Nima qilmoq kerak? Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarda jismoniy ta’lim berish jarayonida bolalarni yosh xususityalari va yakka imkoniyatlariga, ko‘ruv organining buzilish xarakteri va klinik shakllariga, rivojlanishning nuqsonlariga katta e’tibor bermoq zarur.
Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarda jismoniy tarbiya berish tizimiga quyidagilar kiradi:
1) Jismoniy sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar (kundalik faoliyat davomida), (ertalabki gimnastika, ayr o‘yinlari va boshqalar);
2) Maxsus jismoniy tarbiyani mashg‘ulotlari (majburiy);
3) Guruhdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari (sport seksiyalari, oylik sport kuni bayrami).
KNB bolalarning barchasi o‘z kasalliklarini klinik shakliga, qobiliyatidan qat’iy nazar quyidagicha mashqlarni bajaradilar:
- sarflanish va qayta sarflanish;
- predmetli va predmetsiz umum rivojlantiruvchi mashqlar;
- ko‘krakni to‘g‘ri shakllantiruvchi mashqlar;
- mufozanatni saqlash uchun mashqlar;
- ritmik mashqlar;
- bir maromda yugurish va yurish mashqlari;
- emaklash mashqlari;
- kichik hajmli to‘plarni otish;
Yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya va mashg‘ulotlar davomida qo‘llanilgan korreksion va kompensator ishlar ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarning funksional ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |