Yangi oʻzbekistonning tinchlikparvar tashqi siyosati kibriyo Abdullayeva Abdumalik Ubaydullayevich Qoriyev



Yüklə 429,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix03.05.2023
ölçüsü429,3 Kb.
#106742
1   2   3   4   5
yangi-o-zbekistonning-tinchlikparvar-tashqi-siyosati

www.scientificprogress.uz
 
Page 15
qisqa davrda Vatanimizning mintaqa va jahon miqyosidagi siyosiy o’rni va nufuzi 
keskin oshganligi, dunyoda O’zbekistonga nisbatan ishonch ruhi va hamkorlikka intilish 
tamoyillari kuchayganligi, mintaqamizdagi davlatlar bilan do’stlik va yaxshi 
qo’shnichilik munosabatlari yo’lga qo’yilganligi, chegaralar ochilgani, odamlar qavmu 
qarindoshlari bilan aloqalarini tiklab, bir mamlakatdan ikkinchi davlatga emin-erkin 
borib kela boshlangligi alohida ta’kidlab oʻtildi. 
Darhaqiqat, mamlakatimizning qulay geosiyosiy oʻrni, uning birinchi navbatda 
oʻz milliy manfaatlarini inobatga olgan holda olib borayotgan, har tomonlama chuqur 
oʻylangan, mustaqil va izchil tashqi siyosati davlatimizning jahon hamjamiyati 
tomonidan e’tirof etilishi, xalqaro maydonda obroʻ-e’tiborining ortib borishini 
ta'minladi. 
Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom Konferensiyasi tashkiloti
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati, 
Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, Turkiy tilli davlatlar 
hamkorlik kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va qator ixtisoslashgan xalqaro 
tuzilmalar ishida faol ishtirok etib, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, Markaziy 
Osiyoda ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash yadro qurolidan holi hudud barpo etish, 
narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq, shuningdek, xalqaro 
hamjamiyat oldida turgan boshqa dolzarb muammolarni hal etish ishiga salmoqli hissa 
qoʻshmoqda. 
Ma'lumki, Oʻzbekiston geosiyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga 
qulay makonda joylashgan.

Ya’ni u, birinchidan, Markaziy Osiyo mintaqasining transport, boy hamda 
mustaqil energetika omillari markazida joylashgan. 

ikkinchidan, Oʻzbekiston aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa 
imkoniyatlari jihatidan mintaqadagi qoʻshnilardan ma'lum darajada ustun turadi. 

uchinchi tarafdan, Oʻzbekiston qulay tabiiy-iqlim sharoitiga ega. Bu yerda 
qadimiy dehqonchilik madaniyati va boy mineral-xomashyo resurslari bor. Respublika 
oziq-ovqat bilan oʻzini oʻzi ta'minlashga, texnika ekinlarining eng qimmatli turlarini, 
jumladan paxta tolasini yetishtirish va eksport qilishga imkoniyati katta. Shuningdek, 
jahon bozoriga yuqori sifatli, ekologik jihatdan sof, raqobatga bardoshli meva-sabzavot 
mahsulotlarini ishlab chiqarishga hamda ularni qayta ishlangan holda yetkazib berishga 
qodir. 

toʻrtinchidan, davlatimiz nafaqat oʻzini oʻzi ta'minlaydigan, balki chetga 
chiqarishga neft, neft mahsulotlari, gaz va umuman, iqtisodiyotning asosi boʻlmish 
muhim tarmoqlarga ega. Oʻzbekistonda sanoatning eng zamonaviy tarmoqlari, deylik, 
mikroradioelektronika kabi murakkab sohani rivojlantirish imkoni bor. 

beshinchidan, Oʻzbekistonning insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli oʻrni 
bor. Yurtimiz ma'naviy-tarixiy merosga boy. U oldindan nafaqat mintaqada, balki 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Yüklə 429,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin