1
1
–
MAVZU: Kirish. Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi fanining predmeti,
vazifalari va manbalari
REJA:
1.
Respublikada avtomobil sanoati va transportini rivojlanishi.
2."Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi" fani nimani o’rgatadi.
Respublikamiz 1991 -yil mustaqillikka erishgach, mamlakat iqtisodiyotini isloh
rejasini ishlab chiqish davrida, avtomobil transporti va avtomobilsozlik sanoatini
rivojlantirish muhim masalalardan biri deb qaraldi. Shu sababli mustaqillikning dastlabki
yillaridayoq Respublika Hukumati shaxsan Respublikaning birinchi Prezidenti
tashabbusi va rahbarligida respublikada avtomobil sanoatini tashkil qilish va
rivojlantirish bo’yicha qarorlar qabul qilindi va bu qarorlar amalga oshirila borib
1996 yilda respublika avtomobil sanoati o’zining birinchi mahsulotlarini bozorga
chiqardi. Shu bilan birga mamlakatimiz oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida
avtomobilsozlik uchun mutaxassislar tayyorlana boshlandi.
Mamlakatimiz
avtomobil
transportidi
o’tkazilgan islahatlar natijasida
Respublika avtomobil parkining bo’linishi sababli avtomobillarga muttasil ravishda
texnik xizmat ko’rsatuvchi, ta’mirlovchi, yonilg’i-moy, ehtiyot qismlar va boshqa
avtomateriallar bilan ta’minnlovchi hammabop, servis usulida ishlovchi mustaqil
korxonalar xizmatiga talablar keskin oshib ketdi. Chunki yangi shakllangan
avtotransport egalarining ko’pchiligi o’z texnik ta’minnlash bazasiga ega emas,
buning uchun esa maxsus xizmat ko’rsatishga ixtisoslashgan avtoservis korxonalar
xizmatidan foydalanishi zarur va maqsadga muvofiq edi. Avvallari faqat aholi
avtomobillariga texnik xizmat ko’rsatib turgan maxsus avtoservis korxonalarining
tarmog’i, soni va ishlab chiqarish quvvatini oshirishga katta ehtiyoj tug’ildi.
Avtoservisning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati mamlakatimiz avtomobillari
uchun ulkan
bo’lib, uning xizmatidan yil davomida mamlakat avtomobil parkining asosiy qismi
muntazam foydalanadi.
Bu borada Respublika Hukumati 1993 yildayoq Janubiy Koreyaning "DEU"
kompaniyasi bilan shartnoma tuzib, Asaka shaxrida o’rta hajmli NEXIA, kichik
hajmdagi TICO va DAMAS avtomobillari ishlab chiqarishga mo’ljallangan
"UzDEUavto" avtomobil zavodini, Samarqand shahrida O’zbekiston-Turkiya
qo’shma korxonasi "SamKochAvto" zavodida kichik turkumdagi O’ZOTAYO’L
avtobuslarini va ixtisoslashgan yuk avtomobillarini hamda uning agregatlarini
ishlab chiqarishga mo’ljallangan korxonalar barpo etdi.
Markaziy Osiyoda avtobus va yuk tashuvchi avtomobillarga talab
yuqoriligidan hukumat qarori bilan loyihaviy quvvati yiliga 5 ming avtomobil
(ulardan 4 mingtasi avtobus, 1 mingtasi yuk avtomobillari) ishlab chiqarishga
mo’ljallangan zavod "SamKochavto" o’zbek-turk qushma korxonasi 1999 yilning
mart oyida ishga tushirildi. O’zbekiston mustaqilligining 10 yilligiga sovg’a
sifatida zavod 8 tonna yuk ko’tarishga qodir yangi yuk avtomobilini ishlab
chiqarishni yo’lga qo’yildi va bu zavod 2006 yilda Yaponiyaning “ISUZU Motors
limited” kompaniyasi bilan texnik hamkorlik sharnomasini tuzib, unga asosan
avtobus va kichik yuk mashinalarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi va shu
2
yilning o’zida 1500 ta turli toifadagi avtomobil ishlab chiqardi. Ustuvor loyihada
esa, bu miqdorni yiliga 4 ming donaga etkazish ko’zda tutilgan.
"UzDEUAvto" XJ - bu Markaziy Osiyodagi birinchi avtomobil ishlab chiqarish
kompaniyasidir. Korxona ishlab chiqarishining texnik va texnologik saloxiyati
yuqori jahon standartlari talablariga javob bera oladi. Mazkur qo’shma
korxonaning qisqa muddat ichida butun O’zbekiston mashinasozlik sanoatining
rivojlanishidagi etakchi omil hisoblanishi bejiz emas.
“UzDEUAvto” XJ ga 1993 yil mart oyida asos solingan. XJ taosischilari bu
Janubiy Koreya Respublikasi tomonidan DAEWOO korporatsiyasi, O’zbekiston
tomonidan esa "Uzavtosanoat" DXJ bo’lgan edi. Korxonaning qurilish-montaj
ishlari 1994 yil aprel oyida boshlanib, 1995 yil dekabr oyida tugadi va birinchi
avtomobil(DAMAS) 1996 yil 25 mart oyida ishlab chiqarildi. Zavodning rasmiy
ochilishi-1996 yil 19 iyulda bo’lib o’tdi va shu yilning o’zida 25344 ta
avtomobillar ishlab chiqarildi.
“UzDEUAvto” kompaniyasi 1996-2003 yillar davomida 350 mingga yaqin
avtomobillar ishlab chiqargan, shulardan 48,7% Neksiya, 24,4% Tiko, 22,5%
DAMAS va 4,4% MATIZ larni tashkil etgan.
Asaka shahrida "UZ-DAEWOO" zavodining qurilishi bilan O’zbekiston
dunyodagi o’z avtomobil sanoatiga ega bo’lgan 28-davlatga aylandi va bu
korxona 2006 yilda 141 080 ta (74089 ta Nexia, 49375 ta Matis, 1573 ta Damas va
885 ta Lasetti) engil avtomobillar ishlab chiqardi va korxona to’la “O’zavtosanoat”
kompaniyasi tasarrufiga o’tdi.
Respublika
avtomobillar
uchun
butlovchi
qismlar
ishlab
chiqarishni
mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish maqsadida o’nlab qo’shma korxonalar
tashkil etildi. Bunday qo’shma korxonalar Andijon, Namangan, Farg’ona va
boshqa viloyatlarda tashkil qilindi. Bular Janubiy Koreyalik sheriklar ishtirokida
tashkil etilgan zavodlar:
Dostları ilə paylaş: |