1. [1,1 ball]
Imloviy jihatdan XATO yozilgan so‘zlar qatorini
aniqlang.
A) poliglot hukmnoma, mutaxassis
B) pensiya, chakalak, kamhosil
C) ijtimoiy, jambil, sidqidil
D) lagambardor, mashaqat, taminlamoq
2. [1,1 ball]
Imloviy jihatdan TO‘G‘RI yozilgan so‘zlar qatorini
aniqlang.
A) ruxiyat, muvafaqiyat, tez pishar
B) galma gal, misqollab, tiriklayin
C) shuxratparast, chaparasta, g‘urillamoq
D) birin-ketin, bexosdan, kecha-yu kunduz
3. [1,1 ball]
Qaysi javobda “ortiqcha” so‘z qo‘llangan?
4. [1,7 ball]
Qaysi javobda ajratib ko‘rsatilgan achchiq so‘zi
g‘am-iztirobli, alamli degan ma’noda qo‘llangan?
A) Samarqanddan boshqa joylarga ekiladigan turp
negadir achchiq ta’m, taxir mazaga ega bo‘ladi.
B) Chol mayingina kulib qo‘ydi va xizmat qilayotganlarga
achchiq choy olib kelishni buyurdi.
C) Elmurodga raisning yoqmadi: qalampir, tili achchiq
har gapni pisanda qilganday gapirdi.
D) Cheki ko‘rinmas bu so‘qmoq yo‘lovchining madorini,
nainki madorini, jonini oladigan qismatday achchiq.
5. [1,1 ball]
Qaysi gapda nuqtalar o‘rniga 2 o‘rinda qaratqich, 1 o‘rinda tushum kelishigi qo‘shimchasi qo‘llanadi?
A) Ko‘p til... bilmoqlik... foydasi katta, u inson... katta
imkoniyatlar sari yetaklaydi.
B) Qirq yil umri... sarf qilib, yulduzlar siri..., koinot
siri... o‘rgandi-yu, zamin siriga, insonlar hayotiga kelganda
g‘aflatda qoldi.
C) Mamlakat... kichik bir qismi bo‘lgan oila... tinchligi...
asraylik.
D) Avtomobil... eshigi... ochib do‘sti... chiqarib oldi.
6. [1,1 ball]
Qaysi gapda buzuq so‘zi ko‘chma ma’noda qo‘llangan?
A) Shernazarboy buzuq odam chiqdi, meni sizdan
ajratmoqchi u ablah.
B) Yolg‘on, yolg‘on, Nurining o‘zi buzuq.
C) Havo bir kun tuzuk bo‘lsa, uch kun buzuq.
D) Asli qora oqarmas, asli buzuq tuzalmas.
7. [1,7 ball]
Qaysi javobda keltirilgan so‘zlar tarkibida ikkita so‘z
yasovchi qo‘shimcha ishitirok etgan?
A) sanoqsiz, o‘ynoqi, tinimsiz
B) eslaganlik, yamoqchilik, yig‘loqi
C) changitmoq, tinchimoq, qiynoq
D) yarqiroq, atama, qiynoq
8. [2,5 ball]
Har uchala gap uchun TO‘G‘RI ma’lumotlarni
aniqlang.
I. U uyga kirishi bilan qolganlar jim bo‘lishdi.
II. Bir umr ulardan o‘rnak olish orzusi bilan yashab
o‘tamiz.
III. Dor qurilgan maydonda arqonlarga osilib
o‘ynayotgan bolalarning qahqahasi eshitildi.
1) yordamchi so‘z turkumiga oid birliklar qo‘llangan;
2) o‘zaro shakldosh qo‘shimchalar qatnashgan;
3) yasama fe’l qatnashgan
A) 2 va 3 B) 1 va 2 C) 1 va 3 D) faqat 3
9. [1,7 ball]
Ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama qatnashgan gapni belgilang.
A) Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-hunarli kishilar
bilan do‘st bo‘l.
B) Polvonning qo‘li kuch bilan o‘ziga tortar, ammo bir
qarich ham oldiga siljitolmasdi.
C) Mehmonlar sut va choy ichdilar, aravada urinib kelganlari
uchun uzanaruzanmas uyquga ketdilar.
D) Usmon Nosir ham mashhur siymolar kabi juda yoshligidan
ko‘p ijobiy xislatlarga ega bo‘lgan edi.
10. [1,7 ball]
Berilgan gap haqidagi NOTO‘G‘RI fikrni aniqlang.
Sokin, og‘ir, vazmin va muloyim gaplash.
A) ushbu gapda hol uyushgan
B) ushbu gap egasiz gap hisoblanadi
C) ushbu gapda 4 ta so‘z birikmasi mavjud
D) ushbu gapda aniqlovchi uyushgan
11. [1,7 ball]
Gapdagi so‘zlarning mazmun va grammatik jihatdan
bog‘lanishi TO‘G‘RI ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
Kishilarga ulardan avvalroq salom berishga shoshil, bu ulug‘ kishilarning fazilatlaridan, kamtarlik nishonalaridan biridir.
A) kishilarga shoshil, kishilarning biridir
B) ulardan avvalroq , kamtarlik nishonalaridan
C) avvalroq salom berishga, kamtarlik biridir
D) nishonalaridan biridir, ulardan biridir
12. [2,5 ball]
Qaysi gaplarda bir xil tinish belgisi tushirib qoldirilgan?
A) 1, 2, 3, 5 B) 2, 3, 5 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 5
13. [1,7 ball]
She’riy parcha haqidagi NOTO‘G‘RI ma’lumotni
aniqlang.
Chun g‘araz so‘zdin erur ma’ni anga,
Noqil o‘lsa xoh xotun, xoh er.
So‘zchi holin boqma, boq so‘z holini,
Ko‘rma kim der oni, ko‘rgilkim ne der.
A) faqat juft misralar qofiyalangan
B) r undoshi raviy vazifasini bajargan
C) muqayyad qofiya qo‘llangan
D) yig‘iq radif qo‘llangan
14. [1,7 ball]
She’riy parcha mazmuni haqidagi XATO hukmni
aniqlang.
Mengizlari gul-gul, mijalari xor,
Qaboqlari keng-keng, og‘izlari tor.
A) og‘izning kichikligi go‘zallik belgisi sifatida tasvirlangan
B) har ikki misrada tazod san’ati qo‘llanilgan
C) kiprik tikanga tashbeh qilingan
D) husni ta’lil san’ati qo‘llanilgan
15. [1,7 ball]
"Chilvir kesish bayrami" qatnashgan asar qaysi javobda toʻgʻri koʻrsatilgan?
A) "Sarvqomat dilbarim".
B) "Oltin zanglamas"
C) "Tushda kechgan umrlar"
D) "Arslon bobo"
16. [1,7 ball]
"Arslon bobo" hikoyasida "Bola-chaqangni yaxshi koʻrsang, bola-chaqang haqida oʻylama", - degan naqlga amal qilmay xalok boʻlgan obraz kim?
A) Haydar otaning oʻgʻli
B) Arslon boboning oʻgʻli
C) Arman yigiti Ogʻabekov
D) Jangchi yigit Sodiqjon
17.
[1,7 ball]
Shuhratning "Oltin zanglamas" asariga bunday nom berilish sababi toʻgʻri izohlangan javobni toping.
A) Peshona teri bilan topilgan pul hech qachon yoʻqolmasligi gʻoyasi ilgari surilgan;
B) Insonlar orasidagi mehr-oqibat hech qachon yoʻqolmasligi gʻoyasi ilgari surilgan;
C) Haq insonni yolgʻon-boʻxton bilan ayblash mumkin emasligi gʻoyasi ilgari surilgan; D) Hayotdan doim zavqlanib yashash gʻoyasi ilgari surilgan
Matnni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring.
Marsning ichki tuzilishi
[1]Yer kabi Mars ham differensiatsiyaga uchragan boʻlib, bu uning zich metallik yadrosining oz zich materiallar bilan qoplanishiga sabab boʻldi.Marsning ichki tuzilishini aks ettiruvchi hozirgi zamonaviy modellarga, asosan, sayyora yadrosining aksariyati temir va nikeldan, taxminan 16-17 foizi esa oltingugurtdan iborat, deb taxmin qilinadi. Yadrodagi yengilroq unsurlar miqdori Yernikidan ikki barobar koʻpdir. Bundan tashqari, yadro sayyoradagi tektonik va vulkanik xususiyatlarning koʻpini shakllantirgan silikat mantiya bilan oʻralgan. Mars poʻstida kremniy va kisloroddan tashqari temir, magniy, aluminiy, kalsiy va kaliy kabi unsurlar ham aksariyatini tashkil qiladi. Sayyora poʻsti oʻrtacha 50 kilometr, maksimum 125 kilometr qalinlikka ega.Solishtirish uchun, Yer poʻstining oʻrtacha qalinligi 40 kilometrdir.
[2]Mars seysmik jihatdan faol hisoblanadi. 2019-yilda InSight fazo apparati ushbu sayyorada 450 ta zilzilani qayd etdi.2021-yilda InSight qayd etgan oʻn bitta past chastotali Mars silkinishlariga asosan Mars yadrosi haqiqatan suyuq jismdan iborat ekanligi, radiusi taxminan 1830±40 km, temperaturasi esa 1900-2000 K atrofida ekanligi maʼlum boʻldi. Mars yadrosining radiusi Mars radiusining yarmidan katta, Yer yadrosi radiusining esa taxminan yarmiga tengdir. Bu uzunlik modellar taxmin qilgan uzunlikdan ortiqroq boʻlib, yadro tarkibida temir—nikel qotishmalari va oltingugurt (15 foizgacha) bilan bir qatorda kislorod va vodorod kabi yengilroq unsurlar ham borligi aniqlandi.
Marsning Yerga qiyosi
Mars yadrosi tosh jinslaridan tashkil topgan mantiya bilan oʻralgan, ammo Yerning pastki mantiyasiga oʻxshash qatlamga ega emas. Mars mantiyasi 500 km chuqurlikkacha (erigan jinslardan tashkil topgan astenosfera qatlami boshlangan joygacha) qattiq holatda boʻladi. Astenosfera tagida seysmik toʻlqinlar tezligi ortib boradi va, taxminan, 1050 km chuqurlikda Golitsin qatlami bilan chegaralandi. Mars poʻsti deb ataluvchi qatlam oʻrtacha 24-72 km qalinlikka ega hisoblanadi.
Mars geologiyasi
[3]Mars ichki sayyora hisoblanib, uning sirti kremniy va kislorodga boy minerallar, metallar hamda togʻ jinslaridan tashkil topgan boshqa unsurlardan iborat. Mars sirti, asosan, bazaltdan tashkil topgan boʻlsa-da, ayrim qismlarining tarkibi oddiy bazaltga qaraganda koʻproq kremniy dioksidga boy hamda ular Yerdagi andezit jinslariga yoki kvars shishaga oʻxshash boʻlishi ham mumkin, deb taxmin qilinadi. Oʻrganishlar natijasida past albedoli mintaqalarda plagioklaz dala shpatining konsentratsiyalari uchrashi aniqlandi. Bundan tashqari, shimoliy past albedoli mintaqalarda filosilikatlar va oʻta chidamli kremniy shishaning konsentratsiyalari normal miqdordan koʻproq uchrashi ham maʼlum boʻldi. Janubiy tepaliklarida oʻta chidamli kalsiy piroksenlarni juzʼiy miqdorda uchratish mumkin. Shuningdek, gematit va olivinning mahalliylashgan konsentratsiyalari ham topilgan. Sirtning koʻp qismi mayda donali temir(III) oksid changi bilan qoplangan.
Tadqiqotlar
[4] Marsda umumiy atmosfera yerdagi bilan bir xilligi aniqlangan. Mars 20-asrdan beri chuqur oʻrganib kelinayotgan boʻlsa ham ilk marta Mars yuzasini kavlash 2013-yil „Curiosity“ marskezarida joylashtirilgan parmalash uskunasi orqali amalga oshirilgan. Ushbu uskuna Mars yuzasini bor-yoʻgʻi 3-5 sm chuqurlikda parmalay olgan. AQSHning Marsdagi omadli missiyalaridan ruhlangan boshqa davlatlar ham oʻzining Mars dasturlari ustida ishlay boshlashdi. 2003-yil Buyuk Britaniya oʻzinig Bigl-2 apparatini Marsga qoʻndirdi. Ammo quyosh panellari joylashgan qanot toʻliq yoyilmagani tufayli apparat ishdan chiqdi. Yevropa Ittifoqi 2016-yil Skiaparelli apparatini Mars yuzasiga yumshoq qoʻndirolmagani tufayli apparat halok boʻldi va missiya tugutildi.
18. [1,7 ball]
Matndan kelib chiqib to’g’ri shakllantirilgan javobni toping.
Marsda o’ta chidamli kalsiy piroksenlari juz’iy miqdorda uchratish mumkin.
Ma’lum bir fazo agentligining uch orbiteri olgan fotosuratlar asosida tortishish maydonining chegarasi tuzilgan.
Mars sayyorasi seysmik jihatdan nofaol sayyoralar sirasiga kiradi.
Sayyoraga hozirga qadar missiyalar muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.
19. [1,7 ball]
Matndan kelib chiqib xato shakllantirilgan javobni toping.
Mars differensiyaga uchragani sababli zich yadrosi oz zich materiallar bilan qoplangan.
Marsning po’sti qalinligi Yer po’stidan element unsurlarning ko’pligi tufayli qalinroqdir.
Mars differensiyaga uchragani sababli zich yadrosi metallar bilan qoplangan.
Mars yadrosining aksariyati temir, nikel va oltingugurtdan iborat.
20. [1,7 ball]
Matnga tayanib noto’g’ri fikrni belgilang.
A)Past albedoli mintaqalarida plagioklaz dala shtapining konsentratsiyasi uchrashi aniqlangan.
Mars yadrosi radiusi Yer yadrosi radiusidan katta emas, lekin o’z radiusidan katta.
Sayyoraning shimoliy va janubiy qismlarida bir xil konsentratsiyalangan moddalar mavjud .
Mars yadrosi tosh jinslaridan tashkil topgan mantiya bilan o’ralgan.
21. [1,7 ball]
Matnga tayanib nisbatan to’g’ri fikrni aniqlang.
Mars differensiatsiyaga uchragani sababli unda Golitsin qatlami mavjud.
Marsning yuzasi va po’sti qalinligi sababli parmalash muvaffaqiyatli amalga oshgan.
Marsda kislorod yo’qligi sababli Skiaparelli apparati muvaffaqiyatli qo’nolmadi.
Mars sirtining katta qismini mayda donali temir (III) oksid changi qoplangan.
22. Matnda raqamlab ko’rsatilgan gaplardan xato shakllantirilgan gapni toping.
A) 3 B)2 C)1 D)4
Matnni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring.
QOPLON
Yangi hovli Tillayevga yoqdi. Yuklarni mashinadan tushirayotganda Qurbonboy bir gap aytib qoldi:
— Sizga endi bitta it lozim, o‘rtoq Tillayev. It uyning savlati. Albatta it boqing. O‘zim g‘alatisini topib beraman.
Tillayevning itga unchalik hushi yo‘q edi, indamay qo‘ya qoldi. Qurbonboy xotinlarning hayhaylashiga qaramay,polni ham o‘zi yuvdi, gilamni ham o‘zi ko‘chaga olib chiqib, qoqib keldi.
— Iya, iya, biz turganda nega endi siz pol yuvarkansiz, opa? O‘zimiz qotirib tashlaymiz. Men gilam qoqayin-u, siz tomosha qiling. Ammo-lekin itning g‘alatisini boqish kerak. Ko‘chadan kirgan odam kiroyi direktor bo‘lsang, shunaqa it boq, deb havas qiladigan bo‘lsin.
Qurbonboy uyni saranjom qilib bo‘lgandan keyin ham darrov keta qolmadi. Hovlida ancha aylanib yurdi. It bog‘laydigan joyni o‘zi belgiladi.
— Yo‘o‘q, o‘rtoq Tillayev, it masalasini bizga qo‘yib beravering. Mana, itning joyi shu. Kichkinagina, ixchamgina uycha qurib bersam, itning ham joni kirib qoladi. Xo‘p, biz ketdik.
Qurbonboy ketdi.
— Bu kishi kim bo‘ladilar? — dedi Tillayevning xotini uning orqasidan borib eshikni ilgaklab qaytarkan.
— Judayam anig‘ini bilmayman, garajimizda ishlasa kerak. Ko‘chishga mashina so‘raganimizda, zavgar qarashib yuboradi, deb qo‘shib bergan edi, — dedi Tillayev.
— Durust odamga o‘xshaydi. Chaqqongina ekan.
Ertasiga Tillayev ishdan qaytib yuvinayotganida Qurbonboy kattakon it yetaklab keldi. U itni ayvonning ustuniga boylab, iljaydi:
— Oti Qoplon, Tillayev aka. Odamning yaxshisini darrov taniydi. Sizga tez o‘rganib ketadi. Ertaga yaxshilab uycha yasab berib ketaman.
U qo‘lini yuvib kelib, yarim soatcha itning ta’rifini qilib o‘tirdi.
— It hamma gapni tushunadi, faqat jonivorning tili yo‘q.
Qurbonboy bir so‘zli kishi ekan, aytganini qildi. Tillayev ishga ketganida zambilg‘altakda g‘isht olib kelib, itga
uycha yasab ketibdi. Magazindan alyumin tog‘oracha olib, itga yaloq qilib beribdi. Tillayev idoradan chiqib, endi
mashinaga o‘tiraman deb turganida, yugurib kelib qog‘ozga o‘rog‘liq narsa uzatdi.
— Xo‘jayin, Qoplonga nasiba. Kabobchi oshnamga tayinlab qo‘ygan edim, suyakni begona qilma, deb.
— Qurbonboyingiz odam ekan, — dedi xotini Tillayev uyga kelganda, — bechora jonini fido qivoraman deydi-ya.
Bola-chaqali, kamxarj odamga o‘xshaydi. Imoratini yetti yildan beri bitkazolmasmish. Uncha-munchasiga qarashib
yuboring.
Tillayev xotinining gaplariga parvo qilmay, choy ichardi.
Tillayev bilan Qurbonboy orasida yaqinlik paydo bo‘ldi. Bir kuni gap orasida u ro‘zg‘ordan orttirib, uchastkasining
tomini yopolmayotganini aytib qoldi:
— Ayb o‘zimda, yoshligimdan shunaqaman, o‘zimga qaramayman, oshna-og‘aynilarning ishi bitsin, deyman. Ha,
odam bolasidan shu qolar ekan. Bo‘lmasa, promkombinatda ham, raypoda ham oshnam bor, yuztagina shifer so‘rasam,
yo‘q dermidi. So‘ramayman. Aslo so‘ramayman.
— Nechta shifer yetmayapti? — dedi Tillayev beparvo.
— Yo‘q, xo‘jayin, so‘ramang, skladga yuz ellikta shifer yozib bersangiz ham olmayman. Siz bilan shu maqsadda
oshna bo‘lmaganman. Bunaqa gapni aytsangiz, uyingizga ikkinchi qadam bosmay ketaman.
Shu-shu bo‘ldi-yu, Tillayevning unga ixlosi oshib ketdi. Shundoq yaxshi odam garajda mashina yuvib o‘tirmasin,
deb uni garaj mudiriga muovin qilib qo‘ydi. Uyiga bir yuz saksonta shifer, o‘ttizta tunuka tushirib berdi. Ammo
Qurbonboy har tushlikda kelib, Qoplonni o‘ynatib kelishini tark qilmadi. Bu orada Tillayevning eski bod kasali tutib,
yotib qoldi. Avvaliga Qurbonboy kelib, uning holidan xabar olib turdi. Doktorlar endi bo‘lmaydi, pensiyaga chiqing,
deb maslahat berishgandan keyin Tillayev ministrlikka ariza yozib, ishdan bo‘shatishlarini so‘radi. Ministrlik uning
talabini qondirib, o‘rniga boshqa direktor tayinladi. Qurbonboy o‘sha kuni kelib, Qoplonni aylantirgani olib chiqib
ketdi-yu, qaytib kelmadi. Tillayev Qoplonga ancha o‘rganib qolgan ekan, to yarim kechagacha ikki ko‘zi ko‘chada
bo‘lib, itni poyladi. Yo‘q, Qoplon bedarak ketdi. Qurbonboy ham qorasini ko‘rsatmay qo‘ydi.
Oradan anchagina vaqt o‘tdi. Tillayev hassaga tayanib ko‘cha aylangani chiqdi. Bir mahal qarasa, ko‘chaning
narigi betida Qurbonboy Qoplonni yetaklab yuribdi. Chaqirsa, it qaradi-yu, Qurbonboy qaramadi. O‘sha kuni yangi
direktor o‘g‘lining tug‘ilgan kuniga o‘tirish qilib berayotgan ekan. Tillayevga mashina yuboribdi. Er-xotin borishdi.
Darvozadan kirishlari bilan yo‘lakda yotgan Qoplon ularni ko‘rib, dumini likillatib erkalandi.
— Bizning it qalay? — dedi yangi direktor.
—Bu itni taniyman, —dedi Tillayev va nariroqda yangi direktorning charm to‘nini tuflab artayotgan
Qurbonboyga bir qarab, uyga kirib ketdi.
23. [1,1 ball]
Siz bilan shu maqsadda oshna bo‘lmaganman.
Qurbonboy “shu maqsad” deganda nimani nazarda
tutdi?
A) kattaroq lavozimga tayinlanishni
B) o‘ziga kerakli narsalarni olishni
C) ro‘zg‘origa yordam berishni
D) it olib kelishni
24. [1,1 ball]
Nima sababdan Qurbonboy itni olib ketib, qaytib kelmadi?
A) Tillayev kasalligi sababli itga qaray olmadi.
B) Yangi boshliq it topishni buyurgan edi.
C) Qurbonboy itni yangi boshliqqa sovg‘a qildi.
D) Tillayevning xotini itni yo‘qotishni talab qildi.
25. [1,1 ball]
Qurbonboy Tillayevning xotini ko‘nglini olishga qanday
muvaffaq bo‘ldi?
A) Yangi hovli topib berdi.
B) Uy ishlariga qarashdi.
C) It olib kelishga va’da berdi.
D) Xotini bilan tanishtirib qo‘ydi.
26. [1,1 ball]
Hikoya syujetidagi voqealarning ketma-ketligi qaysi
javobda TO‘G‘RI tartiblangan?
1. Tillayev nafaqaga chiqdi.
2. Tillayev yuqori lavozimga tayinlandi.
3. Qurbonboy Tillayevga it olib kelib berdi.
4. Tillayev va Qurbonboy do‘stlashishdi.
5. Qurbonboy Tillayevga ko‘chishga yordam berdi.
6. Tillayev Qurbonboyni yuqoriroq lavozimga tayinlandi.
7. Tillayev Qurbonboyni yangi direktorning ziyofatida
ko‘rib qoldi.
8. Qurbonboy itni aylantirishga olib ketib, qaytib kelmadi.
A) 2, 5, 3, 4, 6, 1, 8, 7 B) 5, 2, 3, 4, 6, 1, 7, 8
C) 2, 3, 5, 6, 4, 8, 1, 7 D) 2, 3, 6, 5, 1, 8, 4, 7
27. [1,1 ball]
— Bizning it qalay? — dedi yangi direktor.
— Bu itni taniyman, — dedi Tillayev va nariroqda
yangi direktorning charm to‘nini tuflab artayotgan
Qurbonboyga bir qarab, uyga kirib ketdi.
Ushbu parcha haqidagi qaysi hukm to‘g‘ri?
A) Bu parchada zidlantirish (antiteza) hosil qilingan.
B) Bu parchadagi bir so‘zni turlicha talqin qilish
mumkin.
C) Bu parchada Tillayev va yangi direktor munosabatlari
ko‘rsatilgan.
D) Bu parchada Tillayevning Qoplonga munosabati ifodalangan.
G‘azalni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring.
1. ing aro ing — sabza ichinda lola,
Ul chashmi ing loladagi .
2. Barcha parilar, ey jon, girdingda zor-u hayron,
Go‘yo erur namoyon oy tegrasida .
3. Mehr-u vafoni, ey yor, ko‘p ko‘rdi sendin ,
Javr-u jafoni bisyor qilding manga havola.
4. Hajringda, ey , ko‘zumdin uchdi uyqu,
Har kecha tongga ishimdur oh-u nola.
5. Yuz safhasinda xatlar yoshdinki, har taraf bor
Ishqingda Bobur aylar bu nav’ yuz risola.
LUG‘AT: 1.xat — lab ustidagi mayin tukchalar; 2.uzor — yuz, chehra; 3.purxumor — mast, ko‘zi suzilgan; 4.g‘azola
— lola ichidagi kiyik boshiga o‘xshash uzv; 5.hola— Oy yoki Quyoshning qo‘rg‘onlashi, gardish bog‘lashi; 6.ag‘yor— begonalar, g‘ayrlar; raqiblar; 7.pariro‘ — pari yuzli, go‘zal; 8.degru (tegru) — ko‘makchi, muayyan zamon yoki
makondagi chegarani anglatadi (qadar, -gacha ma’nolarini beradi).
28. [2,5 ball]
G‘azal matla’si haqidagi NOTO‘G‘RI hukmni
aniqlang.
A) Labda bilinar-bilinmas mayda tukchalar bor, ular
go‘yo keng daladagi o‘t-o‘lanlarga o‘xshaydi.
B) Mayin tukchalarning qurshovidagi yuz o‘t-o‘lanlar
orasidagi lolaga qiyoslangan.
C) Ko‘z lolazor bag‘rida erkin va sho‘x raftor bilan
kezinib yurgan ohuga o‘xshatilgan.
D) Xat, yuz va ko‘z go‘yo oy nurining atrofiga
bir xildagi nurlarni sochishi tufayli hosil bo‘ladigan
gardishiga o‘xshatilgan
29. [2,5 ball]
2-bayt mazmunida AKS ETMAGAN fikrni belgilang.
A) Yor va uning dugonalari oy va uning holasiga tashbihlangan
B) Baytda “parilar” so‘zi bilan ifodalangan
go‘zallarning barchasidan yor afzal, go‘zal va ustundir
C) Yor go‘zal, bu borada uning tengi yo‘q, ammo u
zulmkorlikda ham mahoratli.
D) Oy gardishi qadimda “hola” deb yuritilgan.
30. [2,5 ball]
Nechanchi baytda shoir yorga o‘z tuyg‘ularini ochishga qaror qiladi?
A) 4-baytda B) 5-baytda C) 3-baytda D) 2-baytda
31. [2,5 ball]
G‘azalning janriy xususiyatlariga oid XATO
ma’lumotni aniqlang.
A) 1-baytda ikkitadan so‘z o‘zaro qofiyalangan.
B) matla’ va maqta’dan boshqa baytlarning barchasida
bosh qofiya bilan birga ichki qofiya ham qo‘llanilgan
C) 2-baytda uchta so‘z o‘zaro qofiyalangan
D) matla’ va maqta’dan boshqa baytlarning har birida
uchtadan so‘z o‘zaro qofiyalangan
32. [2,5 ball]
G‘azal maqta’si haqidagi NOTO‘G‘RI mulohazani
belgilang.
A) “Yosh” so‘zi faqat ko‘z yoshi ma’nosinigina emas,
u lolazorda yugurib yurgan bolalar ma’nosini ham
ifoda etadi.
B) Safha so‘zi yuzning ko‘rinishi ma’nosinigina
emas, ayni paytda xat yozish uchun mo‘ljallangan
qog‘oz sahifasi ma’nosini ham anglatadi.
C) Safha so‘zi xat yozish uchun mo‘ljallangan
qog‘oz sahifasi ma’nosini anglatgani uchun ham shoir
yor haqida yuz risola yozishga tayyor ekanligini alohida
ta’kidlagan.
D) yuz so‘zi tasbe’ san’atining go‘zal namunasini
yuzaga keltirgan.
Gaplarni (33, 34, 35) ega va uning turlari bo’yicha to’g’ri tahlil qiling.
Dostları ilə paylaş: |