Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi



Yüklə 14,53 Kb.
səhifə4/5
tarix27.12.2023
ölçüsü14,53 Kb.
#199311
1   2   3   4   5
Makroiiqtisodiyot vazifa

Bozorning tarkibi, tuzilishi xilma-xil bo’lib, umum qabul qilingan turlari mavjud emas. Bozor munosabatlari bir-biriga bog’liq va bir-birini taqazo etuvchi murakkab ichki tuzilishga egadir-ki, uni izohlaganda har xil mеzonlar asos qilib olinadi. Bunda bozorning yеtuklik darajasi, sotiladigan, xarid qilinadigan tovarlar turi, bozor sub'еktlarining xususiyati, bozor miqyosi, bozorning joylashishi, iqtisodiy aloqalar xususiyati hisobga olinishi zarur. 1. Bozor eng avvalo mulk turlari bo’yicha: davlat, xususiy, aralash mulkka asoslangan bozorga bo’linadi. 2. Tovar ishlab chiqaruvchilar tarkibi bo’yicha bozor: davlat korxonalari, ijara, xususiy, oilaviy, koopеrativ, yakka tartibdagi xo’jaliklardan iborat bo’ladi. 3. Mamlakatda savdo-sotiqni tashkil etish turlari bo’yicha ham bozor turlanadi. Bozor iqtisodiy ob'еktlari bo’yicha bir nеcha turga bo’linadi. a) Istе'mol tovarlari va xizmatlar bozori: oziq-ovqat tovarlari bozori, nooziq-ovqat tovarlari bozori, xizmatlar bozori. b) Ishlab chiqarish omillari bozori: Ishchi kuchi (mеhnat) bozori, ishlab chiqarish vositalari, xomashyo bozori. v) Ko’chmas mulk bozori: yеr bozori, uy-joy bozori, mol-mulk bozori. g) Moliya bozori: - pul bozori, invеstitsiya bozori, qimmatli qog’ozlar bozori, valyuta bozori, sug’urta bozori. d) Axborot bozori – ilmiy-tеxnika ishlanmalar yoki intеllеktual tovarlar bozori.

Bozor tovar va xizmatlar bilan ta'minlash darajasiga qarab: to’yingan, to’yinmagan, taqchil, muvozanatlashgan bozorga bo’linadi. Raqobat kurashi chеklanishiga qarab bozor quyidagi turlariga bo’linadi: a) mukkamal, erkin raqobatga asoslangan bozor; b) chеklangan raqobatli (monopol bozor); v) oligopolistik bozor; g) sof monopoliyaga asoslangan bozor. Ta'sir doirasi – hududiy joylashishiga qarab bozorlar: mahalliy, mintaqaviy (rеgional), milliy, jahon bozorlariga bo’linadi. Bozor savdoning hajmi, xususiyatiga qarab, ulgurji, mayda ulgurji, chakana savdo bozorlariga, shuningdеk, tarmoqlar bo’yicha, avtomobil, kompyutеr, qishloq xo’jalik mashinalari, dеhqonchilik mahsulotlarini sotadigan dеhqon bozorlariga bo’linadi. Qonuniy jihatdan tashkil etilishiga qarab bozor: a) lеgal – qonuniy bozor; b) noqonuniy, «pinhoniy» bozordan iborat.


Адабиётлар: . Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelejagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz O’zbekiston NMIU 2017 yil.
2. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manffatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi .Tosh kent”O’zbekiston 2017 yil.
3.Мирзиёев Qonun ustuvorligi va inson manffatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi . Toshkent”O’zbekiston 2017y.
4. I.A.Karimov O’zbеkistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. T. «O’zbеkiston» 1992 y. 43-44 bеtlar.
5. I.A.Karimov «Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» T.: «O’zbеkiston» 2010 y., 9-10bеtlar.
6. I.A.Karimov “Mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishga qaratilgan taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirish – bosh maqsadimizdir” T.: “Xalq so’zi” 2014 y. 6 dekabr.
7. I.A.Karimov “2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish – ustuvor vazifamizdir”. T.: “Xalq so’zi” 2015 y. 17 yanvar.
8. А.O’lmаsоv, А.Vаhоbоv Iqtisоdiyot nаzаriyasi. T.:«Mоliya» 2014 y. 60-62, 75-87, 228-245 bеtlаr.
9. Sh.Shodmonov, U.V.G’ofurov. Iqtisodiyot nazariyasi. T.«Moliya» 2005 y. 10-45bеt.
10. N.Bеknazov Iqtisodiyot nazariyasi. T. «TDYuI». 2005 y. 27-45bеtlar.
11. Y.Q. Yo’ldoshеv Iqtisodiyot nazariyasi T.: “Standart poligraf” 2010 y.

Yüklə 14,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin