1- mavzu: Kompyuter kommunikasiyalari: kommunikasion kanal va aloqa prosessori, axborot uzatish muhiti


Markazlashtirilmagan murojaat qilish



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə8/29
tarix07.12.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#72822
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
nj,knjk,

Markazlashtirilmagan murojaat qilish tarmoqning barcha ishchi stanciyalari tomonidan bajarishga qabul qilingan bayonnomalar asosida, markaz tomonidan biror-bir boshqaruvchi ta’sirlarsiz ishlaydi.
Determinirlangan murojaat qilish monokanalning eng to’liq ishlatilishini ta’minlaydi va har bir ishchi stanciyaga aniq bir vaqt ichida monokanalga murojaat qilishga kafolat beradigan bayonnomalar bilan tasvirlab chiqiladi.
Tasodifiy murojaat qilishda stanciyalarning monokanalga murojaat qilishi istalgan vaqtda bajarilishi mumkin, lekin har bir shunday murojaat qilishda ma’lumotlarni samarali uzatishni amalga oshirish imkoniyatiga kafolat yo’qdir.
Markazlashtirilgan murojaat qilishda har bir mijoz monokanalga quyidagi tartibda murojaat qilish huquqiga ega bo’lishi mumkin:
• oldindan tuzilgan jadval bo’yicha — kanal vaqtini statik bo’lib chiqish;
• elektron kommutator bilan beriladigan aniqlangan vaqt oraliqlari (masalan, har 15 sekundda) orqali qatiy pakt bo’yincha kommutaciyalash — kanal vaqtini dinamik determinirlashgan bo’lib chiqish;
• tarmoq markazidan ishchi stanciyalarining, murojaat qilishning kerakligini aniqlash borasidagi so’rovini bajarish jarayonidagi amalga oshiriladigan moslashuvchan vaqt bo’yicha kommutaciyasi bo’yincha — kanal vaqtini dinamik soxta tasodifiy bo’lib chiqish;
• maxsus paket — marker ko’rinishidagi vakolatni olganda.
Birinchi ikki usul kanalning samarali yuklanishini ta’ninlamaydi, negaki murojaat qilish mumkin bo’lganda ba’zi bir mijozlar qiymatlarni uzatishga tayyor bo’lmasliklari mumkin va kanal ular uchun ajratilgan vaqt oraliqda bo’sh turib qoladi.
Suroqlash usuli boshqarish markazi aniq ifodalangan tarmoqlarda va ba’zida ajratilgan abonentlik aloqa kanalli tarmoqlarda (masalan, radial topologiyali tarmoqlarda markaziy server resurslariga murojaat qilishni ta’minlash uchun) ishlatiladi.
Vakolatni uzatish usuli markaz deb ataladigan (ba’zida «estafeta tayokchasi») paketni ishlatadi.
Marker — aniq bir formatli xizmat paketa bo’lib, unga tarmoq mijozlari o’zlarining ma’lumot paketlarini joylashtirishlari mumkin. Markerning bir ishchi stanciyadan boshqasiga uzatish ketma-ketligi server (boshqaruvchi stanciya) tomonidan beriladi. Uzatish uchun ma’lumotga ega bo’lgan ishchi stanciya mar-kerning bo’shligini tahlil qiladi. Agar marker bo’sh bo’lsa, stanciya unga punktlari ma’lumotlari paketini (paketlarini) joylashtiradi, unda bandlik belgisi o’rnatiladi va markerni yana tarmoq bo’yicha uzatadi. Axborot yuborilgan stanciya (paketda albatta adresli qism bo’ladi) uni qabul qiladi, bandlik belgisini tashlab yuboradi va markerni yana uzatib yuboradi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin