Falsafa: uning predmeti, falsafa va iqtisod Reja


Falsafiy bilimning tuzilishi



Yüklə 34,11 Kb.
səhifə4/4
tarix12.01.2023
ölçüsü34,11 Kb.
#79039
1   2   3   4
Falsafa- uning predmeti, falsafa va iqtisod Reja

Falsafiy bilimning tuzilishi. Falsafa o‘z shakllanishi va rivojlanishining qadimgi davridayoq, tabiat, inson, jamiyat va ma’naviyatni, shuningdek sababiy
bog‘lanishlar, qonunlar va shu kabilarni bilish sohasida yuksak natijalarga erishdi va oqilonalik nuqtai nazaridan odamlarning dunyo haqidagi umumiy tasavvuriga aylandi. Ammo olamning cheksiz darajada rang-
barangligi va serqirraligi tufayli o‘sha davrdayoq parchalanmagan falsafiy bilimlar va
vaqt o‘tishi bilan rivojlanib, ancha aniq shaklshamoyil kasb etdi va yangi bilimlar bilan to‘ldirildi. Pirovard natijada ular falsafiy bilimning tuzilishini (strukturasini) tashkil etdi.
Falsafiy yo'nalishlar, tadqiqot olib boradigan sohasiga ko'ra, o'ziga xos bo'lib, asosiylari quyidagilardir:
Ontologiya — olam, inson va jamiyatning obyektiv-universal mohiyati to'g'risidagi falsafiy ta'limotdir. Boshqacha aytganda, u
borliq to'g'risidagi, insonning olamga bo'lgan munosabati haqidagi falsafiy bilim sohasidir.
Gnoseologiya — bilish falsafasi bo'lib, olamni anglash, bilish nazariyasi, bilishning shakli, usullari va imkoniyatlari to'g'risidagi
ta'limotdir.
Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to'g'risidagi falsafiy ta'limot.
Praksiologiya — insonning predmetlio'zgartiruvchan, amaliy faoliyati to'g'risidagi falsafiy ta'limot.
Metodologiya — bilish va o'zgaruvchan faoliyat usullari to'g'risidagi ta'limot.
Logika — tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa) va tafakkur vositalarini (ta'rif, qoida, muhokama, tafakkur qonuniyatlari),
ularning mazmunidan qat'i nazar, xolis o'rganuvchi ta'limot.
Etika — axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy tamoyillari, talab va tartib-qoidalari to'g'risidagi fan.
Estetika — nafosat falsafasi, jamiyat va inson hayotida go'zallikning o'rni, qonunqoidalari to'g'risidagi qarashlar majmuyi
Foydallanilgan adabiyotlar:
1. Karimov I. Bunyodkorlik yo’lidan. — T. O’zbekiston 1998. 
2. Karimov I. Istiqlol va ma’naviyat. — T. O’zbekiston, 1994. 
3. Karimov I. Ma’naviy yuksalish yo’lida. — T. O’zbekiston, 1998. 
3. Antologiya mirovoy filosofii v 4-x tomax. Tom 3. M. 1971. 



Yüklə 34,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin