Amir Temur shaxsiga bo’lgan munosabat. Amir Temur davri manbashunosligi. Amir Temur haqidagi yozma manbalari



Yüklə 26,44 Kb.
səhifə1/2
tarix26.10.2023
ölçüsü26,44 Kb.
#161499
  1   2
SOBIQ SHO\'RO DAVRI ADABIYOTLARIDA AMIR TEMUR SHAXSIGA MUNOSABAT




SOBIQ SHO'RO DAVRI ADABIYOTLARIDA AMIR TEMUR SHAXSIGA MUNOSABAT
REJA

  1. Amir Temur shaxsiga bo’lgan munosabat.

  2. Amir Temur davri manbashunosligi.

  3. Amir Temur haqidagi yozma manbalari

O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritgach, vatanimiz tarixini yana ham chuqurroq o’rganish imkoniyati vujudga keldi. Sal kam bir yarim asr davom etgan, dastlab rus podshosi, so’ngra bol’sheviklar o’rnatgan sho’ro saltanatining mustamlakachiligidan ozod bo’lish katta tarixiy voqea bo’ldi. Uning aks sadosi mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va milliy qadriyatlarni, o’zlikni anglash, ayniqsa, tariximizga bo’lgan munosabatda ham yaqqol ko’rinib turibdi. O’zligini anglashga bel bog’lagan har bir xalq va millat avvalo buyuk ajdodlari, siyosiy, harbiy arboblari va ulug’ allomalarining mamlakat qolaversa jahon tarixida tutgan o’rni, xizmatlarini e`zozlashni o’rniga qo’yadi, boshqalarga ham uni e`tirof ettiradi. Biz tutgan bu yo’l buyuk sohibqiron Amir Temur, Ahmad Yassaviy, Iso at-Termiziy, Imom al-Buxoriy, Najmiddin Qubro, Ahmad Farg’oniy, Mirzo Ulug’bek, Bobur va boshqa allomalarimizning tavallud topgan sanalarini nishonlashda o’z isbotini topdi.


O’zbekiston Respublikasini XXI asrda jahonning ilg’or va etakchi davlatlari qatorida bo’lishini ta`minlashga qodir va qobil izdoshlarga ehtiyoji kun sayin ortib bormoqda. Ular ona Vatan-O’zbekiston manfaatlarini har jihatdan, chunonchi siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ma`naviy-ruhiy himoya qila oladigan salohiyatga ega bo’lishlari lozim. Buning uchun nafaqat hozirgi zamon dunyoviy ilmlarini, balki o’tmishda o’tgan buyuk bobolarning hayoti va faoliyatini mukammal bilishlari shu kunning asosiy talabi hisoblanadi. Bularni egallamay turib biror bir shaxs komillik darajasiga erisha olmaydi.
Tarixda o’tgan buyuk shaxslarimiz, ayniqsa. Amir Temurning hayoti va faoliyati bunda asosiy mezon bo’la oladi. Uning har qanday mushkul siyosiy, harbiy, diplomatik vaziyatlardan chiqib keta olish zakovati, mardligi, jasorati, vatanparvarligi, topqirligi, temir irodaviy xususiyatlari avlodlar uchun ibrat, hayot maktabi, vatanga xizmat qilish namunasi bo’lib qolishi lozim.
Endigi gap ana shunday bemisl va betakror, butun jahon e`tirofiga sazovor bo’lgan buyuk siyosiy va harbiy arbob, fan vak madaniyat homiysi sohibqiron Amir Temurning hayotini chuqur va zehn bilan o’rganishda qolgan. Yoshlarimiz uni qanchalik mukammal o’rgansalar, undan shunchalik saboq oladilar. O’zbekistonning sobitqadam, jasur, aql-idrokli ona vatan qudratini jahonga ko’z-ko’z qilishga qodir va xos fidoiy farzandlari bo’lib etishadilar.
Vatanimiz va davlatchiligimiz tarixida buyuk sohibqiron Amir Temur alohida o’rinda turadi. Ulug’ bobomiz shaxsining murakkabligi munozarali muammo emas. Shu boisdan ham Amir Temurga baho berganda uni bir xil andoza va o’lchov bilan baholab bo’lmaydi. Uning to’g’risida keragidan ortiqcha ko’p kitoblar, maqolalar, esdaliklar, sahna asarlari yaratilgan. Ammo ular bir-biriga o’xshamaydi, bir-birini inkor etadi. B uyozma manbalarning ba`zilarida Temurning ijtimoiy-siyosiy va davlat faoliyati xolisona va ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan bo’lsa, boshqa birovlarida g’arazlik, ochiqdan-ochiq dushmanlik, ko’rolmaslik jarayonida turib, sub`ektiv fikr va xulosalar ilgari surilgan. Bunday manba asarlarining mualliflari ulug’ bobolarimiz Amir Temurni «qonxo’r», «bosqinchi», «kallakesar», «o’g’ri» va hakozo deb tuhmat qiladilar. Masalaning eng ayanchli va mudhish tomoni shundaki, G’arbiy Evropaning ilg’or mamlakatlari Angliya, Frantsiya, Germaniya va boshqalarda ilm-fan va davlat arboblari Temurga ijobiy baho berib, ilmiy, badiiy va sahna asarlari yozganlar, uni e`zozlab o’quv yurtlari dasturlariga kiritganlar va muzeylar tashkil etganlar. Masalan, nemis olimi Dagenxard 1913 yildayoq Ovrupa sharqshunoslarining Amir Temur va temuriylar davriga bag’ishlangan asarlar ro’yxati bibiliografiyasini chop etgan edi.
Taniqli frantsuz olimlari L. Keren «Temerlan yoxud sohibqiron salatanati» va J. Ru «Temerlan» nomli kitoblarida har biri amir Temur haqidagi 100 dan ortiq asar ro’yxatini keltirgan bo’lsalar, «Ulug’bek astranomiya sultoni» (Parij-1994) nomli to’plamda 40 asr, «Samarqand 1400-1500: Temerlan poytaxti: saltanat va uyg’onish yuragi» (Parij-1995) nomli asarda 27 kitob haqida ma`lumot berilgan.
Abdulhay Habibiyning 1974 yili Tehronda nashr etilgan 1018 sahifadan iborat «Temur davri san`atlari» nomli asari Amir Temur va temuriylar sulolasi tarixi, majaniyati va san`atiga oid kitob va risolalar ro’yxati hamda dunyoning qaysi kutubxonalarida saqlanayotganligi bilan tanishtirishga bag’ishlangan.
«Ahmad Zakiy Validiy asarlarining tartibi» kitobida 23 asar va kitob ko’rsatilgan (Yosh Leninchi gazetasi 1991 yil 1 iyun’) yoki N. Muhiddinovning «Temuriylar tarixi-xalqimiz tarixi» maqolasida temuriylar sulolasi to’g’risidagi 44 dan ortiq manba, asarlar ro’yxati berilgan (Fan va turmush 1992 yil 11-12 sonlar).
Akademik B. Ahmedovning «Tarixdan saboqlar» va «Amir Temur» asarlarida sohibqiron va temuriylar sulolasi haqida ko’pgina tarixiy hamda hozirgi zamonda chop etilgan kitoblar tahlil berilgan.
Rus sharqshunoslari ham XIX asrning II-yarmidan Amir Temur shaxsini o’rganishga astoydil kirishganlar. eng avvalo bir qancha xorijiy davlatlarda chiqqan asrrlar rus tiliga tarjima qilingan. Masalan, taniqli sharqshunos olim N. Ostroumovning tashabbusi bilan va uning rahbarligida frantsuz tilidan tarjima qilingan «Temur tuzuklari» ni va e. M. Langleyning «Temur hayoti» nomli asarlarini ko’rsatish mumkin.Bulardan tashqari Kastiliya qirolining elchisi Rui Gonsales de Klavixoning «Amir Temur saroyiga sayohati kundaliklari» 1990 yili Moskvada «Nauka» nashriyotida qayta nashr etildi.
N. Likoshin o’zbek tilidan Amir Temurning «Tarjimai holi»ni 1894 yilda rus tilida nashr qilgan.
T. N. Granovskiy, M. I. Ivanin, D. N. Logofet, L. Zimin, I.I. Umnyakov va boshqa bir qator rus sharqshunoslari Amir Temurning sarkardalik mahoratiga e`tibor berilgan maqolalarni chop ettirishgan. Rus temurshunosligida ayniqsa, salmoqli o’rinni mashhur akademik V. V. Bartol’dning chuqur tadqiqotlari «Turkiston mo’g’ul istilosi davrida», «Ulug’bek va uning davri» kitoblari, hamda taniqli sharqshunos A. Yu. Yakubovskiyning «O’zbekiston xalqlari tarixi» ning Amir Temur va temuriylarga bag’ishlangan bo’limi, uning hammualliflikda B. D. Grekov bilan yozgan «Oltin O’rda va uning qulashi» va boshqa bir necha maqolalari muhim o’rinni egallaydi.
Bu va bir qator ko’zga ko’ringan temurshunoslarning maqolalari 1922 yili nashr etilgan katta hajmli to’plamda berilgan.
Vatanimiz va davlatchiligimiz tarixida sohibqiron Amir Temur alohida o’rinda turadi. Ulug’ bobomiz shaxsining murakkabligi munozarali muammo emas. Shu boisdan ham Amir Temurga baho berganda uni bir xil andoza va o’lchov bilan baholab bo’lmaydi.
Shuni chuqur taassuf bilan ta`kidlamoq lozimki, XX asrning 60-80 yillarida markscha-lenincha mafkura tayziqi ostida bo’lgan ayrim sovet tarixchi olimlari Amir Temur shaxsini «faqat qora ko’zoynak orqali» talqin etadilar. Ular Amir Temur bobomizni «qonxo’r», «bosqinchi», «kallakesar», «o’g’ri» va h. k. deb atadilar.
Sobiq sho’rolar davrida markscha-lenincha mafkura hukmronligi tufayli Amir Temur haqida ijobiy fikr bildirilgan asar yoki maqola yozish u yoqda tursin, buyuk vatandoshimizning hatto nomini ham tilga olish ta`qiqlab qo’yilgan edi. Amir Temurning nomi faqat qora bo’yoqlarda o’quv qo’llanmalari va darsliklarga kiritildi.
Amir Temur va temuriylar sulolasi tarixini chuqur bilish nima uchun zarur?
Birinchidan, o’z tarixini, nasl-nasabini, merosini bilmagan millatning kelajagi bo’lmaydi. CHunki har bir xalqning o’z tarixi mavjud. O’z tarixini bilmagan, uning ijobiy va salbiy tajribalarini o’rganib, tegishli xulosalar chiqarmagan xalq bugungi hayotning qadrini va muammolarini tushunib eta olmaydi, o’z kelajagi haqida aniq tasavvurga, puxta ishlangan dasturga ega bo’la olmaydi. Biz kelajagi buyuk O’zbekistonni barpo etishga kirishgan ekanmiz, bobokalonimizning ulug’ hayoti va faoliyati bizga katta ishonch, intilish, qattiyat va kuch-quvvat baxsh etadi.
Ikkinchidan, Amir Temur va temuriylar tarixini har tomonlama chuqur o’rganish faqat ilmiy va ma`rifiy ahamiyat kasb etib qolmasdan, tarbiyaviy va amaliy ahamiyatga ham egadir. Bu davrda shikllangan va rivojlangan tarix saboqlaridan mustaqillik yo’lida foydalanish zarur.
Tarix har bir insonni o’z vataniga muhabbat, sadoqat, o’z xalqining o’tmishi qaqida aniq tasavvurga ega bo’lish, uning hozirgi kuni va kelajagi bilan g’ururlanish ruhida tarbiyalashning muhim vositalaridan biridir. Shu boisdan Amir Temur va temuriylar davri tarixini o’rganish va tahlil qilish hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
Bularni Amir Temur tarixi saboqlari deb atash mumkin. Saboqlarning eng asosiysi quyidagilardir:
Birinchisi, Amir Temur 150 yil qaramlikdan so’ng, o’zbek milliy davlatchiligining mustaqilligini tiklagan, mamlakat va mintaqalarni birlashtirgan, o’z zamonasi uchun dunyo miqyosidagi taraqqiyparvar markazlashgan davlat boshqaruv tizimini yaratgan.
Ikkinchisi, sohibqiron o’z saltanatida tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni ta`minlashga eng asosiy vazifa deb qaragan va bu borada barcha choralarni ishga solgan. Buning natijasida iqtisodiy, madaniy va siyosiy sohalarda ulkan yutuqlarga erishilgan. Bu zotning adolatli, xalqparvar siyosati natijasidir. Bunday siyosat tufayli xalq bilan davlat o’rtasida o’zaro hamkorlik, bir-birini qo’llab—uvvatlash yuzaga kelgan, davlat butun choralar bilan o’z fuqarolari haqida g’amxo’rlik qilgan. Aholiga jabr-zulm o’tkazganlarni, o’g’ri-talonchilarni, bosqinchilarni qatti- jazolagan, xalq esa bunga javoban Amir Temur olib borgan siyosatni qo’llab-quvvatlagan, u o’rnatgan qonun-qoidalarga rioya etgan.
Uchinchisi, Amir Temur dehqonchilik, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan. Uning hukmronlik davrida va shundan keyin mulkchilik munosabatlari, soliq tizimi taraqqiy etgan.
To’rtinchisi, Amir Temur fan va madaniyat ravnaqiga keng imkoniyatlar yaratgan, din peshvolari olimlar, san`atkorlar, me`morlar, yozuvchilar, shoirlarga alohida qamxo’rlik ko’rsatib turgan. Bunday siyosatning natijasi o’laroq sharq uyg’onish davrining ikkinchi bosqichiga asos solingan.
Beshinchisi, Amir Temur mohir va muzaffar sarkarda sifatida mamlakatning mudofaa qudratini ta`minoti, uni qurollantirish, harbiy intizom masalalariga alohida e`tibor bergan.
Oltinchisi, Amir Temur saltanatning barcha mintaqalaridagi haqiqiy ahvol, mahalliy amaldorlarning xalqqa munosabati, bozorlardagi narx-navo, joylardagi tartib intizom haqida anih, to’g’ri ma`lumotga ega bo’lishga katta e`tibor bergan. Buning uchun maxsus axborot to’plovchilardan, aloqa xizmatchilaridan, joylarga topshiriq bilan yuboriladigan ishonchli vakillardan foydalangan. Sohibqiron bevosita xalq bilan uchrashib turgan, xalqning arz va shikoyatlarini bevosita ko’rib va eshitib hal qilgan.
Ettinchisi, Amir Temur mansabdor shaxslarni tanlash, ularni joy-joyiga qo’yish, ular faoliyatini nazorat qilish masalalariga katta e`tibor bergan. Biror kishini u yoki bu lavozimga tayinlashdan uning nasl-nasabini, bilimini, qobiliyatini, hayotiy tajribasini, ahloqiy hislarini, o’z kasbiga, vataniga, xalqiga sadoqatini hisobga olgan. Mansabdorlar faoliyatiga baho berishda xalqning ular haqidagi fikri, adolat va insof bilan ish ko’rishlari, masalalarni qonuniy hal qilishlari asosiy me`yor bo’lib xizmat qilgan.
Sakkizinchisi, Amir Temur saltanatida davlat ahamiyatiga molik masalalar kengashlarda maslahatlashib hal etilgan. Sohibqiron va temuriylar o’z atrofiga olimu-fuzalolarni to’plab, davlatni boshqarishda ular bilan bamaslahat fikrlarini hisobga olib ish ko’rganlar.
To’qqizinchisi, Amir Temur shariat va «Tuzuklar» asosida jamiyat huquqiy hayotini boshqarishni yo’lga qo’ygan.
O’ninchisi, Amir Temur jamiyat rivojida barcha ijtimoiy tabaqalar faoliyatini nazarda tutgan va ularning manfaatini hisobga olgan va ta`minlagan.
O’n birinchisi, Amir Temur o’z davri shart-sharoitlariga ko’ra tashqi siyosatda qat`iy, faol hamda maqsadga muvofiq harakat qilib, o’z saltanatini jahon miqyosiga olib chiqqan.
O’n ikkinchisi, Amir Temur saltanatida ibratli, ijobiy jihatlar, tadbirlar hukm surganligi bilan bir qatorda illatlar, qonunbuzarliklar, haqsizliklar, hatto yovuzliklar ham bo’lgan. Zotan bu xalqimiz o’tmishida tarixiy va siyosiy voqealarga, qarama-qarshiliklarga eng boy davrdir. eng asosiysi, bu davrni yoritishda bir tomonlikka-faqat ijobiy va salbiy jihatlarni bo’rttirib ko’rsatishga harakat qilmaslik zarur. Umuman, Amir Temur va temuriylar tarixiga har tomonlama, ilmiy, umuminsoniy nuqtai nazardan yondoshish va baho berish kerak.
Amir Temur va temuriylar sulolasi tarixini o’rganish shuni ko’rsatadiki, har bir mustaqil davlat o’zining milliy mafkurasiga ega bo’lishi shart. Busiz tom ma`nodagi milliy davlatning bo’lishi mumkin emas. Shuning uchun milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda amir Temur saltanati va nazariy, amaliy va tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Amir Temur davri manbashunosligi
Amir Temur va temuriylar davriga oid arab tilidagi yozma manbalar sirasida arab tarixchisi ibn Arabshohning (1389-1450) «Ajoyib ul maqdur fi tarixi Taymur» («Temur tarixida taqdir ajoyibotlari») nomli asari alohida o’rin tutadi. Asar ko’proq «Temur tarixi» nomi bilan keng tarqalgan. Saroy tarixchilarining ko’pgina asarlaridan farqli bu kitob qudratli, mustaqil, katta saltanat yaratgan Amir Temurning hayotini xolis va bir qadar tanqidiy ravishda yozilgan noyob yodgorlikdir. Ibn Arabshoh uzoq yillar Samarqandda yashagan (1401-1408), shu erda to’laqonli ma`lumot olgan va Amir Temur saroyiga yaqin bo’lgan. Hukmdorlarning unga munosabatini muttasil sezib turgan. Muallifning o’zi ma`lumot berishicha, bu asariga manba bo’lib uning shaxsiy mushohada va xotiralari, Amir Temurning yurishlarida ishtirok etgan arboblarning hikoyalari xizmat qilgan. 1436 yilda yozilgan Ibn Arabshohning bu asari Amir Temur va temuriylar davriga oid frantsuz, lotin, ingliz va g’oyatda qisqartirilgan holda turk tillariga tarjima qilingan. Afsuski ushbu tarjimalarning hammasi tegishli ilmiy izohlarsiz bajarilgani uchun ham ularni ilmiy jihatdan mukammal deb bo’lmaydi. Ibn Arabshohning asari U. Uvatov tomonidan, 1992 yilda Toshkentda 2 jildda keng tarzdagi ilmiy izohlar bilan o’zbek tilida nashr etildi. Ibn Arabshohning bu asari Amir Temurning hayoti va faoliyati haqidagi qimmatbaho ma`lumotlarni qamrabgina qolmay, unda o’sha davr madaniy hayoti to’g’risida ham muhim faktlar keltirilgan. Muallifning o’sha davrda yashab ijod qilgan mashhur olimlar, munajjimlar, muhaddislar, tabiblar, turli kasb va hunarmandlarning mohir ustalari, o’sha zamonda keng ko’lamda qo’llanilgan uyg’ur yozuvi haqidagi ma`lumotlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Ibn Arabshoh asarining maxsus bir bo’limi amir Temurning yuksak insoniy fazilatlari va alohida xislatlariga, sohibqironning tashqi siymosi va odatlariga bag’ishlangan bo’lib, bu tarzdagi ma`lumotlar o’sha davrga oid boshqa manbalarda uchramaydi. Shu bilan birga XV asrda yashagan arab tarixchilarining ko’pgina asarida Amir Temurning faoliyati, uning misr mamlakatlari sultonlari azqZahir Barquq va nosir Faraj, shuningdek ularning Suriyadagi noiblari bilan o’zaro munosabatlari haqidagi ko’pgina ma`lumotlar keltiriladi. Ushbu asarlarda Amir Temur va turk sultoni Boyazid va Misr sultonlari o’rtasidagi munosabtlarga doir ko’p ma`lumotlar berilgan. Mana shu asarlar jumlasiga Ibn Xoldun (1372-1449), Badruddin al-Ayniy (1360-1451), Taqiyuddin al-Maqriziy (1364-1442), Shahobiddin al-Qalqashandiy (1355-1418), Ibn Xajar al-Asqaloniy (1372-1449), Shamsuddin as-Saxoviy ()1427-1497), ibn Tag’riberdi (1411-1469), Ibn ash-Shihna (1348-1412), Jaloluddin as-Suyutiy (1445-1505), Sarimuddin Ibn Duqmoq (1349-1406), Nosiruddin Ibn al-Furot (1336-1404), Ibn Iyos (1448-1524) va boshqa qator tarixnavislarning asarlarini ko’rsatish mumkin.
Amir Temur hayoti va faoliyati to’g’risida sharq tillarida ko’pgina asarlar yaratilgan. Ushbu qo’lyozma asarlarning bir qismi Turkiya kutubxonalarida saqlanadi. Masalan, Hofizi Abruning «Zubdat ut-Tavorix» (Tarixlarning qaymog’i) asarining bir qo’lyozmasi hozir Istambulning eng yirik kutubxonasi Sulaymoniyada saqlanadi. Inv. № 4371.
Rashididdin Fayzullohning Amir Temur yurishlari to’g’risida hikoya qiluvchi «panjgona» asari To’pqapi saroy kutubxonasida saqlanadi. Ushbu qo’lyozma asar Sulayomoniya kutubxonasining o’zidagi ahmad Solis fondida inv.№ 2937 «Nasabn6omai muluk» (Podsholar nasabnomasi) nomi bilan mavjuddir.
Olim al-Haj Abdul G’ofur Kerimiyning «Umdot ut-Tavorix» (tarixlarning tayanchi) kitobi Amir Temurga bag’ishlangan. Ushbu asar yirik olim Najab Osim tomonidan Usmon Tarixi jamiyati to’plamiga ilova sifatida nashr qilingan (1913y).
Shuningdek Turkiyada birin-ketin nashr etilib, ham G’arbda, ham Sharqda paydo bo’lgan va ilm ma`rifat ahli orasida keng tarqalgan quyidagi kitoblarni ko’rsatish mumkin.
Tarjimon Najoti Luchal tomonidan Turk tiliga o’girilgan Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma» asari. Zakiy Validiy To’raqo’rg’onning «Tahqiq nasab Amir Temur» (Amir Temur shajarasi to’g’risida tadqiqotlar), professor A.A. Semyonovning Temur va temuriylarga bag’ishlangan Go’ri Amir maqbarasi naqshlari to’g’risida «Dahmadagi yozuvlar» bo’lib, uni turk tiliga abdul Qodir inon tarjima qilagan. V.V. Bartol’dning 1927 yilda turk tiliga tarjima qilingan va Istambulda chop etilagn «O’rta Osiyo tarixidan saboqlar», Tohir o’g’li Oqdos tomonidan turk tiliga tarjimak etilib, 1930 yilda Istambulda e`lon qilingan. Shuningdek «Ulug’bek va uning zamoni» va boshqa ko’pgina asarlarni ko’rsatish mumkin. Keyinroq, 1965 yilda anqarada F. Talerning Turkiyalik olim Ahmad Otash tarjimasida «Temuriylar davrida tarix fani» chop qilingan.
Amir Temur yurishlarining guvohi-tarixchi olim Toj Salmoniy o’z davrida fors tilida «tarixnoma» kitobini yozgan. Tarixchining ushbu kitobini Izmir shahridagi egey universitetining professori Ismoil Og’a turk tiliga ag’darib 1988 yili Anqarada nashr qilgan.
Uzoq yillardan buyon Temur yurishlari va temuriylar tarixini o’rganish bilan shug’ullanayotgan taniqli tarixchi ismoil Og’a 1991 yili anqarada Turkiya tarixchilari jammiyatida «Temur va uning davlati» degan ilmiy asarini e`lon qilib, unda Temurning yurishlarini batafsil tasvirlaydi, ulug’ sarkarda vafotidan keyin temuriylar orasidagi ichki zidddiyatlarni ochib beradi.
Yirik turk olimi Zaki Validiy To’g’on «Buyuk turk hukmdori Shohrux» kitobini e`lon qilgan. Turk olimi Sulaymon Fohmiy esa, 1843 yilda Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirot ush-Shuaro» kitobini turk tiliga tarjima qilib, Istambulda nashr qiladi.
Yuqorida aytganimizdek, jahon sharqshunosligida 600 yildan beri Amir Temurga bag’ishlangan ko’pdan-ko’p tarixiy ilmiy va badiiy asarlar, risola va maqolalar chop etib kelindi. Avvalambor, bu sohibqiron bilan zamondosh va bevosita muloqotda bo’lgan, uni ko’rgan yoki eshitgan mualliflarning asarlari, sharqona tarixnavislik an`analariga rioya qilib bitilgan solnomalardir.
Bunday asarlar qatoriga sharqning mashhur olim va adiblaridan Sharofuddin Ali yazdiy va Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma»lari, Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi» Hofiz Abro’ning «Tarix sirasi», G’iyosiddin Alining «Temurning Hindistonga yurish kundaligi», Mirxondning «Sofldik bog’i», Muiniddin Natanziyning «Tarixlar» saylanmasi va asarlar kiradi. Ammo Amir Temur zamondoshlari qalamiga mansub barcha asarlarni birdek ob`ektiv xolis yozilgan deb bo’lmaydi.
Islomiy olimlar asarlarida Amir Temurning bir-biriga qarama-qarshi ikki xil obrazi mavjud. Birinchisi-go’yo Amir Temur atrofdagilarga qo’rquv va dahshat soladigan berahm, qattiqqo’l hukmdor va sarkarda. U o’z maqsadiga erishishda har qanday imkoniyatni, bu unga qimmatga tushsa ham, qo’ldan boy bermaydi, o’z qo’li ostidagilar hayotini yaxshilash, mazmunli qiziqarli qilish haqida tashvish chekmaydi, zero, uning tasavvurida hayot bu omad, mehnat va doimiy kurashdir.
Ikkinchisi-aql-farosatli, adolatli hukmdor, u yomonlik va axloqsizlikni ko’rishga ko’zi y o’q, cheksiz harbiy talant sohibi. U harbiy harakatlar olib borish texnikasini bekamu-ko’st biladi. Amir Temur davlatchilik, fan va me`morchilik rivojiga katta hissa qo’shgan insondir.
Birinchi obraz ko’proq arab va forsiy manbalarda keng tarqalgan. Bu narsa ko’proq birinchi navbatda amir Temurning Movarounnahr davlatini birlashtirish uchun olib borgan ko’p sonli yurishlari, so’ng esa, G’arbiy, Shimoli-G’arbiy, Sharqiy Hindistonni zabt etish uchun olib borgan yurishlari oqibatidir. Bu yurishlar Amir Temur faoliyatining katta qismini tashkil etgan va unga sohibqiron o’zi ham alohida ahamiyat bergan. Katta bir buyuk davlatni boshqarish ham o’z navbatida undan katta kuch va doimiy suratda urushga tayyor turishni talab qilgan.
Amir Temurning bunday obrazi yoyilishiga yana bir sabab uni mo’g’ul CHingizxon bosqinchilariga aloqador hisoblashlari va Schingizxon bilan qarindosh deb o’ylashlaridir. Gap shundaki, mo’g’ullar tomonidan amalga oshirilgan barcha vayrongarchilik va urushlar aybi asossiz ravishda Amir Temurga nisbatan ham berilgan. Holbuki, Amir Temur hech qachon CHingizxon kabi qonxo’r va zolim bo’lgan emas.
Amir Temur haqidagi bunday yanglish tasavvur qisman hozir ham uchrab turadi. Lekin u mamlakatni boshqargan paytda bunyod etilgan va bizgacha etib kelgan me`morchilik obidalari, san`at asarlarini ko’rsak, biz Amir Temurdagi nozik ta`b, yuksak madaniyatni sezamiz va bu obrazning ijobiy fazilatlari ayrim manbalarda xaspo’shlab o’tilganini ko’ramiz.



Yüklə 26,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin