1- mavzu: Bolalik – insonning ijtimoiy hayot meʼyorlarini egallay boshlash davri Reja: Maktabgacha yosh davri – ijtimoiy hayot me’yorlarini egallay boshlash davri. Ijtimoiylashuv omillarining bola rivojlanishiga ta’siri



Yüklə 100,5 Kb.
səhifə5/5
tarix14.12.2023
ölçüsü100,5 Kb.
#177274
1   2   3   4   5
1- mavzu Bolalik – insonning ijtimoiy hayot meʼyorlarini egalla-fayllar.org

1-jadval Adabtasiya varaqasi
MTT______ guruh _____ tug’ilgan sanasi_________ MTT ga kirish sanasi________ Kirishdagi yoshi: yosh, oy. Sana.
Ishtahasi Uyqusizligi, xarakter hissiy holati kattalarga munosabat O’yinchoq larga munosabat O’zini tutishi Tavsiyalar Adaptatsiya varaqasida bolaning hissiy holati, uni ishtahasi, uyqusi inobatga olinadi. Shuningdek, unda kattalar, boshqa bolalar bilan munosabati, individual xususiyatlar ham qayd etiladi. Bu usuldan foydalanilganda adaptatsiya bosqichining tugashi deb shartli ravishda bola yurish – turishining normallashuvi olinadi. Tayyorlov bosqichi oʼz ichiga ijtimoiy pedagog tomonidan muayyan vaziyat asosida qabul qilinadigan bir qancha chora-tadbirlarni qamrab oladi: Ogʼir adaptatsiya sabablarini aniqlash; Tuman pediatri, tibbiy xodimlar, psixolog, taʼlim tashkiloti tarbiyachilari bilan aloqa va hamkorlik oʼrnatish; Bolalarning MTT, bolalar bogʼchalariga kirishlaridan avval sogʼlomlashtirish chora-tadbirlarini nazorat qilish; Bolalarga ijtimoiy pedagogik yordam rejasini tuzish; Bolaning taʼlim tashkilotlarida yengil adaptatsiyasi uchun oilalar bilan aloqalar oʼrnatish; Maktabgacha yoshdagi bolalarning adaptatsiyasi uchun ijtimoiy pedagogik, ijtimoiy ruhiy, tibbiy chora-tadbirlarni aniqlash.
Amaliy bosqich quyidagi tamoyillarga asoslanadi: Oila va taʼlim tashkilotsida bolaga bir xil yondashuvni shakllantirish; Oila bilan aloqalar – bolaning MTMga qatnay boshlaganida 3-4 kun mobaynida onasining ishtirok etishi; Axborot bazasining kengayib borishi; Bolalarni ruhiy-emotsional qoʼllab-quvvatlash. Tarbiyachi boshqa mutaxassislar-pedagoglar, psixologlar, shifokorlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi. Tarbiyachi faoliyatining maqsadi – maktabgacha talim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarining moslashuvidir. Bu maqsad quyidagi faoliyat turlarida amalga oshiriladi : 2-jadval. Ijtimoiy pedagogik tashxis qo‘yish va maslahat Ijtimoiy profilaktik Faoliyat Ijtimoiy tarbiya Maqsadi: shaxs sotsiogenezi dinamika-sini kuzatish, uning buzilish sabablarini aniqlash; ijtimoiy-psixologik muammolarini va ular-ni hal qilish usul-larini o‘rganish; tarbiyachilarning ijtimoiy adaptatsiyalari xususiyatlarini o‘rga-nish; ijtimoiy tavakkal guruhi tarbiyalanuv-chilarini aniqlash; bolalar qiziqish va qobiliyatlarini o‘rga-nish; ijtimoiy rivojla-nishning individual xaritalarini tuzish; bolalar rivojining ijtimoiy tarmoq va individual vaziyatiga tashxis qo‘yish; bolalarning kattalar va tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishlariga tashxis qo‘yish; ijtimoiy xulq-atvor-dan chetga chiqishlariga tashxis qo‘yish. Maqsadi: bolalar ijtimoiy rivojlanishidagi buzilishlarni oldini olish, shaxsning to‘liq rivojlanishi uchun sharo-itlar yaratish; bolalarda ruhiy keskinlik profilak-tikasi dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; qulay ijtimoiy-psixologik mikromuhit yaratish; tarbiyalanuvchilarning o‘z oilalari, pedagoglar va tengdoshlari bilan muloqot qilishlarining eng optimal yo‘lini tanlash; shaxslararo munosabat-larning profilaktikasi dasturi. Maqsadi: shaxs ijtimoiylashuvi jarayoniga faol ta’sir ko‘rsatish, ijtimoiy tarbiya va ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya dasturlari orqali unga ijobiy ta’sir ko‘rsatish; hayotiy malakalar va ko‘nikmalarni rivojlan-tirish dasturi; profiarientatsiya dasturi: aloqa ko‘nikmalari va muloqot madaniyatini rivojlantirish dasturi; xulq-atvordagi turli chetga chiqishlarni (agressiya, avtoagressiya, adektiv xulq-atvor, uyatchanlik,) to‘g‘rilash dasturi; “Men” obrazining to‘g‘rilash dasturi O‘z faoliyatida tarbiyachi bir qator vazifalarni hal qiladi:  bolaning ijtimoiy maqomini aniqlash;  tarbiyalanuvchilarning individual rivojlanish dasturini tuzish; bola adaptatsiyasi, intergatsiyasi, reabilitatsiyasi. Shu bilan birga u o‘z faoliyatida tashhiz qo‘yish, bashorat berish, reabilitatsion vositachilik va patronaj o‘tkazish vazifasini ham bajaradi. ijtimoiy pedagog faoliyati bola ijtimoiy maqomini aniqlashdan boshlanadi. Hujjatlarni o‘rganish, suhbat, test o‘tkazish yo‘li bilan ijtimoiy tarbiyachi yechishi lozim bo‘lgan muammolarni aniqlaydi. Bola kasallanishini tashhizi qanchalik aniq qo‘yilsa, unga berish mumkin bo‘lgan yordam turini aniqlash oson bo‘ladi. Bolaning tarbiyasi jamoada kechadi, shuning uchun ijtimoiy pedagog bolalar jamoasini ham to‘liq o‘rganadi. Buning uchun tarbiyachi tomonidan “bolani o‘rganish varaqasi” hamda “Bolaning individual xaritasi” to‘ldiradi.
2-jadval. Bolani o‘rganish varaqasi O‘g‘il bola Qiz bola F.I.Sh.
Bola haqidagi umumiy ma’lumotlar
1. Bola yoshi ________________________ (tug‘ilgan yili, kun, oy, joyi)
2. Bola joylashgan tashkilot nomi va manzili___________
3. Qarindoshlari va ularning manzili _________________
4. Millati
5. Ilova qilinadigan hujjatlar (tavsifnoma, tibbiy xarita, yozma ishlar, rasmlar)_____________________________
6. Asosiy shikoyatlar__________________________ 3-jadval.
Bolaning yurish-turishi Umumiy ma’lumotlar
1) qaerda ta’lim oladi;
2) qachon va qaysi yil;
Tarbiyachi savollari Javoblar
Tarbiyachi Pedagog Psixolog
3) takrorlash, qachon va qancha;
4) ta’lim jarayonida qanday qiyinchiliklar mavjud;
5) muvaffaqiyatning qiziqish tufayli oshishi;
6) o‘zi o‘qishni yoki eshitishni yoqtiradimi;
7) sevimli predmetlari;
8) sevimli o‘yinlari;
9) sevimli mashg‘uloti;
10) musiqa;
11) ijtimoiy faoliyat, hayvonlar, tabiatga qiziqish;
12) jismoniy tarbiya va sport Intellektual xulq-atvor
13) e’tibor, xotira;
14) ishlash qobiliyati;
15) darslarda o‘zini tutishi;
16) zamon va makonda mo‘ljal olish;
17) yoshga mos kelishi;
18) tarbiyasida chetga chiqishlar;
19) aqliy rivojlanishning ortda qolishi
20) Nutq toza, duduqlanish, afaziya, sergaplik, lug‘at boyligi, exolaliya va boshqalar Mator ta’sirlar
21) epchillik, yurishi, yozuvi, kulgusi, chaynashi, kiyinishi, charchashi;
22) kayfiyati, negativizm, egotsentrizm, yalqovlik, yolg‘onchilik, maqtanchoqlik;
23) og‘riqqa chidamliligi;
24) ishontirish Uyqu
25) tinch, chuqur, barvaqt, kech, uyqusizlik Ijtimoiy xulq-atvor
26) atrofdagilarga munosabati;
27) tartib, majburiyatlarga munosabati; Ijod
28) shakl, mazmun, kuch, taqlid Boladagi o‘zgarishlar
29) qaysi munosabatlarda va qachon 4-jadval Bolaning individual xaritasi
1. O‘g‘il bola Qiz bola _____________________
2. Bola yoshi ________________________ (tug‘ilgan yili, kun, oy, joyi)
3. Kelishi (qachon, qaerdan)__________________ Oilasi haqida_________________________ Onasi Otasi Qarindoshlari Vasiy
4. Tibbiy ko‘rsatkichlari (jismoniy rivojlanish darajasi, yuqumli kasalliklar va boshqalar)
5. Pedagogik ko‘rsatkichlari: o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar;
6.Psixologik ko‘rsatkichlari: temperament turi; xarakter xususiyatlari; “Men” obrazi; psixologik rivojlanishining umumiy darajasi; anglab oluvchi jarayonlarning o‘ziga xosligi; xulq-atvor xususiyatlari; qobiliyatlari;
7. Ijtimoiy xulq-atvorida chetga chiqishlar: qo‘pollik; janjallar; intizomsizlik; kuchsizlarni urish; hayvonlarga qo‘pol munosabatda bo‘lish; o‘g‘irlik;
8.rivojlanishning ijtimoiy vaziyati: noxush ob’ektiv; noxush sub’ektiv Ijtimoiy pedagogning keyingi vazifasi tarbiyalanuvchilarning individual rivojlanishi dasturini to‘qish, ya’ni bolalar uyining bitiruvchisi qanaqa bo‘lishi kerakligini tasavvur etish lozim.
Buning uchun ijtimoiy pedagog tarbiyachi bilan birgalikda bolaning barcha hujjatlarini, uning muammolarini tahlil qiladi, vaziyatdan chiqish yo‘llarini qidiradi. Tarbiyachning MTTdagi faoliyatining asosiy funksional vazifalari:
1. Tarbiyalanuvchilarga nisbatan insoniylik munosabatlarini shakllantirish, pedagogik jarayonda bolalarning huquqlari, manfaatlari, sog‘liqlarini himoya qilish va saqlash.
2. Bola shaxsining xavfsizligini ta’minlash va psixologik qulay sharoit yaratish.
3. Tarbiyalanuvchilarning shaxsiy xususiyatlari, ularning hayotiy faoliyatlari, sharoitlarini o‘rganish.
4. Bolalarning qiziqish va ehtiyojlari, muammo va qiyinchiliklari, ularning ijtimoiy xulq-atvori va ijtimoiy adaptatsiyalarida chetga chiqishlarni aniqlash.
5. Ijtimoiylashuv jarayonida tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy pedagogik reabilitatsiyasini o‘tkazish.
6. Tarbiyalanuvchilar uchun ijtimoiy qadrli faoliyat turlarini tashkil qilish va tartibga solish.
7. Tarbiyalanuvchi va tashkilot, oila a’zolari o‘rtasida vositachi bo‘lish. 8.Muammolarni yechish uchun individual-korreksion dasturlarni ishlab chiqish. Nazorat savollari:
1. Adaptatsiya nima?
2. Yengil adabtatsiya bu ?
3. O’rta adaptatsiya nima?
http://fayllar.org
Yüklə 100,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin