1_21 guruhi talabasi Raxmonqulov Farruxning Mikro iqtisodiyot fanidan taqdimoti.
Guliston davlat universiteti
Naflik funksiyasini maksimalashtirish
Reja:
1. Naflilik funksiyasi
2. Funksiya tahlili va grafiklarni.
Naflilik funkstiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi taqqoslashni bildiradi. Naflilikni mutloq ko’rsatkichlarda o’lchashning ahamiyati bo’lmay, iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir to’’lamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini ko’rsatib berish mumkin emas.
Naflilik funkstiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi taqqoslashni bildiradi. Naflilikni mutloq ko’rsatkichlarda o’lchashning ahamiyati bo’lmay, iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir to’’lamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay darajada afzalligini ko’rsatib berish mumkin emas.
. So’nggi qo’shilgan naflilik – muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilikdir. So’nggi qo’shilgan naflilik umumiy naflilikning o’sgan qismidan iborat ekan, u naflilik funkstiyasining hosilasi hisoblanadi. Muayyan ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi ne’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo’ladi. Ne’matlarning cheklangan miqdori sharoitida esa doimo ehtiyojni eng kam darajada qondiruvchi «so’nggi nusxasi» mavjud bo’ladi.So’nggi qo’shilgan naflilik ‘asayib borish tendenstiyasiga ega bo’lib, bu iqtisodiy tamoyil sifatida ifoda etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundan iboratki, agar alohida olingan yakka iste’molchining holatidan kelib chiqilsa, ne’matlarni iste’mol qilish hajmining ko’’ayib borishi bilan, ma’lum vaqtdan boshlab, muayyan ne’matning navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo’shimcha naflilik oldingisiga nisbatan kamayib boradi.
Iste’molchi tovarlarning turli to’’lamini xarid qilishda doimo naflilikni maksimallashtirish qoidasiga amal qiladi. Bu qoidaning mazmuni quyidagicha bayon etiladi: iste’molchi o’zining daromadini shunday sarflashi kerakki, daromad to’liq sarflangan holatda tovarni xarid qilishdan olingan so’nggi qo’shilgan naflilikning tovar narxiga nisbati barcha tovarlar uchun bir xil qiymatga ega bo’lishi lozim, ya’ni:
bu erda: MU – X va Y tovarlarning so’nggi qo’shilgan nafliligi; ‘ – ularning narxi.
Bu qoida oldingi bobda ko’rib chiqilgan Gossenning ikkinchi qonuniga muvofiq tushadi hamda iste’molchining muvozanatli holatini ifodalaydi.
Iste’molchi o’zining o’z didi va ruhiyatiga ko’ra turli xil tovarlar to’’lamini ma’qul ko’rishi mumkin. Bunda u tovarlarning ma’lum bir to’’lamini boshqa biriga taqqoslab ko’radi. Iste’molchi tanlovini tushuntirishda befarqlik egri chizig’i muhim rol o’ynaydi.