Shikastlanishning oldini olish choralari Mashg`ulotlarning yomon tashkil etishishiga asosiy sabablaridan xisoblanadi, shu jumladan o`qituvchi va trenerga quyidagilar tavsiya etiladi:
Har bir mashg`ulotning jadvali va planiga qat'iy rioya qilish.
Har bir shug`ullanuvchining hatti-harakatini muntazam nazorat qilishni ta'minlash, ularga ko`p kurashning bir turidan ikkinchisiga o`zbilarmonlik bilan o`tishga ruxsat bermaslik.
Shug`ullanuvchilarni snaryadlar, depsinish va yerga tushish joylarini yaxshi ko`rinib turadigan joylarga qo`yish. Snaryadlarni shug`ullanuvchilar bir-biriga tegib ketmaydigan qilib o`rnatish.
Straxovka qilish va yordam ko`rsatish Gimnastika mashg`ulotlarida SK va YoK gimnastika mashqlarini texnikasini bilib olish vazifasini yaxshi xal etishganiga emas, balki shug`ullanuvchilarni ro`y berishiga ham yo`l qo`ymaslik imkonini beradi.
Mashq bajaruvchi, mashq bajarayotib muvaffaqiyatsizlikka uchraganda o`qituvchi yoki trener unga vaqtida yordam berishga tayyor turishini straxovka qilish deb tushunish kerak.
Straxovka qilishdan yordam ko`rsatishning farqi shundaki, yordam ko`rsatganda qo`llab yuborish, turtki berib qo`yish, shug`ullanuvchi bajarayotgan harakat traektoriyasi bo`ylab uni «surib borish» nazarida tutiladi.
Straxovka qilish va yordam ko`rsatish ayniqsa qaltisroq harakatlar bajarilayotganda psixologik ahamiyatga ega bo`ladi.
Quyidagilar jismoniy yordam ko`rsatishning asosiy turlariga kiradi:
a) harakat bo`ylab «surib borish»; b) harakatning eng qiyin qismida ozginagina ko`maklashib yuborish; v) shug`ullanuvchini statik holatlarda qo`llab-quvvatlash;
«Surib borish» harakatni bir butun holda o`rganib olishni osonlashtiradi.
«Surib borishdan» foydalanilganda o`qituvchi o`quvchining faoliyatini butmaydigan darajada jismoniy kuch srflab yordam berish lozim. Ozginagina yordamlashish (turtki berib) yuborishning harakatning alohida fazalari bajarilayotganda qo`llaniladi. Shug`ullanuvchi dastlabki, oraliq va pirovard holatlarda bo`lganida, ayniqsa gimnastikachi kuchini hali yetarlicha to`g`ri sarflay olmaydigan vaqtlarda trener uni qo`llab-quvvatlab turadi.
Jismoniy yordamning turli xillaridan foydalanish natijasida gimnastikachida to`g`ri harakat tasavvurlari shakllanadi va bu tasavvurlar mashqlarni bajarish jarayonida muhim rol o`ynaydi. mashqlarni ijro etish darajasi texnikasi takomillashib borgan sari o`quvchilarga yordam berishda sarflanadigan kuch darajasi kamayib boradi keyinchalik mutlaqo to`xtatiladi.
Tayanib sakrash, snaryadlardan sakrab tushi shva boshqa mashqlarni bajarishda odatda, shug`ullanuvchilarning bilagi yoki yelkasidan tutib qo`llab-quvvatlanadi. Goho qo`llab quvvatlashda ikki kishi qatnashadi. Baland snaryadlarda qo`llab-quvvatlab turish uchun maxsus kursilarga, ba'zan esa konga, kozyolga va xokazolarga chiqib olinadi.
Gimnastika mashg`ulotlarida straxovka kamarlari (lonjlar), porolon to`shalgan chuqurchalar va boshqa texnik vositalar keng qo`llaniladi. Qaltisroq mashqlarni o`rganishning dastlabki bosqichlarida ko`pincha o`quvchilarning qo`llarini snaryadlarga maxsus sirtmoqlar yordamida mahkamlab qo`yiladi.