1- mavzu: Kirish. Anatоmiya, fanining rivojlanish tarixi. Hissa qo’shgan olimlar va o’rganish usullari. Reja


-MAVZU:Miologiya. Gavda mushaklarining shakli tuzilishi va guruhlarga bolinib joylanishini rasmli chizmalar mulyaj va anatomic atlas vositasida o’rganish



Yüklə 125,12 Kb.
səhifə10/22
tarix26.09.2023
ölçüsü125,12 Kb.
#148903
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
1- mavzu Kirish. Anatоmiya, fanining rivojlanish tarixi. Hissa

6.-MAVZU:Miologiya. Gavda mushaklarining shakli tuzilishi va guruhlarga bolinib joylanishini rasmli chizmalar mulyaj va anatomic atlas vositasida o’rganish.


REJA:



  1. Gavdaning oldingi guruh muskullari.

  2. Gavdaning orqa guruh muskullari.

  3. Gavdaning oldingi, ko'krak va qorin muskullari.

  4. Orqa guruh muskullari.

  5. Diafragma va uning tuzilishi.

  6. Qorinning oq chizig’i haqida ma’lumot.

  7. Chov kanalini tuzulishi va ahamiyati.

BAYONI: Orqa muskullari yuza va chuqur guruh muskullaridan iborat. Orqaning yuza muskullari quyidagilar:
Trapesiyasimon muskul (m.trapezius) ensa suyagining g'adir-budur chizig'idan ensa boylamidan, barcha ko'krak umurtqalarining qirrali o'siqlaridan boshlanadi. O`mrov suyagining akromial tomondagi qismiga ko'krakning baland qirrasiga yopishadi.
Funksiyasi: muskulning yuqori qismi qisqarganda yelka kamarini (ko'krak va o`mrov suyaklarini) yuqoriga ko`taradi. Qo'lni yuqoriga ko`tarishda qatnashib, kurakning past burchagini tashqariga tortadi. Trapesiyasimon muskulning pastki qismi qisqarsa kurak pastga tortiladi. Ikki tomondagi muskulning hamma tolalari qisqarsa, ikkala ko'rtak bir-biriga (umurtqa pog'onasiga) yaqinlashadi. Orqaning serbar muskuli (m.latissimus dorsi) orqa tomonning past qismini qoplab, teri ostida (yuzada) yotadi. Bu muskul pastki 4 ta ko'krak umurtqasining, barcha bel umurtqalarining qirrali o'siqlaridan, yonbosh suyagining tashqi qirrasidan va pastga 4 ta qovurg'adan boshlanadi. Muskul tolalari pastdan yuqoriga va lateral tomonga yo'nalib yig'ilib asta-sekin xipcha tog'ayga o'tadi va yelka suyagining kichik g'adir-budur qirrasiga yopishadi.
Funksiyasi: Muskul qisqarib, yuqoriga ko'tarilgan qo'lni pastga, orqaga tortadi. Agar qo'l kimirlamay tursa, ko'krak qafasi kengayadi, tana qo'lga yaqinlashadi. Rombsimon muskul (mm.rhomboideus) pastki ikkita bo'y yuqorigi 4 ta ko'krak umurtqalarining qirali o'siqlaridan boshlanib, ko'krakning medial chetiga yopishadi.
Funksiyasi: kurakni medial tomoniga va orqaga tortadi. Kurakni ko'taruvchi muskul (m. Levator scapulae) yuqoridagi to'rt bo`yin umurtqasining ko'ndalang o'sigidan boshlani kurakning yuqori burchagiga yopishady.
Fuksiyasi: Kurakni yuqoriga ko'taradi. Orqaning yo’qoriga tishli muskuli (m.serratus posterior supperior) pastki ikkita bo`yin va yuqori ikkita ko'krak umurtqasining qirrali o'siqlaridan boshlanib, 2-5 qovurg'alarning orqa tomoniga yopishadi.
Funksiyasi: qovurg'alarni ko'taradi. Orqaning pastki tishli muskuli (serratus pasterior inferior). Pastki ikkita ko'krak va yuqoridagi ikkita bel umurtqalari ro'parasida fassiyadan boshlanib, 9-12 qovurg'alarga yopishadi.
Funksiyasi: Pastki qovurg'alarni pastga tortadi. Orqaning chuqur muskullari. Umurtqa pog'onasining ikkita yonboshida umurtqalarning qirrali o'siqlari bilan qovurg'alar burchagining o'rtasida hosil bo'lgan egatchalarda joylashgan. Ular lateral va medial tutamlardan tuzilgan uzun va chuqurda joylashgan mayda-katta muskullardan iborat. Umurtqa pog'onasini tiklovchi muskullar (m.eroctor spinae). Dumg'azaning orqa satxidan, bel umurtqalarining ko'ndalang o'siqlaridan, yonbosh suyagining tashqi qirrasidan va kurak-bel fassiyasidan boshlanib, yuqoriga ko'tariladi va ensa suyagigacha yetib boradi. yonbosh qovurg'a muskulli (m.iliocostalis) acocan qovurg'alarga yopishadi. Uzun muskul (m.longissimus). Qirrali muskul (m.spinalis).
Funksiyaci: Ikki tomondan (m.erector spinae) qisqarsa gavdani tik saqlaydi. Medial trakt muskul bir qancha mayda muskullardan tuzilgan bo'lib, (m.erector spinae)ning ostida joylashgan. Ko'ndalang-qirrali muskul (m.transversospinalis). Qirralararo muskul (m.interspinalis). Boshning orqa katta va kichik to'g'ri muskullari (rictus capitis pasterior major va minor) 1 va 2 bo`yin umurtqalaridan boshlanib, ensa suyagiga borib yopishadi. Bo`yin va boshning tasma muskullari (m. Splenius cervicis va capitis).
Funksiyaci: Ikki tomonlama qisqarib, boshni orqaga bukishga yordam beradi. Gavdaning old tomondagi muskullari. Gavdaning old tomonidagi muskullar ko'krak va qorin muskullaridan iborat. Kukrak muskullari. Kurak muskullari ikki guruhdan tuzilgan bo`lib, birinchi guruh yuza serbar muskullardan tashkil topgan. Ikkinchi guruh esa, chuqur joylashgan ko'krak qafasini xususiy muskullaridir. Ko'krakning katta muskul (m.pectoralis major).
Funksiyasi: Yuqoriga ko`tarilgan qo'lni pastga tortadi. Qo'l qimirlamagan paytda qovurg'alarni ko'tarib, nafas olishga yordam beradi. Ko'krakning kichik muskuli (m.pectoralis minor).
Funksiyasi: Muskul qisqarib yelka kamarini pastga tortsa, qo'l qimirlamay turganda qovurg'alarni ko`tarib, ko'krak qafasini kengaytiradi, nafas olishga yordam beradi. O`mrov osti muskuli (m.subclavius).
Funksiyasi: O`mrov suyagini pastga tortadi. Oldingi tishli muskul (m.serratus anterior).
Funksiyasi: Muskul qisqarib, kurakning pastki burchagini oldinga buradi va qo'lni yuqoriga ko`taradi. Ko'krak qafasining xususiy muskullari. Qovurg'alararo tashqi muskullar (m.intarcostales externa).
Funksiyasi: Qovurg'alarni ko'taradi. Qovurg'alararo ichki muskullar (m.m.intercotsales intermi).
Funksiyasi: Qovurg'alarni pastga tortadi. Qovurg'a osti muskuli (mm.subcostales).
Funksiyasi: Qovurg'alarni pastga tortadi. Ko'krak-qorin to'sig'i diafragma (Diafragma).
Funksiyasi: Diafragma qisqarib, gumbazi yassilanadi va ko'krak qafasi kengayib, nafas olishga yordam beradi. Ko'krak fassiyasi ko'krak muskullarining uchta yuza, xususiy va ko'krak qafasining ichki yuzasini qoplovchi ko'krak fassiyasi tafovut qilinadi, ulardan biri teri osti fassiyasi bo'lib, odatda teri osti yog` qavatining ostida joylashib, ko'krak muskullarini ustki tomondan qoplab-qo`shni soxa tomonga yo'naladi.
Qorin muskullari. Qorin ko'krak qafasining pastki chegarasi bilan chanoqning ustki chegarasi o'rtasida joylashgan. Qorinning tashqi qiyshiq muskuli (obliguus externus abdominis) ko'krak qafasining pastki sakkizta qovurg'asidan tishlar bilan boshlanib, muskulning pastki tutamlari yonbosh suyagi qirrasining tashqi labiga yopishadi. qorinning ichki qiyshiq muskuli (obliguus internus abdominis) qorinni tashqi, qiyshiq muskuli ostida joylashadi. qorinni kundalang muskuli (transerversus abdominis) muskul tolalari ko'ndalang yo'nalib, pastki oltita qovurg'aning ichqarigi yuzasidan, ko'krak bel fassiyasining chuqur varagidan, yonbosh suyagining qirasidan orasidan boshlanib qorin devorining old qismiga ba’zoda muskul tolalari serbar payga aylandi va qorin to`g`ri muskulining orqa tomonidan o'tib, qarama qarshi joylashgan aponevroz bilan tutashadi qorinning oq chizig'ini hosil qilishida qatnashadi. qorinning to'g'ri muskuli (m.rectus abdominis) qorin devorining oldingi qismida joylashgan. Piramidasimon muskul (m.pyramidalis) qov birlashmasidan boshlanib, qorinning oq chizig'iga yopishadi. Belning kvadratsimon muskuli (m.quadratus lumborum) qorin bo'shlig'ining orqa soxasida joylashgan. qorinning oq chizig'i (linia alba) to'sh suyagining xanjarsimon o'sig'idan qov suyagi birlashmasigacha tortilgan. Chov kanali (canalis inguinalis) chov soxasida qorin serbar muskullarining pastki qismlari orasida joylashgan. Undan ayollarda bachadonning yumaloqboylami, erkaklarda esa urug' tizimchasi o'tadi. Chov kanalining ikkita (ichki va tashqi) teshigi va to'rtta devori bor. Chov kanali qorin devorining eng bush qismi bo'lib, qorin bo'shlig'i bosimi oshganda kanal orqali churra (grija) tush adi.Son kanali (canalis femoralis) chov soxasida bo'lib, uning ichki teshigi tomir qavatining medial burchagida joylashgan. Son kanalining uchta devori bo'lib, latereal devorini son venasi orqa va oldingi devorlarini esa son serbar fassiyasining yuza va chuqur varaqlarini hosil qiladi.
Bo`yin muskullari. Bo`yin ning oldingi tomoni bo`yin, orqa tomoni esa ensa soxasi deb ataladi. Bo`yin muskullari yuza muskullar, til osti suyagiga birikuvchi (o'rta guruh). Muskullar va bo`yin ning chuqur muskullaridan iborat.
Yuza muskullar. Bo`yin ning teri osti muskuli (m.plantysna) bevosita teri ostida joylashgan, yupqa plastinkadan iborat.
Funksiyasi: Bo`yin terisini tortib venada qon oqishini yaxsxilaydi, og'iz burchagini pastga tortadi. Tush o`mrov so'rg'ichsimon muskuli (m.sternokleidomastoideus) tush va o`mrov suyaklaridan ikkita boshcha xolida bog'lanib, chakka suyagining so`rg'ichsimon-o'sig'iga yopishadi.
Funksiyasi: Har ikkala muskul bir vaqtda qisqarganda boshini tikka ushlab turadi yoki orqa tomoniga bukadi.
O'rta guruh muskullari til osti suyagiga birikuvchi muskullar ikki xil joylashgan. Bir guruh muskullar til osti suyagidan yuqori soxada, ikkinchi guruh esa til osti suyagidan pastda joylashagan, til ostidan yuqorida quyidagi muskullar joylashgan. Jag', til osti muskuli (m.mylohyoideus) keng plastinka tarzida, muskul tolalari esa yuqoridan pastga qarab parallel joylashadi. Ikki qorinli muskul (m.digastricus) oldingi qorinchasi pastki jag' suyagining ichki yuzasidan, orqa qorinchasi chakka suyagining so'rg'ichsimon o'sig'i uymasidan boshlanib, o'zaro pay orqali birlashadi. Ikki qorinli muskul shu pay vositasida til osti suyagiga yopishadi. Begizsimon o'siq-til osti muskul (m.stylohyoideus) chakka suyagining begizsimon o'sig'idan boshlanib til osti suyagi tanasiga yopishadi.
Funksiyasi: Yuqorida keltirilgan to'rtala muskul pastki jag' qimirlamay turganda qisqarsa, til osti suyagini va kekirdakni yuqoriga ko'taradi, aks holda pastki jag' suyagini pastka tortadi. Til osti suyagidan pastda joylashgan muskullar quyidagi muskullardir. To'sh-til osti muskuli (m.sternohyoideus) tush suyagi dastasining orqa tomonidan boshlanib, til osti suyagining pastki yuzasiga yopishadi. Tush qalqonsimon muskuli (m.sternohyoideus) To'sh til osti muskuli orqasida joylashgan bo'lib, tush suyagi dastasining orqa yuzasidan 1-qovurg'a tog'ayidan boshlanadi yuqoriga ko`tarib, qalqonsimon tog'ayga yopishadi. Kalqonsimsi til osti muskuli (m.thyreohyoideus) qalqonsimon tog'ayning qiyshik chizig'idan boshlanib, til osti suyagining tanasiga yopishadi. Kurak til osti muskuli (m.omohyoideus)ning taxminan o'rta qismida pay belbog' bo'lganidan yuqori va pastki qorinchalari tafovut etiladi.
Funksiyasi: Til osti suyagidan pastda joylashgan muskullar qisqarib til osti suyagi va xiqildoqni pastki tortadi.
Bo`yin ning chuqur muskullari. Oldingi narvonsimon muskul (m.scalenus anterior) 2-6 bo`yin umurtqalari ko'ndalang o'siqlaridan boshlanib 1 qovurg'aning tepa yuzasiga yopishadiyu. O`rtadagi narvonsimon muskul (m.scalenus media) barcha buyyn umurtqalarining-ko'ndalang o'siklaridan boshlanib. 1 qovurg'aning tepa yuzasiga yopishadi. Orqaning narvonsimon muskul (m.scalenus posteriror) 5-6 bo`yin umirtqalarining ko'ndalang o'siqlaridan boshlanib, II qovurg'aning tashqi yuzasiga yopishadi.
Funksiyasi: Narvonsimon muskullar ikki tomondan qisqarsa, bo`yin umurtqalari oldinga buqiladi, bir tomondan qisqarganda bo`yin yon tomonga buradi. Bo`yin qimirlamay turganda I-II qovurg'ani ko`tarib, nafas olishga yordam beradi. Bo`yin uzun musko'li. Bu muskul II-VI bo`yin umurtqalarining tanasini egallab yotadi. Old tomondan xalqum va qizilo'ngach bilan yopishib turadi.
Funksiyasi: Muskullar ikki tomondan baravar qisqarsa bo`yin ni oldinga, bir tomondan qisqarasa yon tomonga bukadi. Boshni uzun muskuli (m.lohgus capitis).
Funksiyasi: Ikkala tomon teng qisqarsa boshni oldinga tomonga bukadi. Bo`yin fassiyalari - yuza, o'rta va chuqur, ichki fassiyalarga bo'linadi. Bosh muskullari. Bosh muskullari mimika va chaynov muskullariga bo'linadi. Mimika muskullari boshqa muskullardan o'zining suyakdan boshlanib teriga yopishishi bilan farq qiladi. Mimika muskullari qisqarib yuzda har xil holatlarni vujudga keltiradi. Ular og'iz ko'z burun atrofida joylashib ularni torayishini va kengayishini taminlayda. Ensa peshona muskuli (m.occipito-frontalis) peshona muskul qismi kosh terisidan boshlanib fibroz plastinkaga qo'sxiladi. Bu muskul qisqarganda kosh kutarilib peshonada ajin paydo bo'ladi. Takabburlik muskuli m.trokerus-peshona suyagining burun qismidan boshlanib, ikki qosh o'rtasidagi teriga yopishadi.
Funksiyasi: Muskul ikki kosh o'rtasida ko'ndalang ajin paydo qilib takabburlik holati vujudga keladi. Ko'zning aylana muskuli (m.orbikularis occulis) 3 qismdan iborat ko'z kosasi atrofida joylashgan qismi, qovoqlarda joylashgan qismi va ko'z yoshi qismidan tuzilgan.
Funksiyasi: Muskulning birinchi va ikkinchi qismi qisqarganda ko'z yumiladi, uchinchi qismi qisqarganda esa ko'z yoshining oqishiga yordam beradi. qoshni chimiruvchi muskul (m.coppygator supercili)-iki qoshning o'rtasida ko'ndalangiga joylashgan bo'lib, qisqarganda qoshlar yaqinlashib, uzunasiga ajin paydo bo'ladi.
Yuqori labni kutaruvchi muskul (m.levator labi superioris).
Funksiyasi: Yuqori labni ko'taradi, burunni kattagini kengaytiradi. Yonoqning katta va kichik muskuli (m.sygomaticus major va minor).
Funksiyasi: Og'iz burchagini yuqoriga va yon tomonga tortadi. Natijada yuzda tabassum paydo bo'ladi. Kulgi muskuli (m.risorius).
Funksiyasi: Ko’lganda ikki yuzda chuqurcha hosil bo'ladi. Og'iz burchagini pastga tortuvchi muskul (m.depressor anguli oris).
Funksiyasi: Pastki labni pastga tortadi. Pastki labni pastga tortuvchi muskul (m.depressor labir inferioris).
Funksiyasi: Pastki labni pastga va chetga tortadi. Og'iz burchagini ko'taruvchi muskul (m.levator anguli oris).
Funksiyasi: Og'iz burchagini yuqoriga tortadi. Engak muskuli (m.mentalis).
Funksiyasi:Iyak terisini ko'tarib, pastki labni yuqori labga yaqinlashtiradi.
Lunj muskuli (m.buccinator).
Funksiyasi: Og'iz burchagini orqaga tortadi, lunj va lablari tishlarga va milkka yaqinlashtiradi, havoni tashqariga chiqaradi.
Og'izning aylana muskuli (m.orbicularis oris).
Funksiyasi: Og'izi yumadi.
Burun muskuli (m.nasalis). Buruk qanotlaridan yuqorida joylashib qisqarganda burun teshigi torayadi.
Chaynov muskullari. Ular to'rt juft bo'lib, hammasi pastki jag' suyagiga yopishadi va chaynovda qatnashadi.
Chaynov muskuli(m.masseter) yanoq suyagining pastki qirg'og'idan yonoq ravog'idan boshlanib, pastki jag' suyagining shu nomli g'adir-budiriga yopishadi 2. Chakka muskuli (m.temporalis), u chakka suyagi pallasidan boshlanib, pastki jag' suyagining tojsimop usigiga birikadi.
Lateral qanotsimon muskul (m.pterygoideus laterralis), ponasimon suyak katta qanotining pastki yuzasidan va qanotsimon o'siqdan boshlanib, pastki jag' suyagining bo'g'im o'sig'i bo'yniga yopishadi. Medial qanotsimoya muskul (m.ppteregoideus), kanotsimon o'siqning shu nomli chuqurchasidan boshlanib pastki jag' burchagining ichki yuzasiga yopishadi. Chaynov muskullarining funksiyasi to'rttala chaynov muskuli pastki jag'ni yuqori jag'ga tortib, tishlashni ta'minlaydi. Medial va lateral muskullar bir tomonlama qisqarsa, pastki jag' qarama-qarshi tomonga, ikki tomondan baravar qisqarsa, pastki jag'chi oldinga siljitadi. Chakka muskulining orqa tolalari qisqarsa, pastki jag'ni o'z joyiga qaytaradi.
Bosh fassiyasi - juda zaif takomil etgan bo'lib, boshning fibroz qalin pardasi ustidan qoplab turadi.
Ko’krak mushaklari. Ko’krak mushaklari kelib chiqishi va faoliyatiga ko’ra ikki guruhga : 1) ko’krak qafasidan boshlanib, yelka kamari va yelka suyagiga birikuvchi mushaklar . 2) ko’krak qafasining o’ziga xos (autoxton) mushaklariga bo’linadi. Birinchi guruhga to’rtta : katta va kichik ko’krak mushaklari , o’mrov osti va oldingi tishchali mushaklar kiradi.

1.Kattako’krakmushagi(m. pectoralismajor) katta, yelpug’ichsimonshakldabo’lib , ko’krakqafasiningoldingidevoriniyuqoriqisminiegallaydi. U o’mrov suyagining ichki yarmidan , to’sh suyagining oldingi yuzasi va II – VII qovurg’alar tog’ayidan, qorin to’g’ri mushagi qinining oldingi devoridan boshlanadi. Mushak tolalari tashi tomonga yo’nalib, yelka suyagi katta do’mboqcha qirrasiga birikadi. Vazifasi: ko’tarilgan qo’lni tushurib tanaga yaqinlashtiradi va ichkariga buradi. Agar qo’l qimirlamay turs, qovurg’arni ko’tarib nafas olishda ishtirok etadi.
2.Kichikko’krakmushagi (m. pectoralisminor) uchburchakshaklidagiyassimushak.Kattako’krakmushaginingorqasidayotadi, II – Vqovurg’alarningoldingiuchigayaqinjoydanboshlanadi. Yuqoriga va lateral yo’nalib qisqa pay bila kurakning tumshiqsimon o’simtasiga birikadi. Vazifasi: kurakni oldinga va pastga tortadi, agar qo’l qimirlamay tursa, qovurg’alarni ko’tarib nafas olishda ishtirok etadi.
3. Omrovostimushagi (m. subclavius) Iqovurg’atog’ayidanboshlanadivalateralyo’nalibo’mrovsuyaginingakromionuchipastkiyuzasigabirikadi.Bunushako’mrovsuyagibilanIqovurg’aoralig’idajoylashadi . Vazifasi: o’mrov suyagini paastga va ichki tarafga tortadi , to’sh – o’mrov bo’g’imini mustahkamlaydi.
4.Oldingi tishchali mushak (m. serratus anterior) keng to’rtburchak shaklida bo’lib , ko’krak qafasini yon tomonida yotadi. U 8-9 ta tishcha bilan yuqoridagi qovurg’alardan boshlanadi va kurakning ichki chekkasiga hamda ostki burchagiga birikadi. Faoliyati : kurakning ostki burchagini oldinga va lateral tomonga tortib, kurakning lateral burchagini yuqoriga hamda ichki tomonga yo’naltirib , qo’lni gorizontal holtda yuqoriga ko’tradi. Kurak qimirlamay turganida ko’tarib ko’krak qafasini kengaytiradi va nafas olishda ishtirok etadi.


ASOSIY TUSHUNCHA VA TAYANCH IBORALAR

Miologiya –muskullarni o'rganuvchi fan.
Miosit-muskul hujayrasi.
Fassiya-muskulni urab turuvchi parda.
Antogonis-qarama qarshi ish bajarish.
Sinergis-bir xil ish bajarish.
Linea alba-oq chiziq.
Sapallis femolis-son kanali.
Canalis inguinalis-chov kanali.
Diafragma –ko'krak qorin to'sig'i.
Miozit-muskulni yallig'lanishi.
m.platysma-bo`yin ning teri osti muskuli.
m.digastricus-ikki qorinli muskul.
m.scalenus anterior-oldingi narvonsimon muskul.
m.longus capitis-boshning uzun muskuli
m.orbicularis oculi-ko'zning aylana muskuli.
m.nasalis-burun muskuli.
m.masseter-chaynov muskuli.
m.temporalis-chakka muskuli.



Yüklə 125,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin