Mehnat muhofazasi qonunlarining buzilganligi uchun javobgarlik turlari Davlat qonunchiligi mehnat muhofazasi qoida va me’yorlarining buzilishi uchun qat’iy javobgarlik belgilaydi. Javobgarlik turlari uch turlidir:
1. Ma’muriy javobgarlik (hayfsan e’lon qilish, vaqtincha yoki butunlay kam maoshli ishga o'tkazish, imtiyozlarni cheklash).
2. Jinoiy javobgarlik O'zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual kodeksiga binoan olib boriladi. Masalan:
— qoidaning buzilishi baxtsiz hodisaga olib kelsa, bir yilgacha axloq tuzatish yoki ozodlikdan mahrum qilish yoki besh eng kam ish haqigacha jarima yoki ishdan bo'shatish choralari qo'llanadi;
— qoidaning buzilishi tan jarohatiga yoki mehnat qobiliyatini yo'qotishga olib kelsa, 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki bir yilgacha axloq tuzatish choralari qo'llanadi;
— qoidaning buzilishi kishining o'limiga yoki bir necha kishining og'ir tan jarohatiga sabab bo'lsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish chorasi qo'llanishi mumkin;
— korxonadan chiqayotgan chiqindilar tufayli havo va suv havzalarining ifloslanganligi uchun 1 yilgacha axloq tuzatish choralari qo'llanishi yoki besh eng kam ish haqigacha jarima undirilishi ko'zda tutilgan.
3. Moddiy javobgarlikQonunga zid ravishda ishdan bo'shatilgan, majburiy ish qoldirgan, kasb kasalligi tufayli jabrlangan kishiga to'lanmagan haqni korxona rahbaridan qisman yoki to'liq undirib olinadi.