DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI IQTISODIYOT TARMOQLARI VA SOHALARI BO’YICHA ta’lim YO’NALISHI 2-OLIY TA’LIM ( sirtqi) 1-GURUH talabasi: NARZULLOYEV SARVAR
MAVZU: Bozor iqtisodiyotining mazmuni va rivojlanishi.
Reja: 1.Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari. 2.Bozor iqtisodiyotining afzalligi va zaif tomonlari. 3.Bozor tushunchasi va uning vazifalari. Bozorning tuzilishi.
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko'pchilik mamlakatlari uchun xos bo'lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o'ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko'plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko'pgina mamlakatlarda xukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan tushuntiriladiki, uzoq davrli iqtisodiy evolutsiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik prinsiplari saqlanib qoldi. Oldingi bobda aytganimizdek, xususiy mulkchilikning kelib chiqishi va ijtimoiy mehnat taqsimoti boyur iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo'lishi uchun umumiy sharoiti bo'lib hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo'jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo'lishi o'z-o'zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste'molning bozorli xususiyatini ko'zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyoti — bu tovar ishlab chiqarish ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.Bunday iqtisodiyot erkin tovar — pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardash harakati iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Hozirgi iqtisodiy nazariyalarda bozor iqtisodiyoti deganda etadi, zamon bozor xo'jaligi subyektlari iqtisodiy xatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar pul mexanizmi orqali bir-biriga bog'lanib muvofiqlashuvi tushuniladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini ishlab chiqish, ayirboshlash, taqsimlash va iste'mol jarayonlarini, hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha subyektlarini qamrab oladi. Bozor iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o'z mehnatini sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste'molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog'ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo'jaligining barcha asosiy subyektlari uchta guruhga bo'linadi: uy xo'jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat.