1- mavzu Bolalik – insonning ijtimoiy hayot meʼyorlarini egalla-fayllar.org
3-mavzu: Ijtimoiy tarbiyada mahallaning o‘rni. Reja: 1. Milliy mentalitet va uning ijtimoiylashuvda tutgan o‘rni.
2. Mahalla ijtimoiylashuvning an’anaviy omili sifatida.
3. Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni.
Milliy mentalitet va uning ijtimoiylashuvda tutgan o‘rni. Ijtimoiy pedagogikaning amaliyoti va nazariyasi xalqning etnografik, tarixiy, madaniy an’analari va xususiyatlariga bog‘liq va inson, insoniy qadriyatlar haqidagi diniy va axloqiy qarashlarga suyanadi. Inson sivilizatsiyasi davomida har qanday jamiyat o‘zi mustaqil mavjud bo‘lishini ta’minlay olmaydigan a’zolari: bolalar, qariyalar, kasallarga munosabat mavzusi bilan bir necha bor duch kelgan. Bunday odamlarga munosabat jamiyatning g‘oyaviy, ijtimoiy, iqtisodiy, axloqiy va milliy xususiyatlariga bog‘liq ravishda rivojlangan va ularning jismoniy yo‘q qilinishidan tortib, jamiyatda to‘liq integratsiyalashuvlarigacha bo‘lgan ko‘rinishlarda ifodalangan. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, davlat va jamiyat rivojining o‘ziga xos yo‘lini tanlashi, milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarni tiklash, saqlab qolish imkonini berdi va hayotning barcha jabhalarida milliy xususiyatlarni inobatga olish vazifasini qo‘ydi. Bugun shaxs shakllanishiga bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi omillarni alohida inobatga olish kerak. Bunday omillarga nafaqat moddiy, g‘oyaviy va psixologik sharoitlar, balki shaxsning shakllanishi ro‘y bergan muhit ham mansubdir. Bu jarayonga mustaqil davlatlarda olib beriladigan millatlararo munosabatlar milliy siyosat ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu ayniqsa shaxsiy hislatlarning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bunday xislatlarga milliy o‘z-o‘zini anglash, g‘urur, iftixor kabi tushunchalar kirishini e’tiborga olsak, shaxsning axloqiy shakllanishi umuminsoniy qadriyatlar bilan birga chambarchas bog‘liq holda kechadi, dab xulosa qilish mumkin. O‘zbek xalqi o‘ziga xos etnik muhit egadir. Bunday muhitda bolalar yoshligidan o‘z ona (milliy) tillarining va unda aksini topgan ertaklar, afsonalar, rivoyatlar, maqollar, ashulalarning ta’sirida bo‘ladilar. Bolalar asta-sekin milliy an’analar, urf-odatlarning aniq me’yorlariga ko‘nikishadi. O‘quvchilarda milliy tarixni, adabiyotni o‘rganishi va ona tillarida turli ma’lumotlarni olishi orqali o‘smirlik yoshida o‘z mansubligini va etnik umummilliylikni anglash ro‘y beradi. Etnomadaniy sharoitlarning ijtimoiylashuviga ta’lim mentalitet (bu tushuncha XX asr boshida fransuz olimi L.Levi Bryul tomonidan fanga kiritilgan) darajasida namoyon bo‘ladi. Mentalitetning tarqalishi xalq tushunchasidan xoli bo‘lmaydi. Etnos-bu tarixan bir hududda shakllangan, til, madaniyat, ruhiyatning umumiy, nisbatan barqaror xususiyatlariga ega, shuningdek boshqa shunday tuzilmalardan o‘z-o‘zini anglashi bilan ajralib turuvchi insonlar majmuasidir. Etnos (xalq)ga mansublik tug‘ilishdanoq bo‘lmay, ijtimoiylashuv, shaxsning muayyan madaniy sohadagi shakllanishi, bolaning axloqiy steriotiplarni o‘zlashtirishi davomida paydo bo‘ladi. Etnosning muhim hususiyatlaridan biri etnik o‘z-o‘zini anglashning mavjudligidir. Etnosni boshqa etnoslardan ajratib turuvchi xususiyatlarga (til, qadriyat, me’yor, din, ilmiy xarakter, san’at) asosan shu etnosning a’zosi deb hisoblanadigan kishilarning mavjudligi bo‘yicha aniqlasa bo‘ladi. Etnos insonlarning ijtimoiy-pedagogik birligi sifatida har bir inson uchun muhim vazifalarni bajarishi mumkin: himoya qilish, nafaqat ijtimoiy, balki jismoniy o‘zini his qilishi uchun. Etnik jamiyat vaqtda muqimdir, uning tarkibi barqarordir. Inson etnik maqomga ega va uni etnosdan ajratib bo‘lmaydi. Shu xususiyatlar uchun etnos inson uchun qo‘llab-quvvatlash guruhi hisoblanadi. Etnosning shaxsiy, ijtimoiy, faoliyat darajalaridagi xususiyatlari etnopsixologiya orqali ifodalanadi. Etnopsixologiya o‘z ichiga milliy hissiyat va kayfiyat, milliy madaniyat va mo‘ljal, milliy an’analarni oladi. So‘ngi paytlarda etnopsixologiyada “milliy xarakter” tushunchasi kam ishlatilmoqda. Etnik guruhlarning psixologik xususiyatlarini ifodalash uchun esa mentallik va mentalitet tushunchalari qo‘llanilmoqda. Mentallik insonning olam, o‘zining bu olamda tutgan o‘rni haqidagi tasavvurlari asosida yetgan obrazlar tizimidir, ya’ni mentallik etnik guruhga u yoki bu davrga xos bo‘lgan o‘ziga yarasha dunyoqarashdir. “Mentalitet” kategoriyasi gumanitar fanlarda an’analar va madaniyat orqali aniqlab beriluvchi ommaviy dunyoqarashning tarkiblarini ifodalash uchun ishlatilmoqda. Mentalitetning turli ta’riflari mavjud. Mentalitet bu anglanmagan darajadagi jamoa tasavvurlari majmuasi bo‘lib, muayyan tabiiyiqlimiy va tarixiy-madaniy sharoitlarda shakllangandir. (A.V. Mudrik) Mentalitet – bu shaxs yoki ijtimoiy guruhning dunyoni muayyan obrazda qabul qilish, his qilish va unda tafakkur yuritishini ichiga oluvchi individual va jamoa ongining darajasidir. Mentalitet shu xalqning uzoq tarixiy rivojlanishi natijasida shakllanadi va milliy xarakter, iqtisodiy va ijtimoiy xulq atvorning milliy modelini belgilab beradi. Mentalitet hatto bir mafkura boshqasiga o‘zgarganda ham o‘zining asosiy parametrlarini saqlab qolish mumkin. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda mentalitet madaniyatga tegishli odamlarda umumiy aqliy qurilmalari ning mavjudligi bilan aniqlanadi. Turli xalqlarning mentalitlari farqi ular quyidagi ijtimoiy hodisalar: ijtimoiy tuzilmaga baho berish, huquq va odat haqidagi qarashlari, ozodlikka munosabati, ozodlikni tushunishlari, mehnat, mulkchilik, boylikka munosabatlari, zamon va makonni tushunishlarini qanday qabul qilishlarida namoyon bo‘ladi.Mentalitet – bu xalq madaniyatining keng maydondagi kvint-esseksiyasidir. “Mentalitet” kategoriyasi, odatda ijtimoiy psixologik kategoriya sifatida tushuniladi. Mentalitet tushunchasining tarkibini psixologik tahlili mentalitet tushunchasini muayyan madaniyatda yashovchi odamlarning integral tasviri sifatida tushunish imkonini beradi. Bu tahlil I.G.Dubrov, V.I.Kukushkin, A.S.Pamarin, V.S.Barulinlar tomonidan o‘tkazilgan. Boshqacha aytganda mentalitet jamiyatning ma’naviy-ruhiy qiyofasi, jamiyat dunyoqarashining asosiy o‘lchovi sifatida tushuniladi. Mentalitet ijtimoiylashuv jarayonida muhim o‘rin tutadi, chunki u ijtimoiy axborot tashuvchisi hisoblanadi. Ijtimoiy axborot bu holatda 3 asosiy guruhda bo‘ladi: ishlab chiqarish qurollari va mehnatning jamoaviy natijalari; ob’ektiv ijtimoiy munosabatlar; til va muloqot. Mentalitet ijtimoiy axborotning o‘ziga xos qismi sifatida o‘zining uzatish kanallariga ega. Ular orasida eng asosiylari tabiiy muhit, mumtoz va boshqa keng tarqalgan matnlar, til strukturalari, kundalik yumushlar hisoblanadi. Hozirgi kunda hali fanda mentalitet tushunchasi tor va keng ma’noda tushuniladi.Keng ma’noda mentalitet jamiyat, jamiyat ongini qabul qilish o‘ziga xosligi sifatida o‘zining tabiat va ijtimoiylashtirishni qabul qilishga o‘zicha dunyoga munosabatda bo‘lish imkonini beradi. 1-chizma. Tarbiyalanuvchilarning milliy psixronologik xususiyatlarini ijtimoiy pedagog inobatga olishi kerak. Milliy psixologiyani bila turib, u tarbiya ishining sifatini oshirishda kerakli qoidalarni topa olish mumkin. Etnopsixologiya pedagogika faniga muayyan milliy guruhlar vakillari tomonidan tarbiyaviy ta’sir choralarini qabul qilishning o‘ziga xoslik, turli xalqlarning tarixiy tajribasini inobatga olib, tarbiya tadbirlarining mazmunini, u yoki bu millat vakillarining tarbiya choralariga ko‘nikishlari xususiyatlarini, aniq etnik guruh vakillarida milliy psixologiyaning ifodalanishini, turli xalqlarda tarbiyaviy ta’sir paytida nizomiy munosabatlarning ifodalanishi xususiyatlarini, milliy mintaqalarda odamlarga nisbatan qo‘llanilayotgan psixologik ta’sirga bog‘liq ravishda tarbiya ishining mahsuldorligi, turli millat vakillarining muomalasi jarayonida shaxslararo munosabatlarning shakllanishini o‘rganishga yordam beradi. Insonlarning milliy psixologik xususiyatlari ularning faoliyatiga quyidagi shakllarda ta’sir ko‘rsatadi: faoliyatning milliy o‘ziga xosligi; inson xislatlarining milliy xususiyati; axloqiy holatning milliy o‘ziga xosligi. Milliy psixologik xususiyatlar nafaqat inson ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatadi, balki bu jarayonga muayyan tuzilish va mazmun beradi. Mentalitet (keng ma’noda) dunyo qarash, jamiyat ongi, bu jamiyatning umumiy aqliy asbobi sifatida Jamiyat ongi Ixtisoslashgan (ilmiy ong) (fan, madaniy, g‘oya, siyosat) Ommaviy ong Ommaviy fikr, ommaviy kayfiyat Ong elementlari: kongnitiv, hissiy-aqliy kam o‘zgaruvchan 73 Milliy psixologiyada ijtimoiy ong hodisasi sifatida to‘rtta sohani ajratsa bo‘ladi. Motivatsion fan sohasi milliy umumiylikning sabablari va g‘oyalarining o‘ziga xosligini xarakterlaydi. Intellektual soha esa milliy psixika tashuvchilari tafakkurining o‘ziga xosligini xarakterlaydi. Bu jihat ularda aqliy hislatlar mavjudligida ifodalanadi. Kommunikativ soha esa har bir xalqning o‘rnatilib bo‘lingan o‘zaro munosabatlar me’yorlari, o‘z axloq stereotiplari, o‘z rahbarlik shakllari mavjudligidan dalolat beradi. Shunday xalq gipotezasi mavjudki, har bir xalq nerv tizimi va aqlining tug‘ma xususiyatlarining faoliyat yuritishida o‘z xususiyatlariga ega. Bu esa milliy xarakterning emotsional-irodaviy sohalarining o‘ziga xosligini keltirib chiqaradi. Milliy psixologik xususiyatlar ko‘nikma va stereotiplar mexanizmlari orqali namoyon bo‘ladi. Qurilmalar insonning muayyan shaklda u yoki bu hodisani qabul qilishidir, ya’ni qurilma muayyan faoliyat yuritishga tayyorlik, biror bir milliy jamoa vakili o‘z etnik sharoitlaridan kelib chiqib milliy mentaliteti shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida milliy axloqiy me’yorlari va qadriyatlar, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanish yo‘nalishlarini mustahkamlash, atrofmuhitdagi odamlarga baho berish, o‘z millati nuqtai nazariga mos kelmaydigan g‘oyalarni qoralash vazifasini bajaradi. Ijtimoiy va pedagogik amaliyot, bir qator tadqiqotlar insonning milliy majburiyatini shakllantiruvchi asosiy ijtimoiy institutlar sifatida oilani e’tirof etadi. Oila: milliy axloqiy normalarni o‘zlashtirish, milliy madaniy muhitga va uning qadriyatlariga ko‘nikishning eng bevosita va abadiy manbasi hisoblanadi. millat psixologiyasi jihatlarining taqlid yo‘li orqali alohida shaxslar ongi va ruhiy olamiga kirishini ta’kidlaydi. milliy qadriyatlarga amal qiladi, ularni saqlaydi. o‘zining milliy tarbiyaviy ahamiyati inson hayoti davomida saqlab qoladi. milliy odatlar, urf va an’analarning asosiy tashuvchisi hisoblanadi. Oilaning barcha sanab o‘tilgan xususiyatlari o‘zbek oilasida o‘zining yorqin ifodasini topadi. O‘zbek xalqi shaxsiy xislatlarida ifodalangan milliy xususiyatlari oilada milliy va diniy qadriyatlar asosida shakllangan va avloddan-avlodga o‘tib ta’lim-tarbiya, odat, marosimlar, qoidalar shaklida mustahkamlangan. Bunday qadriyatlarga avvalo o‘z yurtining o‘tmishiga hurmat, milliy an’analarga sodiqlik va ularni hayotga tadbiq etish kiradi. Milliy xususiyatlarning shakllanishiga mehnat faoliyatining xarakteri va yo‘naltirilganligi, ijtimoiy jarayonlarda qatnashish darajasi, madaniy ta’lim darajasi ta’sir qiladi. Milliy xislatlar shakllanishining asosi milliy, tarixiy, madaniy, diniy, axloqiy qadriyatlar hisoblanadi. Ularning shakllanishi, saqlanishi va boshqa avlodlarga uzatilishi vositasi- milliy odat va an’analar hisoblanadi. Axloqiy qadriyatlar asosida o‘zbek oilasida rostgo‘ylik, vazminlik kabi xislatlar shakllanadi. O‘zbek oilasining pedagogik va psixologik xususiyatlari alohida e’tiborga loyiq. Chunki ular hayot tarzi, ma’naviy axloqiy muhit, tarbiyaviy tamoyillarni belgilab beradi. Bularga milliy qadriyatlarga sodiqlik, diniy amallarga hurmat, bolalarni yaxshi, xayrli ishlarni qilishga undash, o‘z so‘zida turish, kattalarning yoshlarga namuna bo‘lishi, sabr-toqatli bo‘lish, yosh xususiyatlarining inobatga olinishi, munosabatlarning hamkorligi, o‘zaro hurmat tamoyillari asosida qurilishi kiradi. Bir qator tadqiqotlar va shaxsiy kuzatuvlar asosida biz shunday xulosaga keldikki, tarbiyaviy ta’sirlarning natijalari o‘zbek millatining o‘ziga xos xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Ularni esa shartli ravishda ikkiga bo‘lsak bo‘ladi: xarakterli-ishonuvchanlik, hissiyotlik, sodiqlik, sabrlilik, bolalarni sevish; axloqiy-tarbiyalanganlik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, mehribonlik, insoniylik, insoflilik, g‘amxo‘rlik, saxiylik. vatanparvarlik. An’analar iqtisodiy va ma’naviy borliqning tarkibiy unsuri sifatida qaysidir ma’noda bizning hayotimizni kelajak bilan bog‘laydi. Har bir rivojlanish bosqichida an’analarning mazmuni va ahamiyati aniq ijtimoiy-iqtisodiy shartsharoitlar va vazifalar bilan belgilanadi. Ijtimoiy hayotning barcha jabhalari-maishiy, ijtimoiy, san’at sohasining zaruriy tarkibiy qismi bo‘lish bilan birga, an’ana va odatlar odamlarning har bir davrdagi ko‘p asrli qarashlarini mujassamlashtiradilar. Aksariyat hollarda an’analarning kelib chiqishi muhim tarixiy hodisalarga borib taqaladi. Xalqda faqatgina insonlarni tashqi va ichki holatda birlashtiruvchi shu qadriyatlar qadrlanadi. An’analar qanchalik qadimiylik ega bo‘lsa, shuncha ishonch bilan ularning ahamiyati va uning jamiyat institutlari tomonidan qabul qilinishiga e’tibor qaratsa bo‘ladi. An’analar o‘z ifodalarini topish bo‘yicha nihoyatda milliylik xususiyatiga egadirlar,, biroq tarixiy rivojlanish mobaynida ular boshqa xalqlari tomonidan ham boyitiladi va shu paytning o‘zidayoq umumxalq, xalqaro qiyofaga ega bo‘lishadi. An’ana va odatlarga ikki o‘zaro bog‘liq ijtimoiy vazifa xosdir: a) shu jamiyatda o‘rnatilgan munosabatlarni barqarorlashtirish vositalari, b) bu munosabatlarni yangi avlod hayotida amalga oshirish. Bu vazifalar turli yo‘llar bilan amalga oshiriladi: agar an’analar bu hayotda qanday harakat qilish lozimligini aniq belgilab qo‘ygan bo‘lsa, unda an’analar, yurishturishning umumiy me’yorlari yoki tamoyillarini ilgari surishadi. Hozirgi kunda o‘zbek xalqining mentaliteti milliy istiqlol g‘oyasiga asoslanadi. O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning fikricha quyidagilar milliy mentalitetning asosiy tushunchalari hisoblanadi: Vatanga muhabbat: ona tiliga muhabbat: milliy axloqiy, madaniy, ma’naviy qadriyatlar: oila: mahalla: islom dini: ta’lim va ma’rifatning o‘rni: umuminsoniy qadriyatlarga tayanish. 2. Mahalla ijtimoiylashuvning an’anaviy omili sifatida. O‘zbek mentalitetining muhim xususiyatlaridan biri maxsus ijtimoiy tuzilma mahallaning mavjudligidir. Toshkent shahrida XIX asrdan boshlab mahalla mavjud. Ularning tashkil topishi va faoliyat yuritishi bir tomondan milliy- psixologik xususiyatlari, boshqa tomondan esa aholiga yoshligidanoq ijtimoiy munosabatlarga g‘arq bo‘lishlariga imkon yaratish bilan bog‘liqdir. Boshqacha aytganda, mahalla mikrotsizm bo‘lib, unda axloqiy tamoyil va qoidalarga amal qilish, marosim va jamoat faoliyatining boshqa turlarida ishtirok etish orqali shaxsning yanada kattaroq hamjamiyatda ijtimoiylashuvi usullari shakllanadi. Mahallaning demokratiyalashuv, ijtimoiylashuv, insoniylashuv va mukammallashuv jarayonlariga faol ta’sir qila olishini O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov quyidagicha ta’kidlab o‘tgan: “Mahalla-bizning jamiyat hayotida insoniy tarbiya va kelishuvning o‘zgarmas manbasi. Tarixning guvohlik berishicha, bizning davlat daryolar bo‘yida paydo bo‘lgan. Tabiat kataklizmalari, tashqi hayvonlarni birgalikda yengish, qiyin kunlarda qo‘llab-quvvatlash bizning ajdodlarimizni jamoa bo‘lib yashashga o‘rgatgan. Mehribonlik, rahmdillik kabi insoniy hislatlar aynan mahallada shakllanadi. Bu ma’noda mahallani o‘z-o‘zini boshqarish maktabi, kerak bo‘lsa, demokratiya maktabi desa bo‘ladi”. Ijtimoiylashuv nafaqat shaxsning jamiyatda qulayliklarga ega bo‘lishini ko‘zda tutadi, balki shaxsning muayyan axloqiy va etnik qoidalarni egallashini ham ko‘zda tutadi. Shu borada mahalla ijtimoiylashuvining unikal mexanizmi hisoblanadi. Chunki unda: - har bir inson amal qilishi kerak bo‘lgan muayyan axloqiy qonunlar ishlab turadi; - muomala bir qator axloqiy tamoyillarga asoslanadi; - hokimiyatga ishonch va xizmat, shaxsiy namuna kuchi kattalarga hurmat, bolalar haqida g‘amxo‘rlik; - axloq va jamoatchilikning tarbiyasi amaliy faoliyatga kiritish orqali amalga oshiriladi; - ommaviy ong qadriyatlari mahalladan oila va shaxsga uzaytiriladi; - alohida shaxs hayotining asosiy bosqichlari jamoaning barcha a’zolari tomonidan kuzatuvda bo‘ladi. Alohida tarixiy davrlarda an’anaviy hayotiy muammolarning buzilishiga urinishlar amalga oshirilishiga qaramay, mahalla bunga qarshilik ko‘rsatdi va an’ana, odatlarning saqlanib qolishiga yordam beradi. Mahallaning ijtimoiy o‘rni shunda namoyon bo‘ladiki, u doimo jiddiy ijtimoiy o‘zgarishlarga o‘z munosabatini bildirgan va oliy insoniy hamda axloqiy tamoyillarga tayanadi. Masalan, XXasrning 20-30 yillarida mahallada ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishga qo‘shilishi, savodsizlikni bartaraf etish, aholining madaniy dunyoqarashini kengaytirish qo‘llab-quvvatlangan Hammaga mahalla aholisining Rossiya, Ukraina, Belorusiyadan evakuatsiya qilinganlarni qabul qilganliklari ma’lum. Mahalliy aholi vakillari ko‘chib 76 kelganlarga o‘z uylarining bir qismini berishgan, moddiy yordam ko‘rsatishgan. Mahalla jamoalari nihoyatda yuqori axloqiy va ijtimoiy salohiyatga ega, ular odamlarda yaxshi niyatlilik, o‘zaro hurmat, o‘zaro tushunish kabi hislatlarni tarbiyalashadi. Mahalla an’analarni saqlab qolish va ularni yoshlarga yetkazish, jamiyatni demokratiyalashning ilk davrlarida milliy qadriyatlarning tiklanishiga katta yordam bergan. Yangi sharoitlarda mahalla o‘z-o‘zini boshqarish organi sifatida yangi mazmun va ahamiyatga ega bo‘ldi. Bunga O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov tomonidan ham ta’kidlangan. Mahalla maktablari yuqori sinf o‘quvchilarining ijtimoiy va ma’naviy qiyofalari ham ancha o‘zgarib qoldi. Ularning aksariyati tashkilot, maktablarda tashkiliy ish tajribasiga egalar. Oqsoqollarning aksariyat qismi savodxon, ularning ba’zilari ilmiy darajaga egadirlar. Mahalla insonlarning axloqiy birlashuvi markazi bo‘lishni davom ettirmoqda. Bu avvalambor, mahalla qo‘mitalari faoliyatlarining asosiy yo‘nalishlaridan biri ijtimoiy mehnatlarni, shu jumladan obodonlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilishda namoyon bo‘ladi. Bunaqa ishlarning asosiy turlari-ariqlarni tozalash, daraxtlarni kesish, axlatni chiqarish kabi hasharlardir. Bunaqa tadbirlar asosan Navro‘z, Ramazon, Qurbon hayitlari, Mustaqillik kunlari oldidan o‘tkaziladi. Hashar yo‘li bilan uylar, klublar, oshxona, masjidlar bunyod etilmoqda. Eng muhim an’analardan biri mehr-muruvvat bo‘lib, u quyidagi qiyofalarda namoyon bo‘ladi: jamoaning g‘amxo‘rligi, qo‘shnilarning kasal, keksa va kam ta’minlanganlariga yordam ko‘rsatishadi; o‘ziga to‘q kishilarlarning kam ta’minlangan qarindoshlariga va qo‘shnilariga moddiy yordam berishlari; oqsoqol va mahalla qo‘mitasi tomonidan boquvchisini yo‘qotgan va qariyalarga yordam ko‘rsatishi va boshqalar. Jamoada yordam ko‘rsatish an’anasi hozir yangi shakllarga ega bo‘ldi va hokimiyatlar, mahalla qo‘mitalarning asosiy vazifasiga aylandi. Hozirgi kunda mahalla jamiyatda etnomadaniy qadriyatlarni tiklash jarayonida muhim rol o‘ynamoqda. Nikoh, janoza, aqiqa to‘yi, sunnat to‘yi, muchal to‘yi kabi marosimlar ham o‘tkazilmoqda. Bozor munosabatlarini shakllantirishning murakkab holatida mahallaning ijtimoiylashtiruv roli oshib ketadi. Bu avvalambor oila qadriyatlarini saqlab qolishda namoyon bo‘ladi. Nizoli holatlar paydo bo‘lganda xotin-qizlar qo‘mitasi yoki mahalla oila vakillari bilan suhbat o‘tkazadi va odatda vaziyatga oydinlik kiritadi va ajralishlar bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari mahalla ishsizlarga ishga joylashishlariga, militsiya xodimlariga tartibni saqlashda yordam beradi, xizmatga chaqirilganlar bilan tushuntirish ishlari olib boradi. Avvalgiday jamoa o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda muhim o‘rin tutmoqda. Hozirda mahalla bolalar bog‘chalari va maktablari bilan yaqin hamkorlik olib borib, ularga ta’mirlash ishlarini olib borishda, tarbiya ishlarida yordam ko‘rsatadi. Mahalla qo‘mitasi majlislarida maktab intizomining jiddiy buzilishlari ham ko‘rib chiqiladi. Yoshlarga ta’sir 77 ko‘rsatishning bu rasmiy tarmoqlaridan tashqari jamoani nazorat qilishning an’anaviy usuli ham saqlanib qolgan. Har qanday mahallada boy hayotiy tajribaga ega odamlar mavjud. Ularning asosiy vazifasi aholining an’anaviy ahloq-odob qoidalariga rioya qilishlarini, bolalarning ko‘chadagi yurishturishini nazorat qilishdir. Ular har qanday odamga tanbeh berishlari mumkin, biroq bu ishni doimo ularning hurmatini saqlagan holda amalga oshiriladi. Ota-onalarning bunday munosabatni qadrlashi tahsinga sazovor. Shuning uchun “mahalla sening ham otang, ham onang” degan maqol mavjud. Boshqa sohalarda namoyon bo‘ladigan milliy tiklanish, xalqning milliy o‘z-o‘zini anglashni faollashtirish orqali bo‘ladi. Sobiq Sovet ittifoqi davrida bu kabi an’analar to‘liq yo‘qolib ketmagan, balki ayrim oilalarda o‘ziga xos tarzda saqlanib qolgan va yoshlarga berilgan. Bu ayniqsa, hayotning an’anaviy turmush tarzini saqlab kelayotgan eski shahar mahallalarida yashovchilar orasida yaqqol namoyon bo‘lgan. Mahalla fuqarolarining yuqori savodxonlik va madaniy darajasi (yosh va o‘rta avlod, o‘rta yoki oliy ma’lumotga ega) badiiy ijodning keng rivojlanishi, marosimlar o‘tkazishda ma’naviy o‘zo‘zini ifodalashning keng imkoniyatlarini ko‘zda tutadi. Shuni ta’kidlash joizki, etnik an’analar va marosimlarning tiklanishida avvalo, oiladagi katta avlod, shuningdek, ommaviy axborot vositalari, ayniqsa televidenie katta o‘rin tutadi. Hozirgi kunda mahallaning ahamiyati oshib bormoqda. Biroq yoshlar tarbiyasida muammolar kam emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlarning axloqiy tarbiyasiga xalaqit beradigan bir qancha holatlar ham kelib chiqmoqda. Yoshlarning yoshligidanoq savdo-sotiq qilishga va boshqa tijorat ishlariga sho‘g‘ib ketishi ularning o‘qishiga, bilim olishga bo‘lgan intilishlariga, ijtimoiy munosabatlarga kirishishga, salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ba’zi hollarda muallimlar o‘quvchilarni to‘liq tarbiyalash imkoniyatidan mahrumdirlar, ya’ni ular boshqa faoliyat bilan ham shug‘ullanadilar. Jamiyatni demokratiyalashtirishning mazkur bosqichida yoshlar faoliyat turini tanlashda keng imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Biroq ular bulardan to‘liq foydalana olmaydilar. So‘nggi yillarda yoshlar orasida siyosiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish susaydi, din ta’siri kuchaydi va bu natijada yoshlar mafkuraviy sohada o‘z mo‘ljallarini yo‘qotishlariga olib keldi. Mahalla tarbiyaning an’anaviy usullaridan foydalanib, yosh avlod bilan yanada faol ish olib borish, ularda hozirgi jamiyat talablariga muvofiq keladigan dunyoqarash va axloqiy tamoyillar hosil qilishdan iborat. Mahalla azaldan nafaqat o‘sib kelayotgan avlodning tarbiyachisi vazifasini bajargan, balki ijtimoiy fikrni shakllantirgan ham. Qo‘shnilar o‘rtasidagi barcha nizoli holatlar, shuningdek, esa oilaviy janjallar mahalla qo‘mitalari faollari tomonidan muhokama qilinadi. Bular orasida ko‘pincha qaynonakelin, yosh kelin-kuyovlar orasida janjallar ko‘p uchraydi. Bunaqa holatlarda xotin-qizlar qo‘mitasi suhbat o‘tkazadi. Agar ikki tomonni yarashtirib bo‘lmasa, bu holat bilan mahalla qo‘mitasi shug‘ullanadi. Odatda o‘sha joyning o‘zida muammo hal qilinadi. Shuning uchun ajralishlar soni ko‘p emas. So‘nggi paytlarda uy ishlari bilan band ayollar, yosh oilalar bilan ishlash faollashdi, ularni kasb-hunarlarga o‘rgatish ishlari olib borilmoqda. 78 Mahalla ishsizlarning ishga joylashishlariga ham ko‘maklashmoqda. Harbiy qo‘mitalar askarlikka olishga tanlov bo‘lganda mahalla faolligiga tayanishadi. Mahallaning ijtimoiy hayotida so‘nggi o‘n yillarda katta o‘zgarishlarni boshdan kechirgan qo‘shnichilik munosabatlari muhim o‘rin tutmoqda. Oilaviy muhitning individuallashuv jarayoni ketmoqda. Shu bilan birga yaqin qo‘shnichilik munosabatlari o‘zbek oilasining qadriyatlaridan biri bo‘lib qolaveradi. Bu avvalombor xo‘jalik yordamida, bolalar tarbiyasida, qiyin vaziyatlarda yordam ko‘rsatishda namoyon bo‘lmoqda. Shuning asosida ma’naviy yaqinlik paydo bo‘ladi, ya’ni kundalik axborot almashinuvi, mahalladagi voqealar muhokamasi bo‘lib o‘tadi. Shu tarzda mahalladagi eng kichik guruhlardan biri-qo‘shnichilik guruhi paydo bo‘ladi. Mana shu guruh bilan bir qatorda qarindoshlik aloqalari ham mavjud. Ular hozirda avvalgidan ko‘ra kamroq bo‘lsada, uning a’zolarining faol o‘zaro yordami bilan xarakterlidir. Qarindoshlik munosabatlari o‘zbeklarning oilaviy qadriyatlari tizimida hali ham birinchi o‘rinda turadi. O‘zbeklarning ijtimoiy hayotidagi muhim hodisalardan biri erkaklar birlashmalari-gap, gashtak, ziyofatdir va ularning maqsadi bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishdir. Har bir yosh guruh o‘zining muomala shakliga ega: Qadimda Toshkentda gaplar ommaviy xarakterga ega bo‘lgan. Ular hosil yig‘im terimi yakunlangan kuzgi-qishki davrda o‘tkazilgan. To‘qmada erkaklar har kuni bir-birlarining uyida to‘planishgan va har kim qo‘lidan kelganini olib kelgan. Buning hammasi “umumiy qozon”ga solingan. O‘zlari taom tayyorlashgan, o‘zlari uy yig‘ishtirishgan, namoz o‘qishgan, suhbatlashishgan, axborot almashishgan. Tuqmadan farqli o‘laroq, gap haftada bir marta odatda juma kunlari ishtirokchilardan birining uyida o‘tkazilgan. Har bir gapda saylangan rahbar va ishtirok etish qoidalari bo‘lgan. Qoidabuzarlar gapdan chetlashtirilgan. Ziyofat xarajatlarini mezbon ko‘targan. Namoz va diniy adabiyotlar uchun odamlarni qamashgan XX asrning 30- yillarida gaplarda to‘planish havfli bo‘lgan. II jahon urushi davrida moddiy qiyinchiliklar ham gaplar o‘tkazilmasligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Biroq gaplar XX asrning 50-60 yillarida asta-sekin tiklana boshladi. Biroq bu gaplar biroz boshqacha edi. Avvalo, endi ayollar orasida ham gap tashkillashtirildi. Hozirda ayollar gaplari erkaklarnikidan ko‘ra keng tarqalgan. Oilaviy gaplar, avvalombor sinfdoshlar, kursdoshlar orasida, shuningdek kasbiy gaplar ham ommaboplashdi. Gaplarning ijobiy xususiyatlari bilan birgalikda ularda salbiy jihatlar ham mavjud. Bu isrofgarchilik va ichkilik bilan bog‘liq. Kitoblar mutolaasi, mazmunli suhbatlar tan olinmay kelindi. Avvalgilaridan farqli ravishda hozirgi gaplar yil davomida o‘tkaziladi. To‘y paytida gap ishtirokchilari to‘y egasiga yordam ko‘rsatishadi. Ular og‘aynilarini qiyin kunlarda qo‘llabquvvatlashadi. Har bir gapning shuhrati bor. Insonni, ayniqsa yoshlarni qaysi gapga a’zo bo‘lganidan u qanaqa tarbiya olganini aniqlasa bo‘ladi. Ayollar orasidagi gaplar XX asrning 60-70 yillarida keng rivojlana boshladi. Bu mahalladagi qo‘shnilarning birlashmasi edi. Biroq ishtirokchining yoshi 79 inobatga olingan. Har bir mahallada o‘rta yosh ayollar, yosh ayollar (asosan kelinlar)ning birlashmalari mavjud bo‘lgan. Yaqin qarindoshlar orasidagi gaplar ham keng tarqalgan. Odatda bunda yoshi eng ulug‘ ishtirokchi rahbar bo‘ladi. Bunday gaplarga ayollar farzandlarini ham olib kelishgan. Shuningdek oilaviy gaplar ham paydo bo‘ldi. Ularda erkaklar o‘z xotinlari bilan ishtirok etishadi. Bu gaplar sinfdoshlar yoki kursdoshlar gaplari sifatida boshlangan va keyinchalik har uylangan a’zo o‘z xotinini ham olib kela boshlaydi. Bu gaplar umumiy qoidalar asosida mavjud bo‘lib, nihoyatda kam uchraydi.O‘rta va katta avlod ayollari o‘rtasida to‘planishning boshqa shakllari ham mavjud. Bular mushkul kushod va mavlud kabi diniy marosimlar bo‘lib, ular so‘nggi yillarda Toshkent mahallalarida ochiq-oydin o‘tkazilmoqda. Mavlud yoki mushkul kushodga to‘planishgan ayollar nafaqat diniy marosimlarda ishtirok etishadi, balki muomalaga kirishish imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi. Hayotning eng yaxshi axloqiy me’yor va tamoyillarining tiklanishi fanda hayotning ba’zi eskirgan jihatlarini yangilashga, ayollar erkinligi va huquqlarini cheklashga ham urinishlar bo‘ldi. Mahalla hozirda zamonaviy jamiyat hayotining ijtimoiy tizimida o‘z o‘rnini topgan. Milliy va etnik an’analarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston siyosati bu an’anaviy institutning yanada faol faoliyat yuritishiga yangi zaminlar yaratdi. Nazorat savollari: 1. Milliy mentalitetning ijtimoylashuvda tutgan o’rni qanday? 2. Ijtimoiylashuvda mahallaning o’rni bormi? 9- mavzu: Ijtimoiy muxit bolani tarbiyalashning omili sifatida Reja: 1. Ijtimoiy pedagogikaning jamiyatda tutgan o‘rni. 2. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. 3. Bolaning sotsiumda rivojlanishi. Ijtimoiy pedagogika tushunchasining mohiyati. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator baxs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Yaxshi ma’lumki, har qanday fan bilim sohasi sifatida nazariya va amaliyotning birligi sifatida faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir-birini to‘ldirib keladi va voqelikning mukammallashuviga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Demak, biz ijtimoiy pedagogikani ham fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida o‘rganishimiz lozim. Bundan tashqari ijtimoiy pedagogika ko‘pgina boshqa fanlar (falsafa, matematika, biologiya) kabi o‘quv fani bo‘lib ham xizmat qilishi mumkin. 80 O‘zbekiston tarixiy pedagogik an’analarga ega davlatdir. Sharq mutafakkirlari va diniy arboblarining asarlarida ijtimoiy pedagogika fanining rivojlanishiga asos bo‘ladigan g‘oyalar mavjuddir. XIX asrda o‘zbek ma’rifatparvarlari, XX asrdagi novator pedagoglarining ijtimoiy tarbiya sohasidagi faoliyati ijtimoiy pedagogika uchun boy materiallar manbai hisodlanadi. Biroq ma’lum bir davrda ijtimoiy pedagogikaning MDH hududidagi tadrijiy rivojlanishi to‘xtatib qo‘yildi. Ijtimoiy pedagogikaning tiklanishi faqatgina XX asrning 90-yillarida ro‘y bera boshladi. Uning qayta “tug‘ilishi” ijtimoiy pedagoglarni hozirgi sharoitdagi amaliy faoliyatlarida ijtimoiy pedagogika fanining yutuqlaridan foydalanish zaruriyati tug‘ilgani bilan izohlanadi. Bu yerda davlat va jamiyatning faoliyat yuritishining yangi tamoyillari-bozor iqtisodiyoti, raqobat, byudjetdan pul ajratishni ko‘paytirish yoki kamaytirish, dunyo hamjamiyatiga kirish, iqtisodiy holatning barqarorligi nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga ijtimoiy hayotni demokratiyalashtirish, jahon hamjamiyatiga kirish aholining kam ta’minlangan qatlamlariga e’tiborni yanada kuchaytirishni talab qiladi. Biroq ijtimoiy pedagogika sohasidagi mavjud nazariya va amaliyotning tizimlashtirilmagani bu ikki soha birbiridan alohida ravishda rivojlanishiga sabab bo‘ldi va ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida shakllanishiga ta’sirini ko‘rsatdi. Natijada bugunda ilmning bu sohasini to‘liq qamrab oluvchi ta’rifni barish ancha murakkab hisoblanadi, ammo Rossiyalik qator olimlar ijtimoiy pedagogikaga ta’rif berishga harakat qiladilar. Masalan, Yu.V.Vasilkova bu fanni “alohida shaxs yoki guruhni tarbiyalash, o‘qitish nazariyasi va amaliyotidir” deb ta’kidlaydi. A.V.Mudrikning fikricha, “Ijtimoiy pedagogika - barcha yosh va ijtimoiy guruhlar ijtimoiy tarbiyasini o‘rganuvchi pedagogika”dir. V.D.Semenov “Ijtimoiy pedagogika yoki muhit pedagogikasi”ni ma’lum yutuqlarni birlashtiruvchi va ularni ijtimoiy tarbiya jarayonida amalga oshiradigan fan, deb hisoblaydi. I.P.Podlasiyning “Pedagogika” darsligida quyidagicha ta’rif mavjud: “Ijtimoiy pedagogika - ijtimoiy muhitning shaxsni shakllantirishga va ijtimoiy tarbiya muammolariga ta’siri qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir”. M.A.Galaguzova ijtimoiy pedagogikaga uning ob’ekti va predmetini aniqlash orqali ta’rif bermoqchi bo‘lgan. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqlash uchun “fan” tushunchasining o‘zi ob’ektiv bilimlarini tizimlashtirish va ishlab chiqishga qaratilgan faoliyat ekanligini ta’kidlash lozim. Tushunchaning ilmiy mazmuniy jihatini o‘rganish “ijtimoiy pedagogika” atamasiga e’tibor qaratishni talab qiladi. U ikki sohadan iborat bo‘lib, ya’ni “Pedagogika” va “Sotsiologiya”ning birlashuvidan vujudga kelgan. Bu birlashuv tasodifiy emas. U fanda tabaqalashuv va ixtisoslashuvning zamonaviy jarayonlariga bog‘liq. Pedagogika fanida tabaqalashuv va ixtisoslashuv jarayoni keyingi yillarda ancha kuchaydi. Ba’zi bir ixtisoslashtirilgan sohalar - maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi, maxsus pedagogika, kasb-xunar pedagogikasi, pedagogika tarixi va boshqa bir qancha fanlar mustaqil ilmiy 81 sohalarga aylanib bo‘ldi. Ularning qatoriga ijtimoiy pedagogikani ham kiritsak bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogika pedagogika singari ta’lim-tarbiya jarayoni va hodisalarini o‘rganadi. Biroq ular o‘ziga xos yo‘nalishlarni va xususiyatlarni tadqiq etadi. Bu fanning o‘ziga xos xususiyati “ ijtimoiy” so‘zida mujassamlashtiilgan. “Ijtimoiy” (lotinchada socialis-umumiy, ijtimoiy) tushunchasi ostida insonlar orasidagi o‘zaro munosabatlarning turli shakllari bilan bog‘liq barcha jarayonlar tushuniladi. Bu degani, agar pedagogika o‘sib kelayotgan avlodlarning ta’lim tarbiyasi haqidagi fan bo‘lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning jamiyatga qo‘shilishi(integratsiya) bilan bog‘liq xodisalarni alohida ajratadi. Bolaning jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani qo‘lga kiritishi (bilim, qadriyat, yurish-turish qoidalari va boshqalar) ijtimoiylashuv deyiladi. Shunday qilib, agar biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini bu fanning ob’ekt va predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo‘lsak quyidagi holat kelib chiqadi. Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ekti- bu bola, biroq o‘rganish predmetlari turlicha. Pedagogikaning o‘rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bu ikki fanning uzoq tarixiy aloqasiga qaramay ularning o‘ziga xos vazifalari tufayli uzoqlashish ro‘y berdi. Umumiy pedagogikaning o‘ziga xos vazifasi ta’lim-tarbiyadir. Bola va bolalikni himoya qilish ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi, insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini, guruhlarga birlashish sabablarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi. Ijtimoiy pedagogika bu muammolarni biroz boshqacha tarzda, uning ilmiy vazifalariga mos ravishda o‘rganadi. Shu bilan birga o‘z rivojlanishida umumiy pedagogikadan ajralib chiqib, u kompleks xarakterga ega bo‘ldi. Hozirda uning nazariy va amaliy faoliyati sohasiga maktab va maktabdan tashqari tashkilotlarda tarbiya va qayta tarbiya, “Mehribonlik uylari”, qariyalar uylarida yashovchilarga g‘amxo‘rlik, huquqbuzarlar bilan ishlash va boshqalar kiradi. Ijtimoiy pedagogikaning kompleks xarakteri uning boshqa fanlar bilan munosabatida namoyon bo‘ladi. Falsafa va ijtimoiy pedagogika. Falsafa inson borlig‘i haqidagi masalalarini o‘rtaga qo‘yadi va ularga javob topishga harakat qilib, dunyoqarashning umumlashgan tizimini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogikaning “ ijtimoiy tarbiya falsafasi” bo‘limi inson va uning tarbiyasiga muayan qarashlardan kelib chiqadi. Bu qarashlarda har doim u yoki bu falsafiy asoslarni uchratsak bo‘ladi. Etika va ijtimoiy pedagogika. Etika axloqiy tasavvur va qarashlar rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, shuningdek, u tartibga solayotgan axloqiy ong shakllarini va ularning axloqiy faoliyatini tahlil etadi. Ijtimoiy pedagogika etika shakllantirgan tamoyillardan foydalanadi, tarbiya usullari va maqsadlarini ishlab chiqadi. 82 2.Sotsiologiya va ijtimoiy pedagogika. Sotsiologiya – jamiyat va ijtimoiy munosabatlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, faoliyat yuritishi, shakllanishi qonuniyatlari haqidagi fandir. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv muammolarini o‘rgana turib, sotsiologik ma’lumotlarga murojaat etadi va ulardan o‘z o‘rnida foydalanadi. (yosh, shahar va qishloq, dam olish, ommaviy aloqalar, yoshlar, axloq, ta’lim, jinoyatchilik, din, oila sotsiologiyasi). Etnografiya, etnopsixologiya va ijtimoiy pedagogika. Etnografiya xalqlarning maishiy va madaniy xususiyatlarini o‘rganadi. Etnopsixologiya insonlar ruhiyatining etnik xususiyatlari, milliy xarakteri, milliy o‘z-o‘zini anglashning shakllanish qonuniyatlari, etnik steriotiplarni o‘rganuvchi bilim sohasidir. Ijtimoiy psixologiya va etnopsixologiya inson hayotining yosh davrlarga bo‘linishi, etnik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar, etnosda ma’lum yoshdagi yoki jinsdagi insonlarning tutgan o‘rnini belgilovchi omillar, ijtimoiylashuvda tarbiyaning etnik xususiyatlari va qonuniyatlarini o‘rganadi. Ijtimoiy tarbiya nazariyasini ishlab chiqishda etnografiya va etnopsixologiya ma’lumotlari ham inobatga olinadi. Etnik xususiyatlarni tarbiyaning aniq vazifa va mazmunini belgilashda, tarbiya tizimini tashkil etishda inobatga olish lozim. Shu bilan birga umuminsoniy tarbiya tamoyillariga mos keladigan, etnosda shakllangan tarbiya usullaridan shu xalq doirasining ijtimoiy tarbiya tizimida foylanish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari ijtimoiylashuv va tarbiyaning ba’zi bir etnik xususiyatlarini muayyan doirada jadallashtirish va o‘rnini to‘ldirish ham lozimdir. Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika. Ijtimoiy psixologiya inson va guruhlar faoliyatiga psixologik tasnif berish bilan birga insonlarni ijtimoiy guruhlarga qo‘shilishlari faktini keltirib chiquvchi inson faoliyati va yurish-turish qonuniyatlarini ham ham o‘rganadi. Yosh psixologiyasi inson ruhiyati dinamikasi va yosh xususiyatlarini, shuningdek shaxs rivojlanishining yoshga bog‘liq omillarini ham o‘rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv va viktimologiya (jinoyatshunoslik) muammolarini o‘rganishda ijtimoiy tarbiya metodikasi va texnologiyasini ishlab chiqishda ijtimoiy va yosh psixologiyasi ma’lumotlaridan foydalanadi. Shunday qilib, ijtimoiy pedagogika ilmiy tadqiqotlarning fanlararo bog‘langan sohasi hisoblanadi. Uning asosini pedagogika, pedagogika tarixi, pedagogik usullar va vositalar tashkil etadi. Shu bilan birga ijtimoiylashuv muammolari sotsiologiya fani tomonidan ham o‘rganilganligi sababli ijtimoiy pedagogika ba’zi sotsiologik nazariya, usul va vositalardan ham foydalanadi. Shu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, ijtimoiy pedagogika o‘zining nazariya, uslub, vosita va texnologiyalarini ham ishlab chiqmoqda. Yuqorida bayon etilgan ma’lumotlar asosida Yu.N.Galaguzovaning ta’rifiga juda yaqin turuvchi ijtimoiy pedagogikaning eng aniq ta’rifi quyidagicha: Ijtimoiy pedagogika - shaxsning ijtimoiylashuvi qonuniyat-larini o‘rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik 83 faoliyatning samarali usullari, texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‘llashga qaratilgan pedagogika sohasi. Shuningdek, ijtimoiy pedagogikaga bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganadigan, mutaxassislarni ijtimoiy tarbiya va ta’lim usullari hamda texnologiyalar bilan ta’minlaydigan fan sifatida ta’rif bersak ham bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogikaning sohalari va vazifalari. Ijtimoiy pedagogika bilim sohasi sifatida bir nechta bo‘limlardan iborat. Bu bo‘limlarda olingan bilimlar ijtimoiy tarbiyani ijtimoiy faoliyat turlaridan biri sifatida xarakterlashga va uni mukammallashtirish bo‘yicha muayyan tavsiyalarni berish imkonini yaratadi. Ijtimoiy falsafa falsafa, etika, sotsiologiya va pedagogika fanlarining to‘qnashuvidan kelib chiqadi. Unda amaliy, uslubiy va dunyoqarashga oid masalalar o‘rganiladi. Xususan, ijtimoiy tarbiya va uning vazifalariga ta’rif beriladi: inson obrazini muayyan tushunish asosida rivojlanish, ijtimoiylashuv va tarbiyaga nisbatan umumiy yondashuvlar ishlab chiqiladi; ijtimoiy tarbiyaning qadriyat sifatida tamoyillari ishlab chiqiladi va boshqalar. Ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi ijtimoiylashuvni ijtimoiy tarbiya konteksti va ijtimoiy tarbiyani ijtimoiylashuv tarkibi sifatida o‘rganadi. Olingan bilimlar ularning tarbiya salohiyatlaridan foydalanish, ijtimoiylashuv jarayonida inson rivojiga ta’sir etish mumkin bo‘lgan ijobiy ta’sirlarni kuchaytirish, salbiy ta’sirni kamaytirishning usullari va yo‘llarini izlab topish imkonini beradi. Umuman olganda, ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlar jamiyatdagi tarbiyaviy kuchlarni birlashtirish yo‘llarini qidirishga asos bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tarbiya nazariyasi ijtimoiy tarbiyaning faoliyat yuritishini tavsiflaydi, tushuntiradi va bashorat qiladi. Ijtimoiy tarbiya nazariyasi ijtimoiy tarbiya filosofiyasidan kelib chiqib, ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi hamda viktimiolgiya ma’lumotlarini inobatga olib individual, guruhli, ijtimoiy sub’ektlar nima ekanligini va ular o‘zaro qanday munosabatda bo‘lishlarini o‘rganadi. Ijtimoiy tarbiya psixologiyasi guruh va insonlarning ijtimoiy psixologik tavsiflari, ularning turli yoshlardagi xususiyatlari asosida ijtimoiy tarbiya sub’ektlarining o‘zaro munosabati samaradorligining psixologik sharoitlarini aniqlaydi. Ijtimoiy tarbiya metodikasi ijtimoiy tarbiyani maqsadga muvofiq tashkil qilishning yangi usullari va metodlarini ishlab chiqadi. Ijtimoiy tarbiya menejmenti va iqtisodiyoti bir tomondan jamiyatning “inson kapitali”ga bo‘lgan ehtiyojini, boshqa tomondan ijtimoiy tarbiyani tashkil qilishda foydalanishi mumkin bo‘lgan jamiyatning iqtisodiy resurslarini tadqiq etadi. Bundan tashqari bu bo‘limda ijtimoiy tarbiya boshqaruvi ham ko‘rib chiqiladi. Ijtimoiy pedagogika fan sohasi sifatida bir qator vazifalarga ega. A.V.Mudrik bu vazifalarni 3 guruhga ajratib ko‘rsatadi: nazariy, amaliy va insonparvarlikka oid.Nazariy vazifa ijtimoiy pedagogika oid bilimlarni to‘plab zamonaviy jamiyatda o‘rganayotgan jarayon va hodisalarining to‘liq tasvirini nazariy jihatdan yoritib berishda namoyon bo‘ladi. 84 Amaliy vazifalarga ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiylashuviga tashkiliypedagogik va psixologik yo‘nalishlardagi ta’sirini samarali takomillashtirish ishlarini aniqlash bilan bog‘liq. Amaliy vazifalarga quyidagilar kiradi: 1)bola (o‘smir) ongida yaxshilik, adolat, yaqinlariga, ijodga, o‘zaro tushunishga muhabbatni tarbiyalash; 2)inqirozli holatlardan mustaqil chiqib ketish maqsadini qo‘yish, chiqish yo‘llarini aniqlash, atrofdagilar bilan muloqot qilishni o‘rganish, hayot mazmuni va maqsadini aniqlash; 3)atrof-muhit, inson, uning jismoniy va ma’naviy xususiyatlari, jamiyatdagi huquq va majburiyatlarini bilishga intilishni rivojlantirish; 4)g‘urur, mustaqillik, o‘ziga ishonch hissini rivojlantirish; 5)bola (o‘smir)da oila, maktab, tengdoshlari davrasida, ishda muomala madaniyatini oshirish. Bunda ijtimoiy pedagog o‘z tarbiyalanuvchilarining yosh xususiyatlarini bilishi zarur. Shuningdek, u bolaga ijtimoiy munosabatlarning axloq va huquq normalariga suyangan holda insonlar, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi nizolarni yechishga o‘rgatishi kerak. Bu vazifalar yaxshilik qilish, o‘z hayotini tashkil etishga o‘rgatish, o‘ziga xoslik va iqtidorni tashkil qilishga rivojlantirishda o‘z aksini topadi. Insonparvarlik vazifasi shaxsning rivojlanishida o‘z-o‘zini takomillashtirish uchun sharoitlar yaratib beruvchi, ijtimoiy pedagogik jarayonlarni mukammallashtiruvchi, qo‘yilgan maqsad va vazifalarni ishlab chiqishda insoniylikka asoslanishda o‘z ifodasini topadi. Zamonaviy ijtimoiy pedagogikaning insonparvarligi bola va pedagog o‘rtasidagi munosabatlarni qattiqqo‘llik emas, o‘zaro tushunishga asoslanishida ko‘rinadi. Ijtimoiy pedagogning vazifasi bolaning jismoniy, axloqiy va ma’naviy kuchlarini shakllantirishida, unda jamiyat qabul qilgan xislatlarni tarbiyalashga yordam berishdan iborat. Yu.V.Vasilkova ijtimoiy pedagogikaning asosiy tarbiyaviy, ijtimoiyhuquqiy va ijtimoiy reabilitatsion vazifalarini ajratadi. Tarbiyaviy vazifa bolaning jamiyatga qo‘shilishi yoki uning ijtimoiylashuv jarayoni, o‘quv va tarbiya jarayoniga ko‘nikishida ekanligini ko‘zda tutadi. Ijtimoiy - huquqiy vazifaning asosini davlatning bolalarga g‘amxo‘rligi, ularning huquqiy himoyasini tashkillashtirish, muammolarini hal qilishda maslahatlar beruvchi tashkilotlar ishini takomillashtirish tashkil etadi. Ijtimoiy reabilitatsion vazifa – nogiron, jismoniy va ruhiy nuqsonlarga ega bolalar bilan tarbiyaviy va o‘quv ishlarini olib borishdir. Bunda asosiy vazifalarni ijtimoiy pedagog bajaradi. Shu bilan birga Yu.V.Vasil’kova vazifalarning yanada kengroq tavsiflarini ham beradi: falokatga uchragan bola(o‘smir)larga yordam ko‘rsatish, inqirozdan chiqish yo‘llarini topish, qiyin vaqtda qo‘llab-quvvatlashi; bola(o‘smir)ni, uning holatini, oila va maktabdagi munosabatlarini o‘rganishi; bolani o‘rab turgan va unga ta’sir qiluvchi turli ijtimoiy sohalardagi ijtimoiy tarbiya holatining tahlili; ijtimoiy pedagogikaning ijobiy tajribalarini tahlil qilishi, tarqatishi, targ‘ib qilishga qaratishi; 85 u bola(o‘smir) faoliyatini o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini o‘qitish va o‘z hayotini mustaqil tashkil qilishni bilishga qaratishi ; ijtimoiy pedagog bola (o‘smir) muammolarini hal qiluvchi, uning muammolari, huquqlariga aloqador tashkilot va mutaxassislarni birlashtirish bilan ham shug‘ullanishi; ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini o‘rganishni tashkil qilishi, ijtimoiy pedagoglar faoliyatini tahlil qilishi lozim. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari. Har bir fanni shu fanning o‘rganish predmetiga asoslangan bilimlar tizimi ajratib turadi. Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va kategoriyalarida aks etadi. Tushuncha - real olamni bilish jarayonida aks etish shakllaridan biri. Reallikning o‘zgaruvchanligi va ko‘p qirraliligi tufayli tushunchalar dinamik, rivojlanadigan xarakterga ega. Ular tarixiy holat va hayot sharoitlariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Har qanday fan rivojlanishi jarayonida tushunchalar fan kategoriyalariga birlashadi. Fan kategoriyalari shu fanda qo‘llaniladigan yanada kattaroq, amaliy tushunchalardir. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalariga olimlar “ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “ijtimoiy ta’lim” va “ijtimoiy tarbiya”ni kiritishadi.Ijtimoiy pedagogik faoliyat va ijtimoiy ta’lim. Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom va rol, ijtimoiy xulq-atvorning me’yor va qoidalari haqida ko‘p bilimlarni o‘zlashtiradi. U shuningdek, uning jamiyatga ko‘nikishiga yordam beruvchi turli ko‘nikma va malakalarni ham o‘zlashtiradi. Bu jarayon ayniqsa bolalikda juda jadal amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida o‘z aksini topuvchi nihoyatda ko‘p bilimlarni oladi.Bolalar ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati shuki, bola jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish me’yorlariga baho berishi va nazorat qilishi qiyin. U bularni faqat o‘zlashtirib boradi. Shuning uchun bolalarning ijtimoiylashuv jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxassislarning (psixolog, shifokor, pedagoglar, “agent”lar) ta’siri katta bo‘lib, bolalarni hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshiroq o‘zlashtirishlari, ularni hayotda qo‘llashga intilishlari aynan ularga bog‘liqdir. Buning ijtimoiy pedagogika bilan bog‘liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim tashkilotida ta’lim olish jarayonida ma’lumki bola avvalo akademik bilimlarni o‘zlashtiradi. Biroq shu bilan bir paytda u muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko‘nikma va malakalarni qo‘lga kiritadi. Bu bilim, ko‘nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida bolaga maxsus yordam kerak bo‘lganda juda zarur bo‘ladi. Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni bolaga yetkazish, unda ijtimoiy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy ta’lim deyiladi. Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Tarbiya pedagogikaning asosiy ob’ekti sifatida pedagogikaning rivojlanish tarixi mobaynida olimlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Shu bilan birga “tarbiya” tushunchasining mazmuni amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni belgilaydi. 86 Boshqa tomondan tarbiya ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi uning lug‘aviy ma’nosidan ancha kengdir. Ijtimoiy tarbiyani insonning qobiliyati, bilimi, yurish-turish namunasi, qadriyatlar u yashayotgan jamiyatga munosabatidan iborat imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus tarbiya tashkilotlarida amalga oshiriladigan jarayon sifatida ko‘rib chiqish lozim.Boshqacha aytganda, ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga yo‘naltirishdir.Bu sharoitlar individual va guruhiy sub’ektlarning uchta o‘zaro bog‘liq va shu paytning o‘zida mazmuni, shakli, usuli jihatidan nisbatan mustaqil bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi: bolalar, o‘smirlar, o‘spirinlar ijtimoiy tajribasini tashkil qilish, ularning ta’lim olishlarini ta’minlash, ularga individual yordam ko‘rsatish. Ijtimoiy tajribani tashkil qilish guruh (jamoa)larning maishiy va hayotiy faoliyatini tashkil qilish, guruhdagi o‘z-o‘zini boshqarish faoliyatini rag‘batlantirish va norasmiy mikroguruhlarga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko‘nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurish-turish me’yor va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, moslashish tajribasi, shuningdek o‘zo‘zini anglash, o‘z-o‘zini belgilash yig‘indisidir.Ta’lim o‘z ichiga quyidagilarni oladi: uzluksiz tizimli ta’lim (rasmiy ta’lim), madaniyatni targ‘ib qilish va tarqatish, o‘z-o‘zini shakllantirishga va mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirish. Individual yordam insonga muammolarni hal qilishda, o‘z-o‘zini rivojlantirishda, jamiyatdagi mavqei, o‘rnini yuksaltirishda yordam berishda namoyon bo‘ladi. Individual yordam boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo‘lgan bilim, malakalarni o‘zlashtirishga insonga ongli yordam berish, insonning o‘z qadrini bilishi, o‘z-o‘zini anglash, oila, guruh, jamiyatga mansubligi hissini rivojlantirishdir. Tabiiyki, ijtimoiy tajriba ta’lim va individual yordamning usul, shakl, mazmuni, xarakter, jadalligi bevosita tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi ularning va ijtimoiy-madaniy mansubligiga bog‘liq. Bu jihatlar turli ta’lim tashkilotlari va tashkilotlari farqlanadi. Farqlar ham tashkilot turiga, ham unda faoliyat yuritadigan pedagoglarning o‘z faoliyatlarida amalga oshirayotgan ishlariga bog‘liq. Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabat uning sub’ektlari orasidagi axborot, faoliyat usullari, qadriyatlar almashuvidir. Bunaqa munosabat ijtimoiy jihatdan tabaqalashgan, alohida ko‘rinishga ega. Chunki o‘zaro munosabatning aniq ishtirokchilari muayyan etnik, ijtimoiy va ijtimoiy psixologik guruhlar vakili bo‘la turib, o‘z munosabatlarida u yoki bu darajada ular mansub guruhlarga tegishli ijtimoiy yurish-turishni amalga oshirishadi. Umuman olganda, o‘zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning, birgalikdagi faoliyati, uning mazmuni, xarakteri, tarbiyaviy samaradorligi, unda kimlar ishtirok etishi va ular o‘zlarini qay darajada shaxs deb hisoblashiga bog‘liq.O‘zaro munosabat jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy tarbiya insonning ijobiy ijtimoiy, ma’naviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda qulay sharoitlar yaratadi.