1- Mavzu: GIMNASTIKANING RIVOJLANISH TARIXI
Reja :
1. Gimnastikaning vujudga kelishi.
2. Yangi davr gimnastikasi.
3. Milliy gimnastika tizimlarining vujudga kelishi. :
a) Nemis gimnastika tizimi ;
b) Shved gimnastika tizimi ;
v) Fransuz gimnastika tizimi ;
g) Sokol ( lochinlar) gimnastika tizimi ;
4. Gimnastikaning taraqqiyoti.
Tayanch iboralar: didaktik prinsip onglilik va faollik prinsipi, ko‘rgazmalilik prinsipi, osonlik prinsipi, tizimlilik prinsipi, yaxlit mashq uslubi, yordamchi mashqlar uslubi, standart mashq uslubi, o‘zgaruvchan mashq uslubi, o‘yin va musobaqa uslubi, algoritmik tipdagi topshiriqlar.
1 Gimnastika mashqlarini o‘rganishdan maqsad, onglilikni tashkil qilish, shug‘ullanuvchini faolligini rejalashtirish, anglash, maxsus bilimlarini egallash har qanday pedagogik jarayon singari, harakat ko‘nikmalarini, malakalarini shakllantirish va maxsus bilim olishlari uchun shug‘ullanuvchilarning o‘qituvchilar rahbarligidagi rejali faoliyatini uyushtirishdir
1 – savol bayoni :
Jismoniy tarbiya vositasi sifatida gimnastika uzoq vaqt mabonida rivojlanib kelgan. Uning qaror topishi ijtimoiy tizim o'zgarishi bilan odam xaqidagi fanning rivojlanishi bilan.
Shuningdek urish qilish usullarining o'zgarishi bilan bog'lik bo'lgan.
Bular gimnastikaning mazmunan o'zgarishga uning o'qitish metodikasi xatto mashqlarni bajarish texnikasining o'zgarishiga xam muxim ta'sir ko'rsatdi.XVIII-XIX asrlardan gimnastika tizimiga kirgan ayrim mashqlar qadimgi Rimda xamda bir qancha G'arbiy Yevropa mamlakatlaridagi o'rta asrlar davridayoq xarbiy-ijtimliy tayyorgarlik ko'rishda qo'llanilgan edi. Yog'och "ot" ( kon) da parvonda xiylariga xujum qilishni o'rgatishda qo'llaniladigan boshqa inshotlardagi mashqlar shular jumlasiga kiradi. Akrobatik mashqlar va arqon ustidagi mashqlarni darbadarlikda yurgan artistlar namoish qilardilar. O'rgatish davrdagi gumanistlar
yoshlarni xar yoqlama tarbiyalashga katta axamiyat bera boshladilar. Gimnastika mashg'ulotlarini ular insonning sog'lig'ini mustaxkamlash va jismoniy kuchni rivojlantirishning eng yaxshi vositasi deb bilardilar.
Dostları ilə paylaş: |