1- mavzu: gimnastikaning rivojlanish tarixi


Snaryadlarda bajariladigan mashqlarning atamalari



Yüklə 113,47 Kb.
səhifə10/39
tarix14.12.2023
ölçüsü113,47 Kb.
#178345
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
portal.guldu.uz-GIMNASTIKANING RIVOJLANISH TARIXI (2)

Snaryadlarda bajariladigan mashqlarning atamalari.
Tutish - snaryadni ushlash usuli. Tutishning quyidagi turlari bor: ustidan tutish, ostidan tutish turlicha tutish, teskari tutish, chalishtirma tutish, keng tutish, tor tutish. Juft tutish chuqur tutish.
Osilish - quyidagi turlari bor: oddiy osilish, aralash osilishlar.
Tayanish – oddiy va aralash bo‘ladi.
O‘tirish – snaryadda o‘tirgan holat; quyidagi turlari bor: bruslarda oyoqlarni kerib o‘tirish, sonda o‘tirish va hokazo.
Ko‘tarilish – osilib turishdan tayanishga yoki pastroq tayanishdan yuqori tayanishga o‘tish.
Pastga tashlanish-ko‘tarilishga teskari harakat.
Aylanish - gimnastikachining tayanishda boshlab snaryad yoki atrofida (turnik, yog‘och va hokazo) aylanma harakatlanishi.
Burilish - gavdaning vertikal o‘q atrofida harakatlanishi.
Oyoqni osmonga qilib turish – gimnastikachi tanasining biron qismiga tayanib, oyoqlarni yuqoriga uzatgan vertikal holat.
Tebranish – aylanish o‘qiga nisbatan erkin xakatlanish.
Yoysimon tebranish – tayanishdan yoysimon harakat qilib osilishga o‘tish.
Uchish – bu shug‘ullanuvchilarning snaryad (odatda xalqa) bilan birgalikda bir marta tebranma harakat qilishdir.
Qo‘l orqasidan aylanish – muayyan holatdan yelka bo‘g‘inini buraltirib, gavdaning gorizontal o‘q atrofida aylanishi. Bunday aylanish yo‘nalishga qarab oldinga va orqaga bo‘ladi. Zaruriy bo‘lsa qanday tebranish yordamida bajarilishini ko‘rsatish.
O‘tkazish – oyoqni snaryad tepasidan harakatlantirish.
Doira – oyoqni yaxlit (yellepsimon) harakatlantirish.
Chalishtirish – oyoqlarni bir birining o‘rniga qarama-qarshi yetkazish.
Kirish – snaryad yonida dastlabki holatda turgan gimnastikachining tayach qo‘li atrofida doira yasab burilib, dastlaklarga tayanib qolishini ko‘rsatuvch atama.
O‘tish – ijrochining snaryadda (biron elementni bajarayotganda) qo‘llarni tutib, o‘ng yoki chap tomonga siljish.
Chiqish – kirishga teskari harakat qilib (konning) boshqa qismiga o‘tish.
Uchib o‘tish – gimnastikachining qo‘llarini qo‘yib yuborish snaryadning bir tomonidan ikkinchi tomoniga brusning bir yog‘ochidan ikkinchi yog‘ochiga o‘tish.
Sakrab tushish-snaryadda osilib yoki tayanib turgan holatda sakrab tushish.
Sakrash – oyoqlarda depsingandan keyin erkin parvoz qilib, ma'lum masofadan (balandligiga, uzunasiga) yoki to‘siqdan o‘tish.
Tayanib sakrash – qo‘llarda qo‘shimcha tayanib (to‘rt berib) bajariladi.
Siljish-depsingandan keyin oyoqlarni orqaga dastlabki siljish.

Yüklə 113,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin