1- mavzu: gimnastikaning rivojlanish tarixi


Terminologiyaga qo`yiladigan talablar



Yüklə 113,47 Kb.
səhifə7/39
tarix14.12.2023
ölçüsü113,47 Kb.
#178345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
portal.guldu.uz-GIMNASTIKANING RIVOJLANISH TARIXI (2)

Terminologiyaga qo`yiladigan talablar
Terminlar o`z ma'nosining aniqligi va ixtisoslashganligi bilan odatdagi leksik so`zlardan farq qiladi.
So`zlar terminga aylangach zarur bo`lgan ma'nonigina anglatadi. (Kirish, engashish, ko`prik, pastga tashlanish, osilish, tayanish va xokazo). Bunda terminlar biron tushunchani harakatini bildiribgina qolmay balki uni tardosh tushuncha harakatlardan ajratib aniqlab beradi. Terminlarga ma'lum talab qo`yiladi.

  1. Tushunarlilik: Terminologiya ona tili lug`at sostavi (turkiy va boshqa tillardan olingan so`zlar) shuningdek internatsional termin so`zlar asosida ko`rilgan bo`lib, mazkur xalq tilidagi va soz yashash grammatika qoidalariga to`la mos bo`ladi. Shundagina terminlar tushunarli, hayotiy va barqaror bo`ladi. Ona tili normalarining buzilishi terminlarning tushunarli bo`lmay qolishiga olib keladi.

  2. Aniqlik: Termin ta'riflanayotgan harkat (mashq) yoki tushunchaning mohiyati xaqida ochiq oydin tasavvur beradigan bo`lishi kerak. Terminlarning aniqligi mashq xaqida to`g`ri tasavvur xosil qilish uchun katta ahamiyatga molik bo`lib, u mashqni tezroq o`rganib olishda y orda beradi.

  3. Qisqalik: Terminlar qisqa talaffuz etishda qulay bo`lgani ma'qul. mashqlarga nom berish va ularni yozishning yengillashtiradigan qisqartiruv qoidalari ham shunga xizmat qilishi darkor.

Gimnastika terminologiyasi qoidalari
Terminlarni yasash usullari
Terminlar yasashning eng ko`p tarqalgan usuli mavjud so`zlarga yangi ma'no berish (ularning boshqacha tushunish). Masalan: ko`prik, kirish, o`tish, chiqish kabi so`zlarning, gimnastikada anna shunday terminlardan xisoblanadi. Ko`pincha terminlar so`zlarning, masalan: past-baland (bruslar), balandlab uzoqqa (sakrash) singari o`zaro birikishdan ham yasaladi.
Osilish, tayanish, tebranish, o`tirish vash u kabi ayrim so`zlar termin sifatida qo`llaniladi. Statik holatlarni bildiradigan terminlar, masalan: tayanish, bilaklarga tayanish, qo`ltiqlarga tayanish: kuraklarda turish, kallada turish, qo`llarda turish kabilarda tayanch sharti xisobga olinadigan, osilish, burchakli osilish, burilib osilish, egilib osilish singarilarda esa gavda holati (uning bo`g`inlarini bir-biriga nisbatan qanday turishini) xisobga olib yasaladi.
Tebranish mashqlarining terminlari muayyan harakatlantiruvchi faoliyati xususiyatlarini xisobga olib yasaladi. Masalan: bilaklarga tayanib turib oldinga siltinib ko`tarilish qaddini rostlab sirtinib ko`tarilish, oyoqni juftlab yoki bita oyoqda ko`tarilish.
Sakrab va sakrab tushish terminlari sport gimnastikasida gavdaning havodagi holatiga qarab belgilanadi. Masalan: oyoqlarni yig`ib sakrash, oyoqlarni kerib sakrash, to`ntarilish badiiy gimnastikada gavda bilan oyoqlar xolatiga qarab belgilanadi, yopiq sakrash, ochiq sakrash, odimlab sakrash, sapchish, tayanib do`mbaloq oshish, tashlanib sakrash, siltanib sakrash, gir aylanib sakrash va x.k.

Yüklə 113,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin