Sohibqiron Amir Temur tavalludiga bag`ishlangan tadbir
Ta`limiy maqsad: O`quvchilarda yurtimiz sha`n-shavkatini yuksaltirish, adolat, insof va diyonat hukmron bo`lgan erkin jamiyat, mehnatkash xalqimizga munosib farovon hayot qurish tuyg`usini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Ma`naviy barkamol tafakkurni tarkib toptirish.
Ilmiy mafruraviy maqsad: O`quvchilarda mamlakat qudratini yuksaltirish, ma`naviy boy tariximizga hurmat tuyg`sini hosil qilish.
Tadbir jihozlari: Amir Temur potreti, “Temuriylar shajarasi” ko`rgazmasi, A.Temur o`gitlari yozilgan plakat va devoriy gazetalar.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, aziz mehmonlar, maktabimizning olovqalb yoshlari.
2-boshlovchi: Bugun buyuk sohibqiron bobomiz Amir Temurning tavallud ayyomini nishonlash orqali ul zoti sharifga bo`lgan ehtirom va muhabbatimizni yana bir bor namoyish etmoqchimiz.
Maktabning tarix fani o`qituvchisi tadbirni ochib, Amir Temur haqida ma`lumot beradi. 1-boshlovchi: Ulug` bobokolonlarimiz orasida ona yurtini, mehnatkash xalqini jahonga mashhur qilgan buyuk sohibqiron Amir Temur siymosi tarixda alohida o`ringa ega.
2-boshlovchi:Amir Temur bizning tariximiz, gu`rurimiz. Uning o`lmas ruhi bugun asrlar osha biz amalga oshirayotgan barcha ishlarni kuzatib turganiga ishonchimiz komil.
1-boshlovchi: Keling, bugun millatimiz g`ururi, yurtimizning shonu-shavkati bo`lgan sohibqiron bobomizning o`gitlarini yana bir bor esga olaylik.
O`quvchilar tomonidan Amir Temur o`gitlari aytiladi. 1-o`quvchi: Har bir mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo`lini to`sdim.
2-o`quvchi:Menga hasad qilib, o`ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg`a-in`omlar berib, muruvvat-ehsonlar ko`rsatdimki, bu yaxshiliklarni ko`rib xijolat teriga g`arq bo`ldilar. Hamisha mening roziligimni olib ish tutgan do`stlarim oldimga panoh tilab kelganlarida, ularni o`zimning baxtu-davlatimga sherik qilib, hech qachon ulardan mol-mulkimni ayamadim.