1 – mavzu: Kirish. Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi fanining predmeti, vazifalari va manbalari reja



Yüklə 228,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix11.09.2023
ölçüsü228,09 Kb.
#142638
1   2
ATE va S ma\'ruza 1

“O’zKoramKo” - oldi va orqa bamperlar, asbob panellari, Neksiya uchun 
zarba kuchini 
yutuvchi qurilmalar, ayrim plastmassa qismlari; 
“O’zTong XongKo” - barcha avtomobillar uchun o’rindiqlar; 
«O’zDong YangKo» - eshiklar va kuzovning qoplovchi qismlar (obshivka, polik va 
x.k.); “O’zsem YungKo” – benzobaklar, kuzovning yirik panellari; 
“O’zDongjuKo”- barcha turdagi avtomobil lok-bo’yoqlari, germetik materiallar 
va x.k.; “O’zDongVonKo”- barcha turdagi glushitellar va zarbaga qarshi 
eshiklarga qo’yiladigan 
balkalar; 
“O’zKojeKo” – barcha turdagi elektr simlari. 
Bu korxonalarning beshtasi Andijon, “O’zDongVonKo” Asaka, “O’zKojeKo” esa 
Xonobod shaharlarida joylashgan. 
Asaka avtomobil zavodida ham dastlabki butlovchi va ehtiyot qismlarning 15% 
mahalliy korxonalarda tayyorlangan bo’lsa, 1999 yilga kelib bu ko’rsatkich 55%ga 
etdi. 
1998 yilda «O’zavtosanoat» uyushmasi Xalqaro avtotransport ishlab chiqaruvchi 
korxonalar tashkilotlariga a’zo etib qabul qilindi. 



Avtozavodlarning ko’plab dilerlari respublika ichida ham, undan tashqarida ham 
faol ishlamokdalar. «O’zavtotexxizmat» aksiyadorlik birlashmasi va «O’zbek-
Lada» assotsiatsiyasi shular jumlasidandir. Avtomobillarning yangi modellarini 
yaratish maqsadida katta loyihalar ustida ishlar olib borilmoqda. 
2000-yil boshida sifatni standartlash bo’yicha xalqaro tashkilot (ISO-
BMTning tashkiloti; 1946-yilda tuzilgan) «O’zDEUavto» kompaniyasida ishlab 
chiqarilayotgan avtomobillarga xalqaro sifat talablariga muvofiqlik sertifikatini 
berdi. 
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligiga 2002-yil 1- sentabrdan 
boshlab yangi turdagi MATIZ avtomobillari ishlab chiqarila boshlandi. 
Transportga bo’lgan talablarni qondirish maqsadida xorijdan maxsus 
avtomobillar keltirish va ulardan foydalanish keng yo’lga qo’yildi, shu jumladan 
tog’-metallurgiya sanoatida o’ta og’ir yuk ko’taruvchi (75-200 t) Katerpiller 754, 
Yuklid 200 avtomobillari, sanoat va qurilishda og’ir yuk ko’taruvchi (8-39 t) 
"DEU" avtomobillari, shahar transportida o’rta va katta sig’imli Mersedes-Bens O-
405 va DEU VS-106 avtobuslari, kommunal ho’jalikda ixtisoslashtirilgan "DEU" 
avtomobillari, yo’lovchi tashishda va shaxsiy transport sifatida "Dogan", "Audi", 
"Toyota", "Ford", “Mersedes- Bens”, “Opel” va boshqa rusumli engil avtomobillar 
shular jumlasidandir. Xullas, keyingi o’n yil davomida Respublikamiz 
avtomobil parkining tarkibi keskin o’zgardi, unda engil avtomobillar qatorida 
“UZDEU” markalari etakchi o’rinda tursada (50% dan ortiq), hozirgi paytda 
Evropa, AQSh, Yaponiya mamlakatlarining yuqorida ko’rsatib o’tilgan mashhur 
avtomobilsoz kompaniyalari ishlab chiqarilgan barcha turdagi avtomobillar 
salmog’i o’sib bormoqda. Bu avtomobillarning yuqori texnik imkoniyatlaridan 
to’la foydalanish, ularning qulay va samarali ishlashlarini ta’minnlash uchun ularga 
o’ziga monand, yuqori yuqori saviyadagi avtoservis xizmati tashkil etilishi zarur. 
Buning uchun esa mamlakatimizdagi avtoservis korxonalari tarmog’ini 
yanada kengaytirish, ularning ishlab chiqarish texnika bazasini mustaxkamlash, 
servis xizmati turlarini ko’paytirish, xizmat sifati va madaniyatini yaxshilash 
masalalarini xal etish talab etiladi. Taobiiyki sohaning bu muammolarini echishda 
yuqori malakali mutaxassis kadrlar asosiy, etakchi kuch bo’lib xizmat qiladilar. 
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan va chetdan keltirilayotgan 
avtomobillarning salmog’i ko’payishi bilan avtomobillar servisi sohasining 
ahamiyati yanada oshib bormoqda. 
2
.Avtomobillarni texnik ekspluatatsiyasi avtomobil transportining asosiy 
tizimlaridan biri hisoblanadi va Respublika transport tizimida etakchi o’rinlardan 
birini egallaydi. Avtomobilning ekspluatatsion ishonchliligi, TXK va JT 
harajatlarini kamaytirish, turib qolishini kamaytirish, yuk tashishni samarali 
bajarish va tashish tannarxini kamaytirish, ekologiyaga zarar etkazmaslik, 
harakatdagi qismni texnik ekspluatatsiyasining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 
Bu muammolarni hal etish uchun avtomobil va uning agregatlarini har xil omillar 
ta’sirida texnik holatini o’zgarib borishi qonunlarini o’rganish zarur. Bu qonunlarni 
o’rganish, avtomobilni texnik tayyor holatda saqlab turish usullarini ishlab chiqish 
va qo’llash imkonini beradi. Bu usullar matematik statistika, ehtimollar nazariyasi, 
ishonchlilik nazariyasi, diagnostika va boshqa fanlarga asoslanadi. 



«Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi» fani o’z ichiga "Avtomobillarga 
texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash texnologiyasi asoslari", 
avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va uni ta’mirlash texnologiyasi, maxsus 
sharoitlarda avtomobillardan texnik foydalanish, maxsuslashtirilgan harakatdagi 
qismga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlashning o’ziga xos hususiyatlari, 
karer avtomobil-samosvallarning texnik ekspluatatsiyasi va avtomobil transportini 
atrof muhitga ta’siri xamda ATK va TXKS larni texnologik loyihalash va ularning 
ishlab chiqarish texnik negizini rivojlantirish bo’limlarini oladi. 
Fanning 
o’qitishdan 
maqsad 
mutaxassisga 
avtomobillar 
texnik 
ekspluatatsiyasi sohasida avtomobillar ishchanligini yuqori darajada saqlashni, 
texnik holatini tiklashni ta’minnlaydigan texnik xizmat ko’rsatish va joriy 
ta’mirlash, transport vositalarining barcha turlarini mintaqamiz sharoitida 
ishlatishning o’ziga xos hususiyatlari, ularning atrof muhitga ta’sirini kamaytirish 
yo’llarini o’rganish bo’yicha ilmiy va amaliy bilimlar berish unda fanga, o’z 
kasbiga qiziqishini orttirishni shakllantirishdir. 
Oliy ta’lim davlat standartiga asosan talabalar mazkur fan bo’yicha avtomobillar 
texnik ekspluatatsiyasi istiqbollari, texnik xizmat va ta’mirlashda yangi 
texnologiyalar joriy qilish yo’nalishlari, avtomobil ishchanligini ta’minnlash, 
texnik holatini tiklash tadbirlari, mintaqamiz tabiiy iqlim va transport sharoitlari, 
xalq 
xo’jaligida 
ishlatilayotgan 
transport 
vositalari, 
shu 
jumladan 
maxsuslashtirilgan, karerlarda ishlaydigan texnologik transportni ekspluatatsiyasi, 
avtomobillar texnik holatini aniqlash va ularni tiklash asoslari, texnik xizmat va 
joriy ta’mir ishlarini bajarishda qo’llaniladigan jihoz va qurilmalardan foydalanish, 
har xil tabiiy iqlim sharoitida avtomobillarni texnik ekspluatatsiyasini o’ziga xos 
hususiyatlari, atrof muhitga avtomobil transportining zararli ta’sirini kamaytirish, 
avtomobil agregatlari va tizimlari nosozliklarini aniqlash, ularni sozlash va ish 
qobiliyatini tiklash, yangi avtotexnika va texnologiyalarni o’zlashtirish, 
dvigatellarni past haroratda o’t olishini osonlashtirish, avtomobillarni qishda 
saqlash usullarini tanlash va asoslash, karbyuratorli va dizelli dvigatellarni chiqindi 
gazlarning zararli ta’sirini kamaytirish kabi masalalar bo’yicha tushunchaga ega 
bo’lishi, bilishi va ko’nikma hosil qilishi zarur. 
Avtomobillarni texnik holatini boshqarish muammosini hal etishda, ularga 
TXK va JT ning rejaviy ogohlantirish va firma usulida xizmat ko’rsatish asosiy 
o’rin tutadi. Undan tashqari avtomobillarga TXK va JT texnologik jarayonlarini 
rivojlantirish, ishchi postlarni zamonaviy jihozlash, ishlab chiqarishni ilmiy asosda 
tashkil etish, hamda mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash qo’llash yuqoridagi 
muammoni hal etishga imkon yaratadi. 
Moddiy texnik ta’minnot va me’yorlashni ilmiy asoslash o’z ichiga tashish, 
tarqatish, ekspluatatsion materiallar, ehtiyot qismlar, agregatlar sarfini me’yor va 
iqtisod qilish, avtomobil parkini kam harajatlar sarflab ushlab turishga imkon 
beradi. 
Avtomobillarni ishdan so’ng saqlash, saqlash usullari va anjomlaridan 
unumli foydalanish, hamda saqlashni tashkil etish, uni saqlanuvchanligini 
oshirishga va o’z vaqtida ishga tayyorlashga imkon beradi. 
Avtomobilning nosozliklarini bartaraf etishning va oldini olishning asosiy usullari, 



unga o’z vaqtida texnik xizmat ko’rsatish (TXK) va joriy ta’mirlash(JT)dan 
iboratdir. 
Avtomobillarga TXK va JT ishlari avtotransport korxonalari (ATK)da va 
texnik xizmat ko’rsatish stansiyalari(TXKS)da bajariladi. 
Avtomobillarni texnik ekspluatatsiyasining asosiy vazifalaridan yana biri ishlab 
chiqarish texnik bazasini loyihalashni rivojlantirish, ya’ni avtomomobillarni texnik 
tayyor holda saqlab turish uchun kerakli ATK, garajlar va TXKS larini tashkil 
etishdan iborat. 
Avtomobillarga TXK va JT ishlarini o’tkazish, ATK va TXKS ishchi 
xizmatchilarining amalga oshirishi kerak bo’lgan asosiy maqsadi bo’libgina 
qolmay, 
balki, 
avtomobillarning 
ishonchliligini 
oshirishdagi 
tadbirlarga 
sarflanadigan mablag’ va tashish tannarxini kamaytirishni ham ko’zda tutuvchi 
omil hisoblanadi. 
Avtomobilda atrof muhitni zararlantiruvchi 3 xil manbaani bo’lib, ular: chiqindi 
gazlar, karter gazlari va yonilg’i parlanishi natijasida hosil bo’ladigan zararli 
moddalar hisoblanadi. Barcha avtotransport korxonalarida atrof muhitni 
zararlantiruvchi mahsulotlarni kamaytirish ustida amaliy va ilmiy tadqiqot ishlari 
olib borilishi zarur. 
Qaytarish uchun savollar: 
1.Respublikada avtomobil sanoati va transportini rivojlanish istiqbollari. 
2.Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi fanining asosiy bo’limlari va ularning izohi. 
Tayanch iboralar 
O’zbekiston Respublikasida avtomobil sanoati taraqqiyoti 
UzDEU avtomobillaridan foydalanish 
Samkochavto avtomobillari foydalanish 
Boshqa turdagi xorijiy avtomobillardan foydalanish 
Ixtisoslashtirilgan xorijiy avtomobillardan foydalanish 
TVTE fani nimani o’rgatadi 
TVTE fani bo’limlari 

Yüklə 228,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin