SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
ǀ ISSUE 5
ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 14
YANGI OʻZBEKISTONNING TINCHLIKPARVAR TASHQI SIYOSATI
Kibriyo Abdullayeva
Abdumalik Ubaydullayevich Qoriyev
Namangan davlat universiteti doktoranti
Namangan viloyat xalq ta’limi xodimlarini
qayta tayyorlash va
ularning malakasini
oshirish hududiy markazi oʻqituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada Oʻzbekistonning tinchlikparvar tashqi siyosati va uning huquqiy
asoslari, qoʻshni davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari haqida
umumiy ma’lumotlar berilgan.
Kalit soʻzlar: Yangi Oʻzbekiston,
tashqi siyosat, tinchlik, “Markaziy Osiyo
ruhi”, xavfsizlik, hamkorlik.
PEACEFUL FOREIGN POLICY OF NEW UZBEKISTAN
ABSTRACT
The article presents summarizing information about the peaceful foreign policy of
Uzbekistan and its legal framework, cooperation with neighboring countries and
international organizations.
Keywords: Yangi Uzbekistan, foreign policy, peace, "Central Asian spirit",
security, cooperation.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qoʻlga kiritib, mustaqil taraqqiyot
yoʻlini tanlagach, jahon hamjamiyatining teng huquqli a`zosi
sifatida xalqaro
munosobatlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Oʻzbekiston oʻzaro munosabatlarda
tenglik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, oʻzaro
foydali va teng
huquqli hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada va butun jahon miqyosida tinchlik,
xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash kabi tamoyillarga
tayangan holda jahon
hamjamiyati safiga oʻz oʻrni va maqomiga ega boʻlib kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida dunyo mamlakatlari orasida
oʻzining mustahkam oʻrnini egalladi va tashqi siyosatning xalqaro huquq me`yorlariga
asoslangan va jahon hamjamiyatiga asta-sekin integratsiyalashuv strategiyasiga mos
keladigan huquqiy tizimini yarata boshladi. Tariximizning ana shu oʻtgan
davrini
aniqrogʻi 30 yillik mustaqil taraqqiyotimiz sarhisob qilinar ekan, tashqi siyosat va
diplomatik xizmatni shakllantirish borasida amalga oshirilgan keng koʻlamli
ishlarni
ham alohida qayd qilish lozim.
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Shavkat
Mirziyoyev
tomonidan
Mustaqillikning 30 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzada o’tgan