1-§. Xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risida tushuncha



Yüklə 411,13 Kb.
səhifə4/50
tarix28.12.2023
ölçüsü411,13 Kb.
#201041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Buxgalteriya lit-hozir.org

Ikkinchi operatsiya. H isobdor shaxs X. Isoqov tomonidan 5800 so‘mlik materiallar naqd pulga olindi va korxona omboriga topshirildi. Ikkinchi operatsiyaga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi.
Debet „Materiallar“ schoti—5800 so‘m.
Kredit „Xodimga beriladigan bo‘naklar“ schoti — 5800 so‘m.

Uchinchi operatsiya. H isobdor shaxs Isoqov X. tomonidan ishlatilmay qolgan 200 so‘m kassaga qaytarildi (6000—5800=200 so‘m). Uchinchi operatsiyaga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi.
Debet „Kassa“ schoti — 200 so‘m.
Kredit „Xodimga berilgan bo‘naklar“ schoti — 200 so‘m.
Korxona kassasidan hisobdor shaxslarga berilgan pul bo‘yicha har bir hisobdor shaxs buxgalteriyaga hisobot beradi. Hisobotda kassadan olingan pul mablag‘ining sarf qilinishi tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanganligi ko‘rsatiladi.
Korxonada ishlab chiqarish jarayonini bir me’yorda tashkil qilish bevosita ta’minot jarayonida yaratiladi. Тa’minot jarayonida materiallar harakatini to‘g‘ri tashkil qilish alohida ahamiyatlidir.
Buxgalteriya hisobida materiallar harakati aktiv „Materiallar“ schotida olib boriladi. „Materiallar“ schotining debetida omborga tegishli hujjatlar asosida kirimga boriladi. „Materiallar“ schotining debetida omborga tegishli hujjatlar asosida kirimga qabul qilingan materiallar, xomashyo, yarimtayyor mahsulotlar va hokazolar ko‘rsatiladi, kreditida esa ombordan tegishli hujjatlarga asosan chiqim qilingan materiallar ko‘rsatiladi. Omborga kirim va chiqim qilingan xomashyo va materiallarning harakati moddiy javobgar shaxs — ombor mudirining hisobotida o‘z ifodasini topadi. Hisobot tuzish uchun asos bo‘lib, ombordagi materiallarning kirim va chiqimini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
Materiallar schoti yordamida ishlab chiqarish rejasini bajarish imkoniyatlari o‘rganiladi. Bu schotda xomashyo va materiallarning harakati kelishilgan shartnoma, ya’ni sotib olish baholarida hisob-kitob qilinadi.
M ol yetkazib beruvchilardan olingan materiallar summasiga debet „Materiallar“ schoti, kredit „Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar“ schoti deb yozuv beriladi.
Omborga qabul qilingan material-xomashyolarning to‘liqligini ta’minlashda moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari birlamchi asos sifatida qabul qilinsa, ikkinchidan, buxgalteriya hisobining tegishli schotlarida mablag‘larning to‘liqligi nazorat qilinadi.
Moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari asosida buxgalteriya hisobida tegishli yozuvlar beriladi.


Yüklə 411,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin