo'nalishda yurishlari kerak. Shunda ular ro'paralaridan kelayotgan mashinalarni doimo ko'rib turadilar.
Shahardan tashqaridagi yo'llarda ham, shaharlardagi kabi chorrahalar bor.
Bu chorrahalardan o'tishda piyodalar nihoyatda ziyrak va ehtiyot bo'lishlari kerak.