A organ B kimyoviy element *C hujayra D atom
2. Tabiatdagi tirik mavjudotlarga xos eng muhim umumiy belgini aniqlang.
*A hujayradan tuzilganligi
B hujayraning mitotic bo'linib ko'payishi
C tanasining organ, to'qima va hujayradan tuzilganligi
D harakatlanish
3. Tirik organizmlarning eng mayda tarkibiy qismi?
A organ B molekula *C hujayra D atom
4. U tiriklikka xos barcha xususiyatlarni o'zida mujassamlashtirgan-
A molekula B oqsil tuzilmasi *C hujayra D atom
5. O'simliklarning barcha organlari hujayralardan tashkil topgan ular … jihatdan farq qilsa ham, … jihatdan o'xshaydi.
A ichki; tashqi *B shakl; ichki C ichki; funksiya
D kimyoviy tarkib; ichki
6. Hujayra haqidagi fan -
*Asitologiya B gistologiya C biologiya D ornitologiya
7. Hujayralar o'simlikning qaysi organida joylashganligiga qarab qaysi xususiyatlariga ko'ra bir-biridan farq qiladi?
1)shakli 2)ranggi 3)yirik-maydaligi 4)ichki tuzilishi 5)funksiyasi
*A hammasi B 1,2,5 C 2,3,4,5 D 1,2,3,5;
8. O'simliklar hujayra tuzilish darajasiga ko'ra qanday bo'ladi?
A eukariot yoki prokariot *B bir yoki ko'p hujayrali
C bir, ko'p hujayrali yoki kolonial
D hujayrali va hujayrasiz
9. …(1) hujayra ba'zi bir tuban o'simliklarda, …(2) hujayra esa yuksak o'simliklarda bo'ladi.
A 1-prokariot; 2-eukariot *B 1-bir; 2-ko'p
C 1-bir; 2-ko'p yoki kolonial hujayralar;
D 1-organoidsiz; 2-organoidli;
10. Hujayra kim tomonidan qachon kashf etilgan?
A ingliz fizigi Robert Guk 1635-yil
B ingliz fizigi Robert Braun 1635-yil
*C ingliz fizigi Robert Guk 1665-yil
D ingliz fizigi Robert Braun 1831-yil
11. Hujayra qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan?
A sitoplazma va yadro
*B hujayra qobig'I, sitoplazma, yadro
C hujayra ichidagi tirik qism va yadro
D hujayra qobig'I va hujayra ichidagi tirik qism
12. Hujayra tarkibidagi qaysi qismi tiniq va mustahkam bo'ladi?
*A hujayra qobig’i B sitoplazma C yadro D plastida
13. Hujayra qobig’iga qaysi modda mustahkamlik berib turadi?
A fosfolipid B kleykobina C suberin *D klechatka
14. Hujayra qobig’I qanday vazifa(lar)ni bajaradi?
1)hujayra ichidagi tirik qismni tashqi tomondan o’rab turadi 2)tashqi ta’sirdan himoya qiladi 3)hujayraga mustahkamlik beradi 4)hujayra shaklini saqlab turadi 5)hujayrani tashqi muhit bilan bog’lab turadi
A 1,2,3,4 *B 1,2,3,4,5 C 1,2,3 D 1,4,5
15. Hujayraning asosiy tarkibiy qismini belgilang.
*A sitoplazma B yadro C hujayra qobig’i D plastida
16. Sitoplazmaga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)rangsiz 2)rangli 3)tiniq 4)suyuq 5)quyuq 6)shilimshiq 7)doim harakatlanib turadi 8)harakatsiz
*A 1,3,4,6,7 B 1,3,4,6,8 C 1,3,5,6,7 D 2,3,4,6,8
17.Hujayraning rangsiz, tiniq, suyuq yoki shilimshiq holdagi doimo harakatlanib turadigan qismi.
A hujayra qobig`I B yadro *C sitoplazma D plastida
18. Ko‘kyashil suvo‘tlar, bakteriyalarning … shakllan magan?
A hujayra qobig’i B sitoplazma *C yadro D plastida
19. U hujayra bo’linishida muhim rol o’ynaydi-
Ahujayra qobig’I B sitoplazma *C yadro D plastida
20. Qaysi organizmlarning yadrosi shakllanmagan irsiy moddalari sitoplazmada tarqoq holda joylashgan bo’ladi?
1)yashil suvo’tlar 2)ko’k-yashil suvo’t 3)achitqi zamburug’i 4)bakteriya 5)ayrim zamburug’lar
A 1,3,5 *B 2,4 C 2,4,5 D 1,4,5
21.Yadroning shakli va hajmi uning qanday xususiyatlariga bog’liq?
1)hujayraning holati 2)bajaradigan vazifasiga 3)hujayraning yirik maydaligiga 4)hujayraning yoshiga 5)yashash sharoitiga 6.to`qimaning turi
A 1,2,3 B 2,3,4 *C 1,3,4,5,6 D 1,4,5
22. Hujayraning tarkibiga ko’ra sitoplazmaga yaqin turadigan organoidini belgilang.
A hujayra qobig’I B ribosoma *C yadro D plastida
23. Irsiy belgilarning keyingi avlodga o’tishiga muhim ahamiyatga ega bo’lgan hujayraning bo’linishida muhim ahamiyatli hujayra organoidini belgilang.
A hujayra qobig’I B sitoplazma *C yadro D plastida
24. Hujayraning asosiy tirik qismlaridan biri, ular faqat o’simliklar uchun xos.
A vakuola B sentriola C ribosoma *D plastida
25. Plastidalarning necha xili mavjud va ular qanday bo’ladi?
A 3 xil; xloroplast (yashil), xromoplast (rangsiz), leykoplast (zarg'aldoq, qizg'ish)
B 3 xil; xloroplast (zarg'aldoq, qizg'ish), xromoplast (yashil), leykoplast (rangsiz)
*C 3 xil; xloroplast (yashil), xromoplast (zarg'aldoq, qizg'ish), leykoplast (rangsiz)
D 3 xil; xloroplast (yashil), xromoplast (zarg'aldoq, yashil-ko'k), leykoplast (rangsiz)
26. Qaysi plastida(lar) o'simliklarga (barg, poya, gul va mevalarga) rang beradi?
1)Xloroplast 2)xromoplast 3)leykoplast
A 1,2,3 *B 1,2 C 1 D 2
27. O'simlik mevasiga rang beruvchi plastida(lar)ni belgilang.
1)Xloroplast 2)xromoplast 3)leykoplast
A 1,2,3 B 1,2 C 2,3 *D 2
28. Qaysi plastida(lar) tufayli o'simlik gullari va mevalar har xil rangga kiradi?
1)Xloroplast 2)xromoplast 3)leykoplast
A 1,2,3 B 1,2 C 2,3 *D 2
29. Sitoplazma ichidagi hujayra shirasi bilan to'lgan bo'shliqni belgilang.
A granula B lizosoma *C vakuola D yadro
30. Yashil xlorofill pigmentga ega plastidani aniqlang.
A leykoplast *B xloroplast C xromoplast D kariotin
31. Zaxira moddalar saqlaydigan plastidani belgilang.
*A leykoplast B xloroplast C xromoplast D kariotin
32. Xromoplastlarda qanday rangli plastidalar uchraydi.
A qizil B yashil C sariq *D A va C
33. O’simliklarda qaysi plastidada fotosintez jarayoni boradi.
A leykoplast *B xloroplast C xromoplast D kariotin
35. Hujayra shirasi tarkibida …%suv va unda erigan ko'pgina moddalar hamda oqsil, moy, shakar bo'ladi.
*A 70-95 B 75-90 C 80-90 D 85-90
36.Meva ta'mining achchiq, shirin yoki nordon bo'lishi nimaga bog'liq?
*A hujayra shirasi B yadro C sitoplazma
D hujayra tarkibidagi suvning miqdoriga
37. Piyoz hujayralari qaysi jihatlari bilan boshqa o'simliklarning hujayralaridan farq qiladi?
A hujayralari shaklining cho'ziqligi, tarqoqroq joylashganligi, xloroplastlarga boyligi
*B hujayralari shaklining cho'ziqligi, zichroq joylash-ganligi, leykoplastlarga boyligi
C hujayralari shaklining cho'ziqligi, tarqoqroq joylashganligi, plastidalarining rangsizligi
D hujayralari shaklining yumaloq ekanligi, zich joylashganligi, plastidalarining rangsizligi
38. Ko'pchilik o'simliklar hujayrasining o'lchami qanday bo'ladi?
*A kichkina B yirik
C eni bo'yidan bir necha marta katta
D bo'yi enidan bir necha marta katta
39. Chigit yuzasidagi tola-tuk nechta hujayradan iborat va u(lar)ning uzunligi?
A 1ta; 2-3 sm; *B 1 ta; 3-4sm; C 2 ta; 3-4 sm;
D bir nechta; 3-4 sm
40. Hujayralar qaysi xususiyatiga qarab xilma-xil tuzilgan bo'ladi?
A ichki tuzilishi B bajaradigan vazifasi C shakli
*D B va C
41. Hujayralar qaysi jihatdan bir-biridan farq qilmaydi?
*A ichki tuzilishi B bajaradigan vazifasi C shakli
D B va C
42. Qaysi o’simlik hujayralarini oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin.
1)limon; 2)xlorella; 3)tarvuz; 4)pomidor; 5)xlamidomonada; 6)elodiya; 7)mandarin.
A 2,5 B 1,3,4 C1,2,5,6 *D 1,3,4,7
43. Bir hujayrali tuban o’simliklarni aniqlang
1)limon; 2)xlorella; 3)tarvuz; 4)pomidor; 5)xlamidomonada; 6)elodiya; 7)mandarin.
*A 2,5 B 1,3,4 C1,2,5,6 D 1,3,4,7
44. Tirik hujayra ichidagi harakatni qaysi o’simlikda kuzatish mumkin –
A piyoz *B elodeya C pomidor D chigit tolasi
45. Nima uchun elodeyadan tayyorlangan preparatni butunligicha mikroskop ostida ko’rish mumkin?
A suvda o’sganligi uchun
B barglari bir qavat hujayradan tuzilganligi uchun
*C barglari shaffof bo’lgani uchun
D suv tomchisida tabiiy sharoitdagidek tirik ko’ringani uchun
46. Nima uchun elodeyadan tayyorlangan preparat mikroskopdagi suv tomchisida tabiiy sharoitda o’sgandek tirik bo’ladi?
*A suvda o’sganligi uchun
B barglari bir qavat hujayradan tuzilganligi uchun
C suvo’t juda kichkina bo’lganligi uchun
D hujayrasining ko’p qismini suv tashkil qilganligi uchun
47. Sitoplazmaning harakati davomida bir hujayradagi oziq moddalar va kislorod ikkinchi hujayraga nima orqali o'tadi?
A hujayralararo modda *B hujayra qobig'idagi teshik
C sitoplazma D yadro
48. Bir hujayradagi oziq moddaning ikkinchi hujayraga o'tishini qaysi tajriba yordamida kuzatish mumkin?
A elodeyadan preparat tayyorlab mikroskopda kuzatib
B piyozdan preparat tayyorlab mikroskopda kuzatib
*C mayda teshikchali sellofan xaltachaga bug'doy unidan tayyorlangan xamir solib yodli suvli tushirish orqali
D ildiz bo'laklaridan ko'ndalangiga yupqa kesma tayyorlab uni suv tomchisi yoki glitseringa qo'yib
49. Bir hujayradagi oziq moddaning ikkinchi hujayraga o'tishini kuzatish tajribasida nima hujayra qobig'I vazifasini o'taydi?
A piyoz qobig'I B elodeya bargi po'sti
*C mayda ko'rinmas teshikchali sellofan
D xamirning tashqi yuzasi
50. Mayda teshikchali sellofan xaltachaga bug'doy unidan tayyorlangan ozgina xamir solib yodli suvli tushirganda xamir qanday rangga kiradi?
A sariq *B ko'k C oq D qizil
51. Hujayralarga xos muhim biologik xususiyatlardan biri …
*A o'sish va bo'linish B oziqlanish
C harakatlanish D o'zgaruvchanlik
52. Hujayra qobig'I hujayraning yoshiga qarab ….
A yupqalashadi *B qalinlashadi C o'zgarmaydi
D mo'rtlashadi va ko'p joyni egallaydi
53. Qari hujayralardagi sitoplazmaning vakuolga nisbati to'g'ri keltirilgan javobni belgilang.
A sitoplazma vakuolga qaraganda ko'proq joyni egallaydi
*B vakuol sitoplazmaga qaraganda ko'proq joy egallaydi
C vakuol va sitoplazma teng nisbatda butun hujayrani qoplab olgan bo'ladi
D yosh hujayralarnikidek bo'ladi
54. Qanday belgi orqali yosh va qari hujayralarni ajratish mumkin?
A hujara qobig'ining qalin yoki yupqaligiga qarab
B sitoplazma va vakuolning nisbatiga qarab
C sitoplazma va yadroning nisbatiga qarab
*D Ava B
55. Vaqt o'tishi bilan qari hujayralarda qaysi organoidlari yo'qoladi va ularning o'rnini nima egallaydi bu o'z navbatida qari hujayraning nobud bo'lishiga olib keladi?
A yadro yo'qolib uning o'rnini sitoplazma egallaydi
B yadro va sitoplazma yo'qolib uning o'rnini vakuol egallaydi
C yadro yo'qolib uning o'rnini suv yoki havo egallaydi
*D yadro va sitoplazma yo'qolib uning o'rnini suv yoki havo egallaydi
56.Qanday hujayralarda bo'linib ko'payish kuzatiladi?
A barcha hujayralarda B faqat yosh hujayralarda
*C faqat hosil qiluvchi to’qima hujayralari
D barcha tirik hujayralar
57. hujayraning bo'linishida qaysi organoid katta rol o'ynaydi?
*A yadro B sitoplazma C hujayra qobig'i D xromosoma
58. Hujayradagi bo'linish jarayoninining ketma-ketligini to'g'ri belgilang.
1)yadro yiriklashadi 2)yadro ikkiga ajraladi 3)bo'lingan yadro bo'laklari parda bilan qoplanadi 4)sitoplazmada to'siq paydo bo'ladi 5)ona hujayradan 2ta yosh hujayra paydo bo'ladi
A 2,3,4,1,5 *B 1,2,3,4,5 C 1,2,4,3,5 D 1,2,4,5,3
59. Ona hujayradan 2 ta yangi yosh hujayralarning hosil bo'lishida plastidalarning ikki hujayraga taqsimlanish jarayonini to'g'ri belgilang.
A hosil bo'lgan hujayralarning faqat bittasida plastida bo'ladi ikkinchisida esa keyinchalik paydo bo'ladi
*B plastidalar teng ikkiga ajralib yosh hujayralarga o'tadi
C xloro va xromoplastlar noteng taqsimlanib faqat leykoplastlar teng ikkiga bo'linib yosh hujayralarga o'tadi
D plastidalar bo'linish jarayonida parchalanib ketadi, bo'linish tugagach har bir yosh hujayralarda yana paydo bo'ladi
60. Ona hujayraning bo'linishidan hosil bo'lgan yosh hujayralar qaysi oziq moddaning hisobiga o'sishda davom etadi?
*A o'zidagi oziq modda
B ona hujayrada zaxiralangan oziq modda
C yondosh hujayralardagi oziq modda
D hujayralararo modda hisobiga
61. Elodeya o‘simligidagi sitoplazma harakati nima ta’sirida o‘zgarishi mumkin.
A yorug’lik *B harorat C suv D oziq moddalar
62. To'qima tushunchasi kim tomonidan qachon fanga kiritilgan?
A ingliz tabiatshunosi N.Gryu 1831-yil
B ingliz tabiatshunosi N.Gryu 1632-yil
C ingliz tabiatshunosi N.Gryu 1681-yil
*D ingliz tabiatshunosi N.Gryu 1682-yil
63. 0‘simliklarning bir yoki bir nechta vazifani bajaruvchi qismi nima deyiladi.
A to’qima *B organ C hujayra D organlar sistemasi
64. 1-elaksimon naylar va 2-lub tolalari qaysi to’qima(lar)ga mansub?
a) mexanik to’qima b)o’tkazuvchi to’qima c)assimilyatsion to’qima d) ajratuvchi to’qima
A 1-a; 2-b; *B 1-b; 2-a; C 1-c; 2-b;d; D b-1,2;
66. 1-o’tkazuvchi naylar va 2-yog’ochlik tolalari qaysi to’qima(lar)ga mansub?
a) mexanik to’qima b)o’tkazuvchi to’qima c)assimilyatsion to’qima d) ajratuvchi to’qima
A 1-a; 2-b; *B 1-b; 2-a; C 1-c; 2-b;d; D b-1,2;
67.Hosil qiluvchi to`qima yana qanday nomlanadi?
A.xlorenxima *B.meristema C.kollenxima D.libriform
68. Hosil qiluvchi to`qima hujayralariga xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang?
1)o‘lik, qalin qobiqli hujayralar; 2)tirik, cho‘ziq, qalin qobiqli, xloroplastga ega hujayralar; 3)o‘lik hujayralar; 4) tez-tez bo’linish xususiyatiga ega hujayralar5)bir qavat zich joylashgan shaffof hujayralar; 6)suv to‘plovchi parenxima hujayralar;7)yirik yadroli, yupqa nozik po‘stli, ichi quyuq sitoplazma bilan to’lgan, tirik hujayralar
8) tirik hujayralar;
A.2,3,6,7 *B.4,7 C.1,2,3,6,8 D.2,3,5,6,7
70. Novda va ildizlarning 1-uchki va 2-ichki qismlarida joylashgan meristemalarni aniqlang.
A 1-kurtakning o‘sish konusi; 2-ildizning bo’linuvchi zonasi
B 1-kurtakning o‘sish konusi; 2-kambiy
*C 1-kurtakning o‘sish konusi va ildizning bo’linuvchi zonasi; 2-kambiy.
D C 1-kurtakning o‘sish konusi va ildizning o’suvchi zonasi; 2-floema.
71. Poya va ildizning po‘stlog‘i (floema) va yog‘ochligi (ksilema) orasida joylashgan to‘qimani aniqlang
A.periderma B.xlorofilli parenxima C.xlorenxima *D.meristema
72. Poya va ildizda halqa shaklida joylashgan to’qimani belgilang
A.periderma *B.kambiy C.xlorenxima D. assimilyatsion
73. Asosiy to`qima tarkibiga kiruvchi to`qimalarni aniqlang?
A.assimilyatsion B.suv to’plovchi C.jamg’aruvchi *D.barchasi
74. Assimilyatsion to`qima yana qanday nomlanadi?
A.periderma B.xlorofilli parenxima *C.xlorenxima
D.A va C
75.Xlorenxima qayerda joylashgan?
A.poya va ildizlarda B. ildiz, barg va novdalarda C.po`stloqda *D.yashil barg va yashil novdalarda
76. Quyidagi qaysi o`simlik(lar)da suv to’plovchi parenxima hujayralar mavjud?
1.sarsazan 2.buzoqbosh 3.kaktus 4.baliqko`z
A.1,3 B.2,4 C.1,2,3,4 *D.3
78. Daraxtlarning tanasi, ildizpoya, ildizmeva, tugunaklar, piyozbosh, mevalar va urug‘larda yaxshi rivojlangan to’qima hujayralarini aniqlang.
A.periderma B.xlorofilli parenxima *C jamg’aruvchi parenxima D suv to‘plovchi parenxima
79. Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra qaysi to‘qima bir necha xil bo‘ladi?
*A asosiy B qoplovchi C o‘tkazuvchi D mexanik
80. Cho‘llarda o‘suvchi ayrim o‘simliklar poyasi va bargida qanday hujayralar mavjud.
A havoni jamg‘aruvchi *B suv to‘plovchi parenxima C xlorofilli parenxima D.libriform
81.Epiderma uchun xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang?
1)o‘lik, qalin qobiqli hujayralar; 2)tirik, cho‘ziq, qalin qobiqli, xloroplastga ega hujayralar; 3)o‘lik hujayralar; 4)tirik hujayralar; 5)bir qavat zich joylashgan shaffof hujayralar; 6)suv to‘plovchi parenxima hujayralar;7)yirik yadroli, yupqa nozik po‘stli, ichi quyuq sitoplazma bilan to’lgan, tirik hujayralar yig‘indisidan iborat bo’lib, tez-tez bo’linish xususiyatiga ega hujayralar.
A.2,3,6,7 B.4,7 C.1,2,3 *D. 5
82. O‘simlik organlarini himoya qilish funksiyasini bajaradigan to’qima?
A asosiy *B qoplovchi C o‘tkazuvchi D mexanik
83. … barg va yosh novdalarni qoplab turadi.
A po‘kak *B epiderma C periderma D po ‘stloq