Mulk shaklidan qat’i nazar, har bir korxona va tashkilot birlamchi faoliyat ko‘rsatish uchun tegishli asosiy va oborot mablag‘lari holatini tartibga solgan holda o‘z Nizomini ishlab chiqadi va shu Nizomga asosan faoliyatni amalga oshiradi. Buning uchun, Nizom tegishli davlat idoralari (hokimlik) ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi shart.
Тa’minot jarayonida korxona va tashkilotning bevosita o‘ziga taalluqli bo‘lgan asosiy va aylanma mablag‘larining holati hisob-kitob qilinadi va mablag‘lar holatidagi o‘zgarishlar tegishli schotlarda alohida-alohida hisobga olinadi. Bu jarayonning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u orqali boshqa jarayonlar uchun asos yaratiladi.
Ya’ni boshqa korxona va tashkilotlar bilan o‘zaro hisobkitoblarni yuritish uchun imkoniyat yaratiladi. O‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solish tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Тuzilgan shartnomalarning bajarilishi ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining boshlanishi uchun asos yaratadi.
Тa’minot jarayoni korxona faoliyatining asosini tashkil qilishi kerak, chunki u jarayon tannarxga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Buxgalteriya hisobida ta’minot jarayoni quyidagi schotlarda ko‘rsatiladi:
„Asosiy vositalar“ schotida;
„Materiallar“ schotida;
„O‘rnatiladigan asbob-uskunalar“ schotida;
„Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar“ schotida.
„Asosiy vositalar“ schoti. Asosiy vosita deb, har bir donasining qiymati 15 minimal ish haqidan yuqori va xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lgan mehnat qurollariga aytiladi. Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etib, o‘z qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga eskirish, hisoblash yo‘li bilan o‘tkazib boradi.
„Asosiy vositalar“ schoti aktiv schot hisoblanib, uning debet tomonida asosiy vositalarning ko‘payishi, kredit tomonida esa ozayishi ko‘rsatiladi. Asosiy vositalarning kirimga qabul qilinishi yoki tugatilishi maxsus komissiya a’zolari tomonidan tuzilgan dalolatnoma bilan hujjatlashtiriladi. Asosiy vositalar buxgalteriya hisobida boshlang‘ich bahoda ko‘rsatiladi. Asosiy vositalarning harakatini va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini o‘rganish maqsadida quyidagi misolni keltiramiz.
1. 2003- yil 15- fevralda tuzilgan dalolatnomaga asosan korxonaga „Bahor“ sovitgichi qabul qilindi—150000 so‘m.
Bu misolimizga quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi.
Debet — „Asosiy vositalar“ schoti—150000 so‘m.
Kredit „Kapital qo‘yilmalar“ schoti—150000 so‘m.
Misolimiz schotlar chizmasida quyidagicha ko‘rsatiladi:
Dt 0800 Dt 01000
Boshlang‘ich qoldiq
|
|
150000
|
|
Boshlang‘ich qoldiq
|
150000
| Kt Kt
„Asosiy vositalar“ schoti bo‘yicha kirimga qabul qilingan va ishlab chiqarishda tugatilgan asosiy vositalar bu to‘g‘rida tuzilgan maxsus dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Buning uchun korxona rahbari tomonidan buyruq chiqariladi va unda dalolatnoma tuzuvchi komissiya a’zolarining tarkibi ko‘rsatiladi. Dalolatnoma har bir kirim yoki tugatilgan asosiy vosita bo‘yicha alohida-alohida tuziladi.
„Materiallar“ schoti. Bu schot aktiv schot hisoblanib, uning debet tomonida omborga qabul qilingan materiallar summasi, kredit tomonda esa ombordan chiqarilgan materiallar summasi ko‘rsatiladi. «Materiallar» schotining debet va kredit tomonlaridagi yozuvlar bevosita kirim va chiqim summalarini tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va bu hujjatlarga asoslanib, moddiy javobgar shaxslar materiallar harakati bo‘yicha belgilangan sanalarga hisobot tuzadilar va korxona buxgalteriyasiga topshiradilar. Moddiy javobgar shaxslar tomonidan tuzilgan hisobotda hisobot sanasiga kirim va chiqim qilingan materiallar miqdori, summasi va qoldiqlari har bir moddiy javobgar shaxsning hisobi bo‘yicha alohida-alohida hisoblanib chiqiladi.
D em ak, m oddiy javobgar shaxslar tom onidan tuziladigan hisobotlar uchun asos qilib, kirim va chiqim hujjatlari olinadi.
„Materiallar“ schotining ko‘rsatkichlariga asosan materiallar yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlarining bajarilishini nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.
Bu schotda materiallarning harakati shartnoma baholarida olib boriladi.
Тuzilgan shartnomaga asosan mol yetkazib beruvchilardan olingan materiallar summasiga debet, „Materiallar“ schoti, kredit „Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan haq“ schoti deb buxgalteriya yozuvi beriladi. Yozuv materiallar harakatini tasdiqlovchi schotfaktura yoki yuk xatiga asosan beriladi va shu hujjatlarga asosan materiallar moddiy javobgar shaxs tomonidan kirimga qabul qilingan bo‘lishi kerak. Demak, „Materiallar“ schotining debet tomonida tegishli hujjatga asosan moddiy javobgar shaxslar tomonidan omborga qabul qilingan materiallar ko‘rsatiladi. Korxona va tashkilotlarda „Materiallar“ schotidagi yozuvlar pul o‘lchov birliklarida, ya’ni so‘mda ifoda etilsa, materiallarni saqlash, ularni ishlab chiqarishga sarf qilishi so‘mda va miqdor ko‘rsatkichlarida ham olib boriladi. Buning uchun materiallar bo‘yicha omborda har bir material turi bo‘yicha alohida-alohida analitik kartochkalar yuritiladi. Analitik kartochkalarni yuritishdan asosiy maqsad, birinchidan, materiallarning turlari bo‘yicha aniq ma’lumot olish bo‘lsa, ikkinchidan, ularning to‘liqligini ta’minlashdir.
„O‘rnatiladigan asbob-uskunalar“ schoti.
Bu schotda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va chet davlatlarda ishlab chiqarilgan asbob-uskunalar alohida-alohida hisobga olinadi. Schot aktiv hisoblanib, uning debetida o‘rnatishni talab qiluvchi, kelib tushgan asbob-uskunalar hamda o‘rnatilishini talab qiluvchi asbobuskunalarning qiymatiga yordamchi ishlab chiqarishning turli xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq sarfxarajatlar ko‘rsatiladi. „O‘rnatiladigan asbob-uskunalar“ schotining kredit tomonida o‘rnatishga berilgan asbobuskunalar qiymatini hisobdan chiqarish ko‘rsatiladi.
O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oladigan schotlarda uskunalar sotib olish (tayyorlash) qiymati va qiymatlarni tayyorlash va korxonaga olib kelish xarajatlari yig‘indisidan hosil bo‘ladigan haqiqiy sotib olish tannarxi hisobga olinadi.
„Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar“ schoti.
Bu schotning o‘ziga xos xususiyati shundaki, amalga oshirilayotgan xo‘jalik operatsiyalari bevosita naqd pul berish, to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Korxona va tashkilotlar faoliyatida shunday xo‘jalik operatsiyalari amalga oshiriladiki, ular bevosita hisobdor shaxslar tomonidan bajariladi. Bunday xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirish uchun tashkilot tomonidan hisobdor shaxslarga naqd pul beriladi va berilgan pul hisobiga tegishli xo‘jalik operatsiyalari amalga oshiriladi. Тashkilot kassasidan hisobdor shaxsga berilgan pul uchun maxsus hisobot buxgalteriyaga topshiriladi. Hisobdor shaxslar bilan olib borilgan xo‘jalik operatsiyalarini quyidagi misollarimizda ko‘rib chiqamiz. Birinchi operatsiya. Korxona ekspeditori X. Isoqovga tegishli materiallarni sotib olish uchun kassadan 6000 so‘m pul berildi. Bunda quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi: Debet „Xodimga berilgan bo‘naklar“ schoti—6000 so‘m.
Kredit „Kassa“ schoti—6000 so‘m.
Dostları ilə paylaş: |