1- mavzu: Kirish. Anatоmiya, fanining rivojlanish tarixi. Hissa qo’shgan olimlar va o’rganish usullari. Reja


- MAVZU: Osteologiya: Kalla skeleti: qismlari, joylashishi, suyaklarini nomlanishi, tuzilishinikallaskeletidao’rganish



Yüklə 125,12 Kb.
səhifə8/22
tarix26.09.2023
ölçüsü125,12 Kb.
#148903
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
1- mavzu Kirish. Anatоmiya, fanining rivojlanish tarixi. Hissa

5- MAVZU: Osteologiya: Kalla skeleti: qismlari, joylashishi, suyaklarini nomlanishi, tuzilishinikallaskeletidao’rganish.


REJA:

1. Kalla skeletining tuzilishi.


2. Kalla skeletining miya bo’limi suyaklari.
3. Kalla skeletining yuz-jag’ bo’limi suyaklari.
4. Kalla skeletini birikishi .


Bosh skeleti yoki kalla suyaklari bosh miya va u bilan birga takomil etgan sezgi a'zolarining tayanchi bo'lib, uni tashqi muhit ta'siridan saqlab turadi. Bundan tashqari, kalla suyagining yuz qismida organizm hayotida katta ahamiyatga ega bo'lgan nafas olish tizimining boshlanish qismi burun bo'shlig'i va ovqat hazm qilish tizimining boshlanishi og'iz bo'shlig'i joylashgan. Kalla suyagi ikki bo'limga:
1. Kallaning miya bo'limi.
2. Kallaning yuz bo'limiga ajratiladi.
Miya bo'limi tepa tomondan kalla qopqog'i bilan qoplangan bo'lib, ichida bosh miya joylashib turadigan kalla bo'shlig'i bor. Kalla bo'shlig'i umurtqa kanalining kengaygan uchi bo'lib, bosh miya va uning pardalari, qon tomirlari joylashadi.
Kalla bo'shlig'i pastki tomondan har turli teshik va kanallari bo'lgan kalla tubi bilan chegaralanib turadi. Kalla qopqog'ining zich moddadan tuzilgan tashqi plastinkasi va ichki yoki shishasimon plastinkasi bo'lib, ularning orasida yupqa g'ovak modda joylashgan. G'ovak moddadan vena kanallari o'tadi. Ichki plastinkada a’zoik moddalar kamligidan mo'rt, tez sinuvchan bo'ladi. Shishasimon plastinka nomi ham ana shundan olingan.
Kalla suyagining miya bo'limi ensa suyagi, peshona suyagi, tepa suyaklari, ponasimon yoki asosiy suyak, g'alvir suyak va chekka suyaklardan tuzilgan tepa suyagi bilan chekka suyaklari bir juftdan bo'lib, boshqasi esa toq.
Kallaning yuz bo'limi yuqori jag` tanglay suyagi, yonoq suyagi, burun suyagi, ko'z yoshi suyagi, pastki chanoq, dimog' suyagi, pastki jag' va til osti suyaklaridan tuzilgan.
Ensa suyagi qisman kalla qopqog'ining orqa va pastki tomonini va uning asosini tashkil qilishda qatnashadi va oldingi tomondan ponasimon suyakka, tepa va chakka suyak-lariga birlashgan. Ensa suyagi katta teshik orqali umurtqa kanaliga qo'sxilib turadi. Ensa suyagi pallasining tashqi tomoni qavariq, ichki yuzasi botiq bo'lib, egilgan serbar plastinka palladan iborat. Ensa suyagining tashqi yuzasi markazida tashqi ensa do'mbog'i bo'lib, uning ikkala tomonida ko'ndalang yo'nalgan g'adir-budur chiziq ko'rinadi. Ana shu chiziqdan yuqoriroqda paral­lel holda g'adir-budur chiziq joylashgan ensa do'mbog`idan pastda ensaning tashqi qirrasi joylashgan. Ana shu qirradan ikki yonboshga ensa chiziqlari ketgan.
Pallaning ichki yuzasi o'rtasida esa ichki ensa do'mbog'i bo'lib, uning tepa va ikki yonbosh tomonlarida egatchalar ko'rinadi.
Katta ensa teshigining ikki yonboshida joylashgan bo'laklarining pastki yuzasida joylashgan ellips shaklidagi bo'g'im do'mboqchalar orqali I bo'yin umurtqasining yu-qori bo'g'im yuzasiga qo'sxiladi. Ensa suyagining bo'g'im dumb-oqchalari o'rtarog'ida til osti nervi o'tadigan kanal joylash­gan. Do'mboqcha orqasida esa bo'yinturuq vena o'ymasi bo'ladi. Bu o'yma chekka suyagidagi ana shunday o'yma bilan qo'sxilib, bo'yinturuq teshigini hosil qiladi.
Ponasimon suyak juda murakkab tuzilgan bo'lib, kalla suyak tanasiga birlashadi. Ponasimon suyak tanasining kalla bo'shHg'iga qaragan yuqori yuzasining o'rta qismida egarchaga o'xshash chuqurcha
Turk egarchaning tubi bo'lib, bunda miya pastki ortigi bezi gipofiz joylashadi egarchaning oldingi tomonida ko'ndalangiga joylashgan do'mboqcha egar qoshi va undagi ko'rish nervlarining kesishmasi joylashgan egatcha bor. Ular ikkala tomonda ko'z bo'shlig'iga ocxiladigan ko'rish kanalchalari teshigiga tutashadi. Bu kanalchalar orqali kalla bo'shlig'ida ko'rish nervlari o'tadi.
Turk egari orqa tomonida o'z suyanchig'i bilan chegaralanadi. Ponasimon suyak tanasining ikki yonboshida uyqu arteriyasi joylashadigan egatcha bor. Qirraning ikkala tomonidagi suyak plastinkalari ponasimon chig'anoq bir juft suyak kovaklarini chegaralab turadi. O'ng tomondagi bo'shliq chap tomondagi bo'shliqdan sagittal to'siq orqali ajralib turadi. Bu bo'shliqlar (kovaklar) burun bo'shlig'iga ocxilgan.
Ponasimon suyak ensasi orqali ensa suyagi bilan bir-..lashadi. Suyak ensasida bo'shliq bo'lib, u yupqa devorcha bilan ajralgan. Bo'shliqlar teshikchalar orqali burun bo'shlig'iga ocxiladi. Kichik qanot bilan katta qanot oralig'ida joylashgan yuqori ko'z yorig'i ko'z kosasini miya bo'shlig'iga qo'shib turadi va uch shoxli nervning tarmog'i va nervlar o'tadi. Kichik qanot miya bo'shlig'i tubini va ko'z kosasi yuqori devorini tashkil qilishda qatnashadi. Tanasining past tomonida ikkita qanotsimon o'siqlar joylashgan. Katta qanotning tanaga yaqin joyida yumaloq, cho'zinchoq va o'tkir qirrali teshiklar joylashgan. Yumaloq va cho'zinchoq teshiklardan uch shoxli nerv tarmoqlari o'tsa, o'tkir qirrali teshikdan miya pardasiga boruvchi arteriya o'tadi. Katta qanotning oldingi chakkasi yuqoriga tomon davom etib, peshona suyagi bilan birlashadi.
Chakka suyagi bir juft bo'lib, murakkab tuzilgan. Eshituv va muvozanat saqlash a'zolarini o'z tarkibida saqlab turadi. Chakka suyagi to'rt qismdan iborat palla (tanga), nog'ora, piramida (toshsimon) va so'rg'ichsimon qismlar ana shu qismlar yangi tug'ilgan chaqaloqlarda alohida bo'lib, bola bir yoshga to'lganida suyaklanib, birlashib bitta butun chakka suyagini hosil qiladi. Chakka suyagining to'rttala qismi tashqi eshituv yo'li atrofida joylashgan.
1. Chakka suyagi (tangasimon qismi) pallasining ichki yuzasida miya egatlarining izlari bor. Pallaning tashqi yuzasi silliq bo'lib, chakka chuqurining hosil bo'lishida qatnashadi va undan chiqqan yonoq o'sig'i, yonoq suyagi bilan birlashadij Pastroqda pastki jag' bilan bo'g'im tushadigan chuqurcha joylashgan. Uning oldida do'mboqcha bo'lib, pastki jag'ning bo'g'im o'sig'ini chuqurchadan chiqib ketishdan saqlab turadi.
2. Nog'ora qismi chakka suyagining tashqi eshituv yo'lining oldingi pastki va qisman orqa tomnidan chegaralab turadi. Lateral tomondan so'rg'ichsimon o'siq va medial tomondan piramida qismlari bilan qo'sxilib tursa, pastki tomon bigizsi-mon o'siqning ildizini o'raydi.
3. Toshsimon qismi chakka suyagining boshqa qismlariga nisbatan kattaroq tuzilishga ega, shuning uchun bu bo'lagini toshsimon yoki shakliga qarab piramida deb ataladi.
Piramida bag'rida eshituv va muvozanatni saqlash a'zolari joylashgan, ular turli tashqi ta'sirotlardan saqlab turadi.
Piramidaning oldingi yuzasida (piramidaning uchi yaqinida) bosh miya uchlik nerv tugunining chuqur izi joylashgan. Oldingi yuzaning orqaroq bag'ridagi yarim doira kanalining (ichki quloq tuzilishiga qarang) turtib chiqishidan vujudga kelgan tepa bor. Nihoyat, piramidaning oldingi yuzasi nog'ora bo'shlig'ining tomi xolida joylashgan. Piramidaning orqa yuzasida joylashgan ichki eshituv teshigi orqali bosh miyaning yuz va eshituv nervlari, ichki eshituv qon tomirlari o'tadi.
Piramidaning pastki yuzasi kallaning tubiga qaragan bo'lib, uzun bigizsimon o'siq bilan so'rg'ichsimon o'siqning orasidagi bigizsimon so'rg'ichsimon teshik orqali yuz nervi bo'shlig'idan tashqariga chiqadi. Bigizsimon o'siqning medial tomonida bo'yinturuq chuqurcha bor. Bu chuqurcha ensa suyagidagi ana shunday chuqurcha bilan qo'sxilib, bo'yinturuq teshigini hosil qiladi. Bundan tashqari, ichki uyqu arteriyasining kalla bo'shlig'iga o'tadigan tashqi teshigi ko'rinib turadi. Ichki teshik esa piramida uchida joylashgan. Piramidaning oldingi chekkasi, suyakning palla qismi bilan o'tkir burchak hosil qilib qo'sxiladi, shu yerda muskul nay kanalining og'zi ko'rinib turadi, bu kanalning ikkinchi teshigi o'rta quloq bo'shlig'iga ocxiladi. Kanal to'siq orqali ikkita yarim kanalga ajralgan, yuqoridagi kichikroq bo'lagidan quloq pardasini tarang qiladigan muskuli boshlanadi, pastki kattaroq bo'lagi eshituv naychasining suyak bo'lagini tashkil qiladi.
`. So'rg'ichsimon qismida so'rg'ichsimon o'siq bo'lib, u tashqi eshituv yo'li orqasida turadi. Bu o'siqqa to'sh-o'mrov so'rg'ichsimon muskuli yopishadi. So'rg'ichsimon o'siqning medial tomonida ikkita qorinchali muskul yopishadigan chu-qur o'yma bor. O'ymaga parallel ravishda (ichkari tomonida) ensa arteriyasining egati joylashgan. So'rg'ichsimon o'siqning tashqari yuzasida tekis uchburchak shaklidagi bo'lakcha bor. So'rg'ichsimon o'siqning ichki tuzilishi ko'pgina kataklardan tuzilgan bo'lib, o'rta quloq bilan qo'sxilgan. So'rg'ichsimon o'siqning miya yuzasida sigmasimon (S) egatcha bor.
Tepa suyagi bir juft bo'lib, kalla qopqog'ining o'rta qismini tashkil qiladi. Odamda bosh miyaning takomil etishi tepa suyakning ham rivojlanib kattalashishiga sabab bo'ladi. Bu suyak kalla qopqog'ining bir talay qismini tashkil qilib, bosh miyani mexanik ta'sirotlardan saqlaydi| Shuning uchun tepa suyak boshqa kalla suyaklariga nisbatan to'rt qirrali va to'rt burchakli, sirti gumbazsimon bo'rtib chiqqan plastinka shaklida tuzilganJ Uning oldingi chekkasi peshona suyagining pallasiga birlashadi, yuqori chekkasi ikkinchi tomondagi tepa suyagi­ning xuddi shunday chekkasi bilan o'rta chiziqda birlashadi. Pastki yoki palla chekkasining oldingi qismi ponasimon suyakning katta qanoti bilan, o'rta qismi chekka suyagi pallasi bilan yopilib tursa, orqa bo'lagi chakka suyagi pallasi bilan tishlash-ib birlashadi. Orqa chakkasi ensa suyagi qirrasi bilan birlashadi. Tepa suyagining yuqorida yozilgan oldingi, tepa va orqa chekkalari tishli qirrani hosil qilsa, pastki (to'rtinchi) qirrasi tashqi tomondan qiyshiq holda qirqilgan bo'lib ko'rinadi.
Tepa suyakning tashqi (qabariq) yuzasi muskul va fassiyalarning birlashishiga moslashgan bo'lib, o'rtasida tepa suyak do'mbog'i bor.
Tepa suyakning ichki botiq yuzasida arteriya egatchalari, miya qiyiqlarining izlari yaqqol ko'rinadi. Bulardan tashqari, tepa qirra bo'ylab davom etgan va so'rg'ichsimon o'siq bilan birlashadigan burchak sohasida joylashgan egatchalar bor.
Peshona suyagi bitta bo'lib, kalla qopqog'ining oldingi qismini tashkil qiladi. Peshona suyagining bu qismi sezgi a'zolari (ko'rish va hid bilish a'zolari) bilan uzviy bog'liq.
Peshona suyagi vertikal joylashgan palla qismi va gorizontal bo'lagiga ajratiladi. Gorizontal bo'lagi esa bir juft ko'z kosasi qismi va burun bo'lagidan tashkil topgan.
Pallaning ichki yuzasi o'rta chizig'ida egatcha bo'lib, pastki tomonda toq peshona qirrasini hosil qiladi. Bu qirra oldirtgi to­monda bosh miyaning qattiq pardasi yopishib turadigan ko'r teshik bilan tugaydi Pallaning miya yuzasida bulardan boshqa ar­teriya egatchalari, miya qiyiqlarining izlarini ko'rish mumkin.
Peshona suyagining ko'z kosasi qismi gorizontal joylash­gan bir juft yupqa plastinkadan iborat. Peshona suyagining, ko'z kosasi o'rtasidagi g'alvir suyagi joylashadigan o'yma bilan ajralgan. Peshona suyagining burun bo'lagida har xil shakldagi va doimo havo saqlaydigan hamda burun bo'shlig'iga ocxiladagan kovaklari bor.
Peshona suyagining pallasi boshqa suyaklarning pallasi singari tashqi tomonga bo'rtib chiqqan plastinkadan iborat bo'lib, ikkita yuzasi tafovut qiladi. Bulardan biri tashqariga qaragan qabariq yuza va ikkinchisi ichkariga, miyaga qaragan botiq yu-zadir. Peshona suyagining tashqi yuzasida bir juft peshona do'mbog'i ko'rinib turadi. Do'mboqlarning qoq o'rtasida chu­qurcha bor. Peshona suyagining pallasi ko'z kosasi qismidan bir juft ko'z kosasining ustidagi chekkasi bilan chegaralanib turadi. Undan teparoqda qosh usti ravog'i joylashgan. Lateral tomonda yonoq suyagi bilan birlashadigan o'siq bor.
G'alvir suyak yuz suyaklari orasida markaziy o'rinda, ya'ni buran bo'shlig'ining peshona suyagi o'ymasida (tepasida) joylashgan. U gorizontal joylashgan g'alvirsimon nafis plastinkasi bilan kalla suyagi tubini hosil qilishda qat-nashadi. Shuningdek g'alvfr suyak kallada ko'z kosasining medial devorini hosil qilishda ham qatnashadi. G'alvirsimon plastinkaning juda ko'p teshikchalari bo'lib, ular orqali burun bo'shlig'iga hidlash nervi tolalari o'tadi. G'alvirsimon plastinka nomi ham ana shundan kelib chiqqan. Plastinkaning qoq o'rtasida xo'roz tojiga o'xshash o'siq ko'rinib turadi. Bosh miyaning qattiq pardasi shu tojga yopishadi.
G'alvirsimon suyakning perpendikulyar plastinkasi bu­run suyaklari, dimog' suyagi hamda ponasimon suyak qirrasi bilan birlashadi va burun to'sig'ini bir qismini hosil qiladi.
G'alvir suyagida bir juft katta-kichik va har xil shakldagi g'alvir suyak kataklari bor. Kataklar lateral tomonda yupqa plastinka qog'ozsimon yoki ko'z kosasi plastinkasi bilan qoplangan bo'lib, ko'z kosasining medial devorini hosil qi­ladi. G'alvir suyagining oldinda turgan kataklari peshona suy­agi kataklari bilan, orqadagi kataklari esa ponasimon suyak katagi bilan tutashgan bo'ladi. Labirintning medial tomonlarida tepa va pastki chig'anoqlari bor. Ba'zida eng tepada joy­lashgan uchinchi burun chig'anog'i ham uchraydi.
Kallaning yuz bo'limi yuqori va pastki jag', tanglay, bu­run, pastki burun chig'anog'i, dimog', ko'z yoshi suyagi, yonoq va til osti suyaklaridan tuzilgan bo'lib, sezgi (ko'rish va hid bilish) a'zolari joylashadigan bo'shliqlar va nafas ol-ish (burun bo'shlig'i) bilan ovqat hazm qilishi tizimlarin-ing (og'iz bo'shlig'i) boshlanish qismlari joylashgan. Shuning uchun yuz suyaklari tuzilishida bir qancha xususiyatlarni kuzatish mumkin. Bu xususiyatlarga har bir suyakni ta'riflaganda batafsil to'xtalib o'tamiz.
Yuqori jag` bir juft bo'lib, ko'p vazifalarni bajaradi va birmuncha murakkab tuzilgan. Yuqori jag' ko'z kosasi, burun va og'iz bo'shliqlarini hosil qilishda ishtirok qi­ladi va chaynov apparatlari ishida faol qatnashadi. Yuqori jag'ning tanasiva to'rtta o'sig'i bor:
a) tanasining ichida havo saqlanadigan turli shakldagi kovak (Gaymor kavagi) bo'lib, burun bo'shlig'iga ocxilib turadi. Tanasidagi to'rtta yuza (oldingi, chakka osti, ko'z kosasi va burun bo'shlig'i yuzasi) tafovut qilinadi.
Oldingi yoki yuzga qaragan yuzasining pastki tomonida tish ildizlaridan paydo bo'lgan tepachalar bor, ana shu tepachalarning yuqorisida lateral tomonda «it chuqurchasi» (kuldirgich) yuzga qaragan chekkani, ko'z kosasini uning ostidagi chekkadan ajratib turadi. Ana shu chekkaning pastida joylashgan teshik orqali qon tomirlar va nerv tolalari chiqadi. Medial tomondagi chekkasi o'yma oldidagi burun qiltanog'i bilan tugaydi.
Peshona o'sig'i orqa tomonidan pastga qarab chuqur ko'z yoshi egati, ko'z yoshi suyagi va pastki chig'anoqlar bilan birga burun ko'z yoshi kanalini hosil qiladi va ko'z bo'shlig'ini burun bo'shlig'iga qo'shib turadi.
Ko'zga qaragan yuzasi tekis uchburchak shaklidagi plastinkadan iborat. Yuzaning orqa chekkasi ko'z kosasining pastidagi yorig'i bilan chegaralangan. Orqa chekkadan ariqcha boshlanadi va oldingi tomonga davom etib kanalga aylanadi, kanal kosasining pastki teshigi bo'lib yuz sohasiga ocxiladi. Qon tomirlari va nervlari chiqib tarqaladi;
b) yuqori jag'ning peshona o'sig'i peshona suyagiga qo'sxiladi.
Tishlar turadigan yoki alveolalar o'sig'ida sakkizta tishning ildizi joylashadigan kataklar bor. Tanglay o'siqlari o'zaro birlashib, qattiq tanglayni hosil qiladi.
Yonoq suyagiga birlashadigan o'sig'i yonoq suyagiga qo'sxiladi.
Tanglay suyagi bir juft bo'lib ko'z kosasi, burun bo'shlig'i, og'iz bo'shlig'i va qanot tanglay chuqurini hosil qilishda qatnashadi. Suyakning gorizontal plastinkasi orqa tomondan yuqori jag` suyagining tanglay o'sig'iga birlashib, qattiq tanglayni hosil qiladi.)Gorizontal plastinkasi qaramaqarshi tomondagi ana shu nomli plastinka bilan birlashib, burun qirrasining davomini vujudga keltiradi. Orqa tarafdagi chekkasi biroz bukilgan bo'lib, xoanalarning past­ki chekkasini hosil qiladi. Gorizontal plastinkaning laterial chekkasi vertikal plastinkaga birlashgan. Uning pastki yuzasida joylashgan katta tanglay teshigi shu nomli kanalga davom etadi.
Vertikal plastinka yuqori jag' suyagining burun yuzasiga tegib turadi va burun bo'shlig'ining yon devorini hosil qilish­da qatnashadi. Vertikal plastinkaning lateral yuzasida joylash­gan qanot tanglay egati yuqori jag' suyagiga shu nomlr egat bilan qo'sxilib kanal hosil qiladi.
Burunning pastki chig'anog'i bir juft suyak bo'lib, yupqa bukilgan plastinkadan iborat. Uning yuqori chekkasi burun bo'shlig'ining yonbosh devoriga yopishib turadi. Suyakning medial bo'rtib turgan yuzasi burun bo'shliglga turtib kirib, burunning o'rta yo'lini pastki yo'ldan ajratib turadi.
Burun suyagi. Bir juft burun suyagi burun qirrasini hosil qilib joylashgan. Burun suyaklarining yuqori qirralaritepa tomondan peshona suyagiga yopishib tursa, pastki qirralari bu­run tog'ayi bilan tutashadi. Matseratsiya qilinib tayyorlangantollada bu­run tog'aylari bo'lmaydi, Shuning uchun burun suyaklarining pastki qirralari burun teshigini tepa tomon­dan chegaralab turadi, lateral qir­ralari esa yuqori jag' suyagining pes­hona o'sig'iga tutashib turadi,
Koz yoshi suyagi. Bir juft ko'z yoshi suyagi kalla suyaklar­ining orasida eng mo'rti va yupqasidir. Bu suyak yuqori jag` suyagin­ing peshona o'sig'i orqa tomonida joylashib, ko'z kosasining medial devorini hosil qilishda qatnashadpLateral yuzadagi qirrasida joylashgan egatcha yuqori jag' suyagining peshona o'sig'idagi shu nomli egat bilan qo'sxilib, ko'z yoshi xaltasining chuqurchasini hosil qiladi.
Dimog' suyagi (vomor) noto'g'ri to'rtburchak shaklidagi yupqa plastinkadan iborat toq suyak bo'lib, burun to'sig'ini hosil qilishda qatnashadi, Suyakning oldingi chek­kasi g'alvir suyakning perpendikulyar plastinkasi bilan tutashadi. Orqa chekkasi bo'sh bo'lib, burun bo'shlig'ining orqa qismfxoanani ikkiga ajratib turadi. Dimog' suyagi ko'pincha chap tomonga sal qayrilib joylashadi.
Yonoq suyagi yuz suyaklari orasida eng qattig'i bo'lib, kallaning yuz qismini miya bo'lagiga nisbatan mustahkamlab turadi. Yonoq suyagi chaynov muskulining boshlanadigan keng sathini hosil qiladi, Bu suyak lunj va ko'zga qaragan ikkita plastinkadan iborat bo'lib, o`zaro ko'z osti qirrasi orqali qo'sxiladi. Yonoq suyagi to'rtta (yuqori, lateral, pastki va medial) o'sigi orqali peshona, chakka va yuqori jag`suyaklari bilan qo'sxilib tursa, medial o'sig'i ko'z kosasining lateral devorini hosil qilishda qatnashadi.
Pastki jag` suyagi kalla suyaklari ichida faol xarakatchanligi, ya'ni chakka suyaklariga bir juft bo'g'im hosil qilib qo'sxilishi bilan farq qiladi. Pastki jag' suyagida tishlar o'rnashgan gorizontal qism tanasi va ikkita vertikal joylashgan shoxi bor, ana shu shoxlar vositasida bo'g'im hosil qiladi va chaynov muskullari yordamida harakatlanadi.
Pastki jag' suyagining tanasi shoxlari bilan burchak hosil qilib qo'sxiladi. Pastki jag` burchagining tashqi yuzasiga chay­nov muskulining yopishishi natijasida g'adir-budur vujudga keladi, ichki yuzasida esa medial qanotsimon muskul yopishadigan g'adir-buduri bor. Ayni shu chaynov muskullarining vazifalariga va yoshga qarab pastki jag'ning burchagi o'zgarib turadi. Jumladan, yangi tug'ilgan bolalarning pastki jag' bur-chaklari taxminan 150°C bo'lsa, o'rta yoshdagi odamlarda 130-110°C gacha kamayadi. Keksalarda esa tishlari tushib keti-shi bilan chaynov muskullari birmuncha bo'shashadi. Natijada pastki jag' burchagi asta-sekin osha borib, chaqaloq bola­larning pastki jag'iga o'xshab qoladi.
Pastki jag'ning yuqori chekkasida tish katakchalari bor, Tanasining pastki chekkasi yumaloqroq va qalinroqdir. Pastki jag' tanasining oldingi yuzasining qoq o'rtasida iyak do'mboqi bo'lib, lateral yuzasi I-II kichik jag' tishlarining ostida iyak teshigi ko'rinib turadi. Bu teshikdan qon tomirlari va nervlar o'tadi. Pastki jag` tanasining ichki yuzasida til osti bezi joylashadigan chuqurcha ko'rinadi.
Pastki jag' shoxlari, tanasidan ikki tomonga o'tmas burchak hosil qilib boshlanadi. Uning ichki yuzasida pastki jag' teshigi bor, pastki jag' kanali ana shu teshikdan boshlanadi.
Pastki jag' shoxi yuqorida ikkita o'siq bilan tugaydi; bularning oldin­gi tojsimon o'sig'i chak-ka o'sig'i chakka muskulining ta'siridan vujudgakelgan bo'lsa, orqa tomondagi o'siq bo'glm o`sig`i sifatida silliq boshcha bo'lib tugaydi va chakka suyagining bo`g`im chuqurchasiga kirib turadi.
Til ostl suyagi pastki jag` bilan hiqildoq o'rtasida joylashgan, U taqa kabi bukilgan bolib, o'rta qis­mi, tanasi va katta-kichik ikki juft shoxi bor, ular tanasi bi­lan tog'ay orqali birlashadi. Faqat 50 yoshdan keyingina suyaklanib birlashadi.
Kallaning ayrim suyakiari, ayniqsa uning qopqog'ini tashkil qilgan suyaklar (chakka suyagidan boshqasi) o'zaro tishli choklar hosil qilib qo'sxiladi. Bu turlicha birlashgan suyaklarning chekkalari kungurador bo'lib, bir suyakning tishlari ikkinchi suyakning tishehalari orasidagi kamgakka kirib turadi.
Chakka suyagining tanga qismi qiyiq bo'lib, baliq tangasi yoki cherepitsa singari tepa suyagining chekkasiga yopishib, biroz yopib turadi va tangasimon chok hosil qiladi,
Kallaning yuz qismi suyakiari bir-biriga tep tekis chekka­lari bilan tfegib turib birlashadi, Ayrim choklar maxsus nom bilan yoki birlashadigan ikkala suyaklarning nomlari bilan ataladi, Masalan, peshona yonoq choki va hokazo. Bulardan tashqari, maxsus nomli choklar ham bo'ladi, Jumladan, pes-hona suyagi bilan tepa suyakiari o'rtasida tojsimon chok, tepa suyaklar bilan ensa suyagining orasida lambdasimon chok va ikkala tepa suyak orasida sagittal chok hosil qiladi.
Kalla skeletining yuz qismida tepa tomondan peshona qis­mi, bir juft ko'z kosasi va ularning o'rtasida, pastroqda joy­lashgan burun bo`shlig`ining noksimon shakldagi teshigini ko`ramiz. Burun teshigining lateral tpmonida, yuqori jag'ning oldingi yuzasida tlshlar joylashadigan o'siq va bu o'siqda joy­lashgan tishlar ko`rinadi.
Ko'z kosasining lateral devorini yonoq suyagi hosil qiladi. Bu suyak tepa tomondan peshona suyagi, va pastki tomondan yuqori jag' suyakiari bilan chok hosil qilib birlashib turadi. Yuz qismining pastki bo'lagini pastki jag` suyagi va unda joylashgan tishlar tashkil qilgan. Pastki jag` suyagi kallaning asosiga bo'g'im hosil qilib qo'sxilgan.
Pastki jag` bo'g'imi. Pastki jag' suyagining ikki tomonidagi bo`g`im o'sig'i uchidagi boshchasi bilan chakka suyaklaridagi bo`g`im chuqurchasi o'rtaslda hosil bo`lgan bo'g`im kombinatsiyalashgan bo`limlar turkumiga kiradi. Chunki o`ng va chap tomondagi bo'g'imlar ayni vaqtda birga va bir xil harakatni bajaradi.
Pastki jag` bo`g`imining bo`g`im chuqurchasi bilan bo'g'im boshchalari fibroz tolali tog`ay bilan qoplangan. Bo`g`im bo`shlig`i esa fibroz tog'ay plastinka (disk) bilan ustma-ust joylashgan ikki bo`lakka ajralgan bo'lib, disklarning chetlari bo'g'im xaltachasiga mustahkam yopishib ketganligidan bo'laklar o`zaro tutashmagan.
Disklarning ikki cheti baland, o'rtasi chuqur bo`lishi bo`g`im boshchasini chuqurchaga moslashtirib, pastki jag1 harakatini osonlashtiradi.
Pastki jag` bo'g'imi yonoq o'sig'i bilan pastki jaggning bo`yni o'rtasida tortilgan asosiy boylam, ponasimon suyak bilan pastki jag` oraliglda joylashgan boylam, ponasimon suyakning qanotsimon o`sig`i hamda pastki jag` va chakka suyagining bigizsirnon o'sig'i oralig'ida tortilgan boylamlar vositasida mustahkamlangan.
Funksiyasi: og'izning ocxilib yopilishi, pastki jag'ning oldinga va orqaga, ikki yon tomonga harakatlari sodir bo'ladi.
Ko`z kosasi bir juft bo'lib, to'rt burchakli piramidaga o'xshash bo'shliqdan iborat. Piramidaning asosi og'zi oldinga, uchi esa orqaga (miya bo'shlig'i tomonga) va medial tomonga qarab joylashgan. Ko'z kosasining medial, lateral, yuqori va pastki devorlari bor. Ko'z kosasining medial devorini yuqori jag' suyagping o'sig'i, ko'z yoshi suyagi, g'alvir suyakning lateral pfastinkasi, ponasimon suyak tanasining oldingi qismi hostf qiladi,
Lateral devori ponasinion suyakning katta qanotidagi ko'z kosasiga qaragan qismidan ya yonoq suyagidan hosil bo'lgan. Yuqori devori yold orbitning tomi peshona suyagining ko'z kosasiga qaragan qismida ponasimon suyakning kichik qanotidan vujudga kelgan. Pastki devori yoki tubi yuqori jag' va yonoq suyaklaridan tashkil topgan, bulardan tashqari, orqa tomondan tanglay suyagining o'sig'i ham kirib turadi, Ko'z kosasining uchida miya bo'shlig'iga ocxiladigan ikkita teshigi bor, ulardan bin lat­eral tomonda joylashgan ko`z kosasining tepa tomonidagi yorig'i bo'lsa, ikkinchisi medial tomonda joylashgan yumaloqroq shakldagi ko'rish kanalidir. Ko'z kosasining lateral va pastki devorlari o'rtasidagi burchakda qanot tanglay va chakka osti chuqurchalariga ocxiladigan ko'z kosasining pastki yorig'i joylash­gan. Ko'z kosasining medial devori oldingi tomonda ko'z yoshi xaltasining chuqurchasi, pastda burun ko'z yoshi kanali joylashib, burunning pastki yo'liga ocxiladi. Peshona suyagining g'alvir suyak bilan birlashgan chokida ikkita teshik ko'rinib tura­di oldingi teshik: miya bo'shlig'iga ocxiladi, orqadagi teshik: burun bo'shlig'iga ocxiladi, Ko'z kosasining pastki devorida joy­lashgan kanal yuzga ocxilib turadi.
Burun bo'shlig`iyuzning o'rtasida (markaziy qismida) joylashgan bo'lib, uni yuqoridan kalla bo'shlig'i, ikki yonidan ko'z kosalari va yuqori jag' suyagi bo'shliqlari, pastdan og'iz bo'shlig'i o'rab turadi. Burun bo'shlig'i to'siq bilan ikkiga bo'linadi. Burun to'sig'i ko'pincha chapga qiyshayib joylashadi. Burun to'sig'i g'alvir suyakning vertikal plastinkasi va dimog' suyagidan iborat bo'lib, oldingi tomonda to'siq burunning uchigacha bormasdan, tog'ay to'ldirib turadi.
Burun bo'shlig'ining lateral devori burun suyagidan yu­qori jag` suyagining tanasi va peshona o'sig'idan, ko'z yoshi suyagidan, g'alvir suyak, tanglay suyagining perpendikulyar plastinkasidan, ponasimon suyakning qanotsimon o'sig'i medial plastinkasidan va pastki burun chig'anog'idan hosil bo'ladi.
Burun bo'shlig'ining yuqori devorini g'alvir suyakning g'alvirsimon plastinkasi, ponasimon va tanglay suyaklarining ponasimon o'siqlari, qisman peshona suyagi hosil qiladi. Bu­run bo'shlig'ining tubi qattiq tanglay (yuqori jag'ning tanglay o'sig'i bilan tanglay suyakning gorizontal plastinkasi) dan vujudga kelgan.
Burun bo'shlig'ida uchta turtib chiqqan chig'anoqlar bo'shliqni uchta yo'lga bo'ladi. Uning yuqori yo'liga g'alvirsimon suyakning orqa kataklari va ponasimon suyak tanasidagi bo'shliq ocxilsa, o'rta yo'lga g'alvirsimon suyakning o'rta va oldingi havo saqlaydigan kataklari qo'sxilib turadi. Burun bo'shlig'ining pastki yo'liga peshona suyagi g'ovagi, tepa jag' g'ovagi bo'shliqlari va ko'z yoshi burun kanali ocxiladi. Bulardan tashqari, burun bo'shlig'i kallaning yuz qismiga nok-simon teshik orqali ocxilsa, orqa tomondan halqumning bu­run qismiga ikkita teshik xoanalari orqali qo'sxiladi.
Og'iz bo'shlig'idakalla skeletining boshqa bo'shliqlariga qaraganda suyak devorlari kamroq bo'lib, yuqori devorini qattiq tanglay hosil qiladi.Og'iz bo'shlig'ining ikki yonboshi va oldingi devori yuqori jag' suyaklarining alveolyar o'siqlaridan, pastki jag'ning alveolyar chekkasi bilan tanasidan va tishlardan tashkil topgan. Og'iz bo'shlig'ining tubi muskullardan tuzilgan, Og'iz bo'shlig'ining orqa tomonida tanglay suyagi gorizontal plastinkasining ikki tomonidagi katta-kichik teshikchalari ochilgan.
Chakka chuqurchasiorqa tomon va tepadan chakkaning pastki chizig'i, oldingi tomondan yonoq suyagi, pastdan ponasimon suyakning katta qanotidagi qirra yonoq ravog'i bilan chegaralanadi. Chuqurchani shu nomli chay-nov muskuli to'ldirib turadi.
Chakka suyak osti chuqurchasining oldingi chegarasini yuqori jag' va yonoq suyaklarining pastki qismlari, lateral devorchasini yonoq pastki jag' suyagi o'simtasi, yu-qoridan ponasimon suyak katta qanotining yuzasi va chakka suyagi pallasining ozgina bo'lagi tashkil qiladi. Chakka osti chu­qurchasi chakka chuqurchasi bilan faqat qirra orqali ajraladi.
Qanot-tanglay chuqurchasioldingi tomondan yuqori jag' bilan orqa tomondagi qanotsimon o'siq orasida joylashgan. Medial devorchani tanglay suyagining vertikal plas-tinkasi tashkil qiladi va burun bo'shlig'idan ajratib turadi. Laterial tomondan chuqurcha chakka osti chuqurchasiga yoriqcha orqali qo'sxiladi. Chuqurchaning pastki bo'lagi torayib, shu nomli kanalni hosil qiladi va tanglayga (og'iz bo'shlig'iga qaralsin) ocxiladi. Qanot-tanglay bo'shlig'i burun bo'shlig'i va kalla bo'shlig'i bilan bittadan teshikchalar, ko'z kosasiga, og'iz bo'shlig'iga va kallaning asosiy teshik, yoriqcha hamda kanallar orqali tutashib turadi.
Kalla skeletiga yuqoridan qaraganda tishsimon chokning bir necha turlarini, ya'ni peshona suyagi bilan tepa suyaklari orasida tojsimon, tepa suyaklari bilan ensa suyagi orasida lamb-dasimon chok, ikkita tepa suyak orasida o'rta chiziqda turgan sagittal chok ko'rinadi.
Kalla tubining sirti oldidan yuz qismi suyak­lari (pastki jag'dan boshqasi)ning pastki yuzalari hamda kallaning miya bo'limi suyaklari yig'indisidan tuzilgan. Kalla tubi oldingi tomondan yuqori jag'da joylashgan kurak tishlar bilan, orqa tomondan yuqori ensa qirrasi bilan, lateral tomondan chakka suyak osti qirrasi, so'rg'ichsimon o'siqlar bilan chegaralangan.
Kalla tubining sirti uchta (oldingi, o'rta va orqa) bo'lakka ajratib o'rganiladi. Oldingi bo'lagi yuqori jag'ning aPveolyar o'sig'i va qattiq tanglaydan tuzilgan, Qattiq tanglayning orqa tomonida alveolyar o'siqlar yaqinida (ikkala tomonida) teshikchalari ko'rinib turadi. Kalla tubi sktining o'rta bo'lagi oldingi to-monda xoana bo'lib dimog' suyagi orqali ikkita bo'lakka (xo-anaga) bo'linadi, kalla tubining orqa bo'lagida joylashgan katta teshik bor. Bulardan tashqari, piramida tanasi bilan ensa va ponasimon suyaklarning tanalari orasida noto'g'ri shaklli— «yirtiq» teshik, chakka suyagi piramidasining pastki yuzasid-agi uyqu arteriya kanalining tashqi teshigi, ovalsimon va orqa teshikchalari ko'rinib turadi. Kalla tubining tashqarisi ensa suyagidagi katta ensa teshigi—umurtqa kanaliga ocxiladi. Bu-larning ikki yonboshida birinchi bo'yin umurtqasi bilan bo'g'im hosil qilib birlashadigan bo'g'im do'mboqchalari va ularning orqalarida orqa chuqurchalari, til osti nervi kanali joylashgan. Ensa suyagi bilan chakka suyak piramidasidagi chuqurchalar qo'sxilib, bo'yinturuq teshigini hosil qiladi. Ana shu teshikda lateral tomondan yuz nervi teshigi, quloqning tashqi teshigi va turli yoriqchalar joylashgan.
Kalla tubining ichini kallani gorizontal yoki sagittal qilib kesilgandagina ko'rish mumkin. Kalla tubining ichi oldingi, o'rta va orqa chuqurchalarga ajralgan.
Kalla tubining oldingi va o'rta chuqurchalarida bosh miya yarim sharlari joylashgan, orqa chuqurchasida esa miyacha turadi.
Kallaning oldingi chuqurchasi peshona suyagining ko z kosasi qismi, g'alvir suyagining plastinkasi, ponasimon suyakning kichik qanotlari va tanasining bir qismidan tashkil topgan. Oldingi chuqurchada miya yarim sharining peshona qismi joylashadi. G'alvir suyakning plastinka qismi chuqur-roq bo'lib,unda xid bilish, nerv tarmoqlarining burun bo'shlig'iga o'tadigan teshikchalari bor. Kallaning o'rta chuqurchasi oldingi chuqurchadan xiyla chuqur bo'lib, o'rta qismi ponasimon suyagidagi turk egar-chasi bilan ikkita bo'lakka ajralgan. Unda miya yarim sharining chakka qismlari joylashadi. O'rta chuqurcha ponasimon suyakn-ing tanasi va katta qanotlaridan, piramidaning oldingi yuzasi-dan va chakka suyagining palla qismidan tuzilgan. Turk egarchasining old tomonida joylashgan ariqcha ikkala tomonda ko'rish kanallariga boradi. Kallaning o'rta chuqurchasida ko'z kosasining yuqori yoriqchasi, dumaloq, ovalsimon, yirtiqsimon va orqa teshiklari joylashgan. O'rta chuqurchaning orqa chegarasi piramidaning yuqori chekkasi bilan turk egarining suyanchig'idan hosil bo'lgan,
Kallaning orqa chuqurchasi yuqorida qayt qilingan ikkala chuqurchaga nisbatan chuqur va kengroq bo'lib, ensa suyagi, chakka suyagi piramidasining orqa yuzasi, ponasimon suyak tanasining orqa bo'lagi va tepa suyagining orqadagi pastki bur-chagidan tashkil topgan, Orqa chuqurchada katta teshik, til osti nervi kanali, bo'yinturuq teshigi va piramidaning orqa yuzasida joylashgan quloqning ichki teshiklari ko'rinadi.
Odam kallasi embrion taraqqiyotining boshlanish davrida orqa torining yuqori uchidan rivojlanadi. Bu paytda bosh miya mezenxima pardasi bilan o'ralib, parda kalla yoki biriktiru-vchi to'qimadan tuzilgan kallani paydo qiladi.
Ona qornidagi hayotning ikkinchi oyida mezenxima pardasi (hujayralari) tog'ay to'qimaga aylana boshlaydi. Tog'ay to'qimasining plastinkalari xordaning oldingi uchiga yaqin joyida va uning ikkala tomonidan hosil bo'ladi. Bular asta-sekin qo'sxilib, xordani o'z ichiga oladi va kallaning tog'ay negizini vujudga keltiradi. Tog'ay plastinkalarida bosh miya nervlarining chiqib ketishi uchun teshiklar bo'ladi. Tog'ay faqat kallaning tubida takomil etadi, kalla qopqog'i esa faqat biriktiruvchi to'qima pardasi bilan qoplangan.
Taraqqiyotning uchinchi oyi birinchi yarmida tog'ay kalla yaxshi rivojlanadi: bu vaqtda hidlash organizmning kapsulasi, ko'rish a'zolari turadigan chuqurchalar, eshituv a'zolari ka-psulalari va ensa sohalari aniq tafovut qilinadi. Bular hamma-si o'zaro birlashib, yaxlit kallani hosil qiladi. Kallaning yuz qismi esa jabra yoki 5 juft visseral ravoqlardan rivojlanadi. Ulardan birinchi jufti pastki jag' ravog'i bo'lsa, ikkinchisi til osti ravog'idir. Qolgan uchinchi, to'rtinchi va beshinchi juft-lari jabra ravoqlari nomi bilan ataladi.
Pastki jag' ravog'idan keyinchalik yuqori va pastki jag', o'rta quloq suyaklari (bolg'acha, sandon, uzangi) rivojlanadi. Til osti suyagi tanasining bir qismi (kichik shoxchalar bilan) uchinchi visseral ravoqdan, tanasining qolgan qismi va katta shoxchalar, qolgan to'rtinchi hamda beshinchi jabra ravoqlaridan hiqildoq tog'aylari (kallaga aloqasi yo'q) rivojlanadi.
Yangi tug'ilgan bola kallasining miya bo'limi yuz bo'limiga qaraganda kattaroq bo'ladi. Kalla tubi kalla qopqog'iga nisba­tan kechroq takomil etadi, ko'z kosalari kattaroq bo'ladi.
Yangi tug'ilgan bolalarda dastlab suyaklanish nuqtalari bir-biridan keng biriktiruvchi to'qima plastinkalari bilan ajratilgan bo'lib uzoq saqlanadi. Suyaklangan kalla qopqog'ining ushbu sohalari parda bilan qoplangan va suyaklanmagan bo'lib, ko`pincha choklar o'zaro kesishgan qismlardagina kuzatladi, Kalla qopqog'ining ana shunday yumshoq (suyaklanmagan) joylarini liqildoq nomi bilan ataladi, Yangi tug'ilgan bola kallasida quyidagi liqildoqlar bo'ladi,
1. Romb shaklidagi peshona liqildog'i (uzunligi 3,5 sm gacha, ko'ndalang o'lchami taxminan 2,5 sm) bola ikki yoshga to'lganda suyaklanib yopiladi.
2. Uchburchak shaklidagi ensa liqildog'i bolaning ikki oylig-ida bekilib ketadi.
3. Yon liqildoqlar to'rtta bo'lib, kallaning har bir yonida, bir juftdan uchraydi va bolaning 2-3 oyligida suyaklanib bitadi.
Yangi tug'ilgan bolalarning kallasida hali choklar bo'lmaydi. Kalla tubi suyaklarida esa tog'ay plastinkalari bo'ladi. Chaynov funksiyasi yangi tug'ilgan bolalarda yaxshi rivojlanmaganidan jag' suyaklari unchali takomillashmagan, pastki jag' esa ikki bo'lakdan iborat bo'lib, orasida tog'ay plastinkasi uchraydi. Jag' suyaklarining al'veolyar o'siqlari bo'lmaydi.
Bola kallasining tug'ilganidan keyingi rivoji 3 ta davrga bo'linadi: birinchi o'sish davri-bola tug'ilgandan keyin yetti yoshgacha bo'lib, bu davrda kallaning ensa qismi o'sib ketadi.
Ikkinchi o'sish davri yetti yoshdan to balog'atga yetguncha (14-16 yoshgacha) davom etadi va kalla bir qadar sekin pasayadi.
Kallaning uchinchi o'sish davri balog'atga yetgan vaqt-dan gavdaning umumiy suyaklanish davri tamom bo'lishigacha (20-25 yoshgacha) bo'lib, bu vaqtda kallaning old qismi juda tez o'sadi.
Kalla skeleti organizmda muhim vazifani bajaradigan markaziy nerv tizimiga, sezgi a'zolariga, hazm va nafas olish tizimiga bog'liq holda joylashgan, Har bir individumning kalla suyagi sinchiklab tekshirilsa, ularning tuzilishida o'ziga xos turli xususiyatlar borligini ko'ramiz.
Antropologiya fani kalla skeleti qopqog'ning shakli va hajmiga qarab uch xil kallaga ajratgan,
1.Kalta kalla - braxisefal. 2.O'rtacha kalla — mezosefal. 3.Uzun kalla-dolixosefa1.
Kalla yuqorida ko'rsatilgandek turli shaklda boHib, ya'ni hajmlari bir xil bo'lmasligini hisobga olib chet el olimlari (kallaning hajmiga qarab) «oliy» va «past» turdagi kallanitafovut qiladilar, Bu «nazariya»ga qaraganda kalta kallalik odam-lar «past irqqa mansub», uzun kallalik odamlar esa «oliy» tabaqadagi odamlar hisoblanadi,
Kalla turlari to'g`risidagi nazariyani ikkinchi jahon urushi boshlanishi oldidan nemis fbhistlari ham keng qo'llaganlar, Ular­ning sohta «ilmiy» tushunchalariga ko'ra dolixosefal kallalar, ya'ni nemislar biologik belgilar bilan boshqa hamma millatlardan yu-qori turishi va dunyoda hukmron bo`lmog'i lozim emish, Lekin odamlar o'rtasidagi irqiy belgilarni to'g'ri talqin etish uchun: awalo «irq» bilan «millat» to'g'risidagi tushunchaning farqini aniqlab olish lozim. Irq ma'lum bir xududda yashaydigan bir turkum odamlardagi morfologik belgilarning nasldan-naslga o'tishi natijasida kelib chiqqan tabiry-tarixiy kategoriya, tabaqa hisobla­nadi, Hoziigi zamon odamlari o'rtasidagi irqlarning turli davrda kelib chiqishiga qaramasdan hamma xalqlar biologik, morfologik va fiziologik bir xil bab-baravar ossmoqda, Irqlarning turli davrda kelib chiqishi ulaming yashab tugan sharoitiga, taraqqiyotiga bpg'liq ekanligini e'tiborga olish lozim, ammo kun sayin xalqlarning o`zaro ajoqalari kengayib borishi turli irqlaming bir-biri bilan o'zaro nikohlashuvi va aralashib yashashi irqiy farqlaming asta-sekin yo'qolib borishiga sabab boladi. Shunday qilib, fan irqni «oliy» va «past» tabaqalarga ajratadigan hech qanday ilmiy materiallar yo'qligini isbptlab berdi. Millat - ijtimoiy kategoriya (turkum) urf-odatlar birligi majmuasidir. Shuning uchun biologik alomatlaiga (irqqa) qarab siyosiy huquqni, ya'ni ijtimoiy ustunlikni isbotlashga urinish haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Buni anatomiya dalillari bilan osongina isbot qilish qiyin emas. Jumladan, sobiq ittifoq va chet el olimlarining tekshirishlariga qaraganda, uzun kallali odamlami hoziigi paytda hamma irqlarda uchratish mumkin. Barcha millatlar orasida turli xil (kalta, uzun) kallaning bolishi ulaming o'zaro yaqin ekanligi, kelib chiqishi bir xil, ya'ni kromanson avlodidan ekanligidan dalolat beradi.



Yüklə 125,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin