1 – mavzu: Falsafaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Ontologiya – borliq falsafasi Rivojlanish falsafasi. Falsafaning asosiy qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi (Gnoseologiya) Mantiq fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 149,45 Kb.
səhifə8/71
tarix18.04.2023
ölçüsü149,45 Kb.
#99800
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71
Falsafa 1-mavzu

XVII - XVIII asrlar – I- ilmiy inqilob davri bo‘lib, u klassik fan davri deb nomlanadi va XIX asrgacha davom etadi. U Kopernik va Galiley tadqiqotlaridan boshlanib, Nyuton va Leybnisning fizika va matematika sohasidagi fundamental asarlari bilan o‘z cho‘qqisiga ko‘tarilgan. Galiley vafoti (1642 – yil 8 – yanvar)dan so‘ng oradan bir yil o‘tgach Nyuton tug‘ilgani (1643 – yil 4 – yanvar) ramziydir. Fanning bu buyuk ijodkorlari yashagan davr – kashfiyotlar hamda yangi ilmiy g‘oyalarning mualliflari sxolastika va diniy dunyoqarash dogmatizmiga qarshi kurash olib borgan romantik davrdir.
Bu davrda hozirgi vaqt tabiatshunosligining asoslari yaratilgan. Hunarmandlar, tabiblar, alximiklar tomonidan qo‘lga kiritilgan ayrim dalillar tizimli tahlil qilinib, umumlashtirila boshlagan. Ilmiy bilim tuzishning tabiat qonunlarini matematik ta’riflash, nazariyalarni tajribada sinash, tajribada asoslanmagan diniy va naturfalsafiy dogmalarga tanqidiy qarash bilan bog‘liq bo‘lgan yangi meyorlari va ideallari vujudga kelgan. Fan o‘z metodologiyasini yaratgan va amaliy faoliyat ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni yechishga tobora faolroq yo‘naltirilgan.
Biroq fan o‘zining yangi metodologiyasini yaratib, amaliyot ruhi bilan sug‘orilgani sari u o‘z tarixiy vatani – falsafa qirg‘oqlaridan uzoqlasha boshlaydi. Ko‘rib chiqilayotgan davr oxiriga kelib u falsafiy, diniy, teologik aqidalardan qat’iy nazar rivojlanishi mumkin bo‘lgan bilimlar tizimi sifatida tushunila boshlaydi. Natijada fan faoliyatning alohida, mustaqil sohasiga aylanadi. Professional olimlar paydo bo‘ladi, ularni tayyorlash amalga oshiriluvchi universitet ta’limi tizimi rivojlanadi. O‘z faoliyati, muloqot va axborot ayirboshlashning alohida shakllari va qoidalariga ega bo‘lgan ilmiy hamjamiyat vujud keladi.
XVII asrda dastlabki ilmiy akademiyalar: London qirollik jamiyati (1660 – y), Parij Fanlar akademiyasi (1666 – y) tashkil topadi. Keyinroq Berlinda (1700 – y), Sankt-Peterburgda (1724 – y), Stokgolmda (1739 – y) va Yevropaning boshqa poytaxt shaharlarida ilmiy akademiyalar ta’sis etiladi. Bu akademiyalarning eng yirigi - London qirollik jamiyati bo‘lib, u tashkil etilgan paytda 55 a’zodan iborat bo‘lgan. Parij Fanlar akademiyasi 21 kishidan iborat tarkibda ish boshlagan. Sankt-Peterburg akademiyasining a’zolar shtatida dastlab 11 kishi belgilangan. Yevropa mamlakatlarida XVIII asr boshiga kelib olimlar soni bir necha ming kishiga yetgan bo‘lsa kerak, chunki ilmiy jurnallarning (bu davrda bir necha o‘n ilmiy jurnallar nashr etilgan) tirajlari ming nusxagacha borgan.

Yüklə 149,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin