Tayanch so‘z va iboralar: Moliya bozori, pul bozori, investitsiya bozori, sug‘urta bozori, valyuta bozori, ssuda kapitali, moliyaviy instrumentlar.
Moliya bozori haqida gap borar ekan, bu sohaning o‘ziga yarasha xususiyatlarini tasavvur qilish kerak. Albatta, har qanday bozor kabi bu yerda ham sotib oluvchilar va sotuvchilar mavjud. Lekin olinadigan va sotiladigan narsalar moliyaviy instrumentlar bo‘lganligi, ya’ni olinadigan va to‘lanadigan vosita ham moliya bo‘lganligi uchun bu bozor boshqa bozorlardan ajralib turadi. Bu bozorda sotiladigan moliyaviy instrument evaziga ma’lum muddatdan so‘ng kattaroq miqdorda bo‘lgan moliya qaytariladi.

Aynan moliya bozori iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch sifatida amal qilishi zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarning bozordan chiqib ketishiga sabab boʻladi, kapital isteʼmolchisining oʻz faoliyatini toʻgʻri tashkil etishga majbur qiladi, iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish imkonini beruvchi texnologik innovatsiyalarni doimiy qoʻllab-quvvatlaydi, investitsiya loyihalaridan eng samaralisini tanlashni shart qilib qoʻyadi.