Yaxshiyeva Kibriyo Oybekovna Neft gaz sanoati mashina va jihozlari va quvur transporti tizimlari tayanch doktaranti



Yüklə 49,67 Kb.
səhifə1/6
tarix24.12.2023
ölçüsü49,67 Kb.
#191671
  1   2   3   4   5   6
Yangi kanistitutsiya-taraqqiyot qomusi


Yaxshiyeva Kibriyo Oybekovna
Neft gaz sanoati mashina va jihozlari va
quvur transporti tizimlari tayanch doktaranti.
Toshkent davlat texnika universiteti
Toshkent, O‘zbekiston
Tel: (97) 22-22-390
esfir9293@gmail.com
Abdalimov Azamat To’ra og’li
Neft gaz sanoati mashina va jihozlari va
quvur transporti tizimlari assistenti.
Toshkent davlat texnika universiteti
Toshkent, O‘zbekiston
Tel: (91) 2247193
Yangi Konstitutsiya - taraqqiyot qomusi

Yangi O‘zbekistondagi yangi konistitutsiya bizga o’z hayotimiz davomida yuksak marralarni zabt etish uchun quyidagilarni huquq va imkoniyatlarini yaratib bermoqda


- inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalar erkinligini,
- inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish borasida hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatimizni,
- davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixiy tajribasiga, shuningdek jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini qonunuy himoyalashga,
- mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini ko‘paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashni,
- xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsip va normalariga asoslarini, O‘zbekistonning jahon hamjamiyati, eng avvalo, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlarini hamkorlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosida mustahkamlash hamda rivojlantirishga intilib, fuqarolarning munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni, ko‘p millatli jonajon O‘zbekistonimizning farovonligini va gullab-yashnashiga o’z hissamizni qo’shish uchun ulkan imkoniyatlar yaratib bermoqda.
Bugungi jadal rivojlanib borayotgan jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish har birimizning muqaddas burchimizdir. Bu burch va huquqlarimiz dunyoning barcha mamlakatlarida mavjud boʻlganidek, Respublikamizning asosiy qonuni boʻlmish Konstitutsiyamizda belgilab berilgan.Tarixdan maʼlumki qonun va qonun qoidalar maʼlum bir imkoniyat va cheklovlardan tashkil topgan. Bizga yetib kelgan eng qadimiy qonunlardan biri Bobil podshosi Xammurapi tomonidan tuzilgan boʻlib, bu qonun quldor tuzumi huquqining xarakterli belgilarini oʻzida aks ettirgan. Bu qonun qaydlari qadimgi Sharq huquqining qimmatli yodgorligi sanalib, bu yerlarda azaldan qonun ustuvorligi koʻrinib turadi.Shu bilan birga Qadimgi Rimda ham qonunlar juda qatʼiy va shafqatsiz boʻlishiga qaramay aniq belgilab berilgan boʻlib, “Konstitutsiya” atamasi ham imperator konstitutsiyasi deb atalgan qonun tufayli yuzaga kelgan. Mamlakatimizning uzoq tarixida esa qonunlar doim ezgulikka va taraqqiyotga, asosan vatan shaʼni, tinchlik, sarhadlar daxlsizligi, fidokorlik va sadoqat kabi jihatlarni oʻz ichiga olgan. Birgina misol “Temur tuzuklari” nomi bilan Sharq va Osiyo mamlakatlari svilizatsiyasiga xos boʻlgan sarkarda Amir Temur tomonidan tuzilgan qonun bitiklari konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega boʻlib, yuqorida koʻrsatilgan jihatlarni oʻzida jamlab sharʼiy qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo xalqlari taqdiriga kuchli taʼsir koʻrsatgan.Mamlakatimiz Respublika miqyosiga erishgan yangi tarixdagi Asosiy qonunimiz yaʼni konstitutsiyaga ega boʻlgan boʻlsa, Mustaqillikka erishgach bu qonunga ikki marta 100 ga yaqin tuzatish va oʻzgartirishlar kiritilgan. Oʻzgartirishlardan soʻng 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. 6 boʻlim, 128 moddadan iborat edi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali Yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Yangi Konstitutsiyasi fuqarolarning jamiyatdagi hayoti, huquq va burchlarini muntazam himoya qilish vazifasini bajarmoqda. Baxtimiz qomusi boʻlgan Konstitutsiyamiz millatidan qatʼiy nazar barcha oʻzbek xalqi, fuqarosining butun bir imkoniyati va majburiyatlarini oʻzida aks ettirgan boʻlib, hali uzoq yillar davomida yangi Oʻzbekistonning baxtli va kelajagi buyuk avlodlari uchun ham munosib xizmat qiladi.
Mustaqil O‘zbekistonnimizda barcha qilinayotgan islohatlarning barchasi “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoil ostida olib borilmoqda. Oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning markazida butun xalqimiz turibdi. Ularning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida faol shtirokini ta'minlash, yuksak ma'naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm–fan va sport yutuqlarini puxta o‘zlashtirishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.
Yangi Konstitutsiyamizning 27-moddasida Inson qadr qimmatiga bo’lgan munosabat yuqori darajada nomoyon etilganyani:

Yüklə 49,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin