Falsafa: uning predmeti, falsafa va iqtisod Reja



Yüklə 34,11 Kb.
səhifə1/4
tarix12.01.2023
ölçüsü34,11 Kb.
#79039
  1   2   3   4
Falsafa- uning predmeti, falsafa va iqtisod Reja



Falsafa: uning predmeti, falsafa va iqtisod


Reja:

  1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari.


  1. Falsafa va iqtisodning o’zaro bog’liqligi


  1. Falsafa fanining predmeti va funksiyalari.

Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari.
1. «Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi. Har qanday noma’lum so‘z mazmunini uning etimologiyasidan, ya’ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o‘rinli bo‘ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so‘zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga o‘tuvchi bilim va inson o‘z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni
tanqidiy tushunish yo‘li bilan olishi mumkin bo‘lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
SHuni ta’kidlash lozimki, Pifagor ham, qadimgi davrning boshqa faylasuflari ham dastlab «falsafa» tushunchasiga uning keyinchalik paydo bo‘lgan va mohiyat e’tibori bilan, falsafani «barcha fanlar podshosi» darajasiga ko‘targan ma’nosidan boshqacharoq ma’no yuklaganlar. Ammo ilk faylasuflar o‘zlarini donishmand deb hisoblamaganlar va donolikka da’vo qilmaganlar, zero, o‘sha davrda keng tarqalgan tasavvurga ko‘ra, haqiqiy donishmandlik ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga o‘tib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda mujassamlashgan. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng so‘nggi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega bo‘lgan
bashoratgo‘ylar, kohinlar va oqsoqollar e’tirof etilgan. Ularning so‘zlari birdan-bir to‘g‘ri deb qabul qilingan. Faylasuf esa, qadimgilar fikriga ko‘ra donishmandlik muxlisi bo‘lishi, e’tiqod sifatida qabul qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o‘z aqliga tayanib, ijodiy yo‘l bilan, shuningdek boshqa faylasuflar tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo‘lgan.
Biroq, insonning dunyo va o‘ziga bunday munosabat darhol yuzaga kelgani yo‘q. Insonning tabiatga qarshilik ko‘rsatish, mavjudlik vositalarini yaratish va ko‘paytirish qobiliyatlari rivojlangunga va o‘sgunga, buning natijasida etarli tajriba va bilimlar to‘plangunga, odamlar aqli ko‘p sonli savollarga javob izlash uchun etarli darajada yuksalgunga qadar insoniyat uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan.
SHu bois falsafaning mohiyatini, shuningdek uning paydo bo‘lish sabablari va sharoitlarini
tushunish uchun gapni inson dunyoqarashidan boshlash lozim. Nima uchun? SHuning uchunki, falsafa dunyoqarashning asosiy tarixiy shakllaridan biri hisoblanadi. Falsafa haqida gapirish – inson dunyoqarashi, uning oqilona fikrlash qobiliyati haqida, binobarin, uning mohiyati va Erda paydo bo‘lish tarixi haqida gapirish demakdir. Bu erda biz hali kam o‘rganilgan murakkab muammolarga duch kelamiz, zero insonning kelib chiqishi odamlar doim javobini topishga harakat qilgan buyuk jumboqlardan biri hisoblanadi. Ammo bilimning bu sohasida
echilmagan muammolar bugungi kunda ham bisyor. Xususan, inson nima uchun, qaerdan, qaysi sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan, degan savolga aniq, umumiy e’tirof etilgan javob hanuzgacha mavjud emas. SHuningdek, aql faqat insonga xosmi yoki uning inson borlig‘ida mavjudligi ob’ektiv borliqning bir parchasi, ayrim hodisasimi?, degan savol ham hali o‘z javobini topganicha yo‘q.
Binobarin, insoniyat tarixi haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar nuqtai nazaridan ayrim masalalar mavjud bo‘lib, ular xususida olimlar va mutaxassislar ma’lum bir to‘xtamga kelganlar. Xususan, boy tarixiy material, arxeologiya fani olgan daliliy ma’lumotlari, shuningdek boshqa fanlarning metodlari bilan olingan natijalar (masalan, jinslar, foydali qazilmalar yoshini aniqlash va sh.k.)ni e’tiborga olgan holda, ishonch bilan inson sayyoramizda hayotning tadrijiy (evolyusion) rivojlanishi mahsulidir, deb qayd etish mumkin. Hozirgacha mavjud bilimlar oddiy mehnat
qurollarini yasagan insonsimon mavjudotlarning (lot. homo habilis – uquvli odam) qadimgi manzilgohlari taxminan 3-5 mln yil oldin paydo bo‘lgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi.
Arxeologik va ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qaddini tik tutib yuradigan odam yoshi taxminan 1,5 mln yilni tashkil etadi. Homo sapiens, ya’ni aqlli odamlar tipi atigi 40-60 ming yil oldin vujudga keldi. Mutaxassislar fikricha, insonda ong paydo bo‘lib, ijtimoiy mavjudot sifatida uzil-kesil shakllanganidan beri, uning asosiy xususiyatlarida jiddiy o‘zgarishlar yuz bergani yo‘q, ya’ni u hozirgi odamlardan deyarli farq qilmaydi.
Ong paydo bo‘lishi esa, ilmiy tasavvurlarga muvofiq, inson tarixiy rivojlanishining odam miyasi o‘sib borayotgan mehnat
faolligi va verbal (nutq orqali) muloqot ta’sirida o‘ta rivojlanib, murakkab
mavhumliklarni tushunadigan darajaga etgan davri bilan bog‘lanadi. SHunday qilib, inson tushunchalarga ta’rif berish, mulohazalar bildirish va mushohadalar yuritish yo‘li bilan sodda, lekin tom ma’noda aqliy ish olib bora boshladi.
Falsafa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va qadimgi YUnonistonda taxminan bir vaqtda avvalo dunyoni oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi. Bu vaqtga kelib mif va din o‘zlarining tayyor va uzil-kesil javoblari bilan insonning bilimga nisbatan tinimsiz kuchayib borayotgan qiziqishini qondira olmay qoldi. Ular shuningdek sezilarli darajada o‘sgan va murakkablashgan tajriba va bilimlarni umumlashtirish, tizimga solish va avlodlarga qoldirish vazifasining ham
uddasidan chiqolmay qoldi.
Taniqli nemis faylasufi Karl YAspers ta’biri bilan aytganda, bu davrda (uni faylasuf «dunyoviy vaqt» deb ataydi) insoniyat o‘z rivojlanishida katta burilish yasagan. Osoyishtalik va barqarorlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan mifologiya davri nihoyasiga etdi, oqilonalik va oqilona tekshirilgan tajribaning mifga qarshi kurashi natijasida u asta-sekin chekina boshladi. «Jahon tarixi o‘qini taxminan miloddan avvalgi 500 yil, miloddan avvalgi 800 va 200 yillar oralig‘ida yuz bergan ma’naviy jarayon bilan bog‘lash o‘rinli bo‘lsa kerak, - deb yozadi K.YAspers. – SHu davrda tarixda eng katta burilish yasaldi. Hozirgi tipdagi inson va ilk faylasuflar paydo bo‘ldi. Inson ayrim individuum sifatida o‘zo‘zida tayanch izlashga jur’at etdi. Xitoy zohidlari, SHarq darbadar mutafakkirlari, Hindiston tarki dunyochilari, YUnoniston faylasuflari va Isroil avliyolari e’tiqodi o‘z ta’limotining mazmuni va ichki tuzilishiga ko‘ra bir-biridan qay darajada farq qilmasin, o‘z mohiyatiga ko‘ra yaqindir. Endi inson botiniy darajada o‘zini dunyoga qarshi qo‘yishi mumkin bo‘ldi. Inson o‘zida unga dunyodan va o‘z-o‘zidan yuksakroq ko‘tarilish imkonini beruvchi ichki salohiyatni kashf etdi».
YUz bergan o‘zgarishlarning yana bir sababi shundaki, mifologiya olish, rivojlantirish va tushuntirish uchun navbatdagi miflar emas, balki tabiiy qonuniyatlar va tabiiy-sababiy bog‘lanishlarga murojaat qilish talab etilgan ilmiy bilim kurtaklari bilan to‘qnashdi. Pirovardida odamlar dunyoqarashida nisbatan qisqa vaqt ichida tub o‘zgarishlar yuz berdi; unda bilim,
tafakkur, tahliliy fikrlash tobora
muhimroq rol o‘ynay boshladi, ular sirtdan olingan axborotni sezgilar va emotsiyalar darajasida idrok etishga asoslangan har xil e’tiqodlarni chetga chiqarib qo‘ydi. Faqat so‘zlariga ishonish kerak bo‘lgan ota, kohin, ruhoniy o‘rnini, savollar beruvchi va anglashga chorlovchi muallim faylasuf egalladi. U shubha urug‘ini sochib, qiziqish uyg‘otdi va: «Ishonma, balki o‘zing fikr qil!», deya da’vat etdi.

Yüklə 34,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin