Moliya bozorining tuzilishi Moliya bozori Qarz majburiyatlari bozori (iste`molni qondiradigan pul) Valuta bozori Kapital (mulk) bozori Ssuda kapitali bozori Qimmatli qog`ozlar bozori Qarz majburiyatlari bozorida olingan pul shaxsiy iste`mol uchun ishlatiladi. Kapital bozorida qo`yilgan puldan daromad olishi huquqi sotiladi va sotib olinadi. Qimmatli qog`ozlarning birlamchi bozorida ularning yangidan chiqarilgan nusxalari sotiladi va sotib olinadi, ikkilamchi bozorida oldin chiqarilganlari harakatda bo`ladi. Mehnat birjasining vazifalari: Ishsizlarni ro`yxatga olish. Ishsizlarni mos o`rinlarda ish bilan ta`minlash. Ish bilan ta`minlanganlarni qayta o`qitish va yangi kasbga tayorlash. Ishsizliklarni ijtimoiy himoyalash. Bozor segmenti – bu bozorni alohida belgilariga qarab bo`g`inlarga ajratish. Unga ikkita sabab asos bo`ladi: Iste`molchilarning ijtimoiy – iqtisodiy jihatidan tabaqalanishi natijadasida ular talabining o`zaro farqlanishi. Alohida tovar ishlab chiqarishning tabaqalanishi. Bozorni segmentlarga ajratish mezonlari: I. Aholining xarid qilish layoqati darajasi, ya`ni to`lovga layoqatliligi. II.Hududiy va ijtimoiy demografik mezonlar (aholining soni, uning yosh tarkibi, jinsi, zichligi, tabiiy va iqlim sharoiti va h. k.)