1. Tayyorlov bosqichi. Bunga 1-sinfning 1-yarim yilligida o`quvchilarni badiiy kitoblar bilan tanishtirish, badiiy asardan zavq ola bilishi, uni mustaqil o`qishga havas uyg`otish, o`qish texnikasi yuzasidan izchil tushunchalar berib borish, to`g`ri talaffuzga o`rgatish masalalar kiritildi.
2. Ilk mutoala bosqichi. Bu bosqichga 1-2-sinf o`quvchilarini badiiy kitoblar bilan tanishtirishdan mustaqil mutolaaga, tez, to`g`ri, ravon va ifodali o`qishga, o`qiganlari yuzasidan o`z taassurotlarini shakllantirishga oid masalalar kiritildi.
3. Mustaqil mutolaa bosqichi. Bu bosqichga 3-4-sinf o`quvchilarining badiiy asar mutoalasi bo`yicha dastlabki ikki sinfda egallagan ko`nikma va malakalari asosidagi kitobxonlik madaniyati darajasi, chunonchi, asar mavzusini to`g`ri belgilash, sujet voqealari o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni aniqlash, adabiy qahramonlarning xatti-harakatiga o`zining shaxsiy munosabatini bildirish, tegishli xulosalar chiqarish, so`z zahirasini boyitish, badiiy asardan olgan taassurotlari asosida og`zaki hikoya tuzish, bayon, insho, taqriz, annotatsiya, tezis kabi yozma ijodiy ishlar yozish bilan bog`liq masalalar kiritildi. Avvalo maktabgacha tarbiya muassasida bolalarda baddiiy asarlarni eshitish ishtiyoqini va undan zavq olish tuyg`ularini uygotish lozim. Bog`cha yoshidagi bolalar xalq og`zaki ijodiga katta qiziqish bilan qaraydilar. Bunga sabab tevarak-atrofidahayvonlarga, o`simlik, dov-daraxtlarga, meva-chevalarga bo`lgan mehr sabab bo`ladi. Ular ota-onalari, buvi-buvalaridan ertak, topishmoq eshitishni, hayotlarida yuz bergan voqealarni so`zlab berishlarini istaydi, yoqtiradi. Bu borada Hamid Olimjonning esdaliklarini eslash kifoya:
Bolalik kunlarimda,
Uyqusiz tunlarimda,
Ko`p ertak eshitardim,
So`ylab berardi buvim.
O`zi uchar gilamlar,
Bola bo`p qolgan chollar…
Bolalardagi bu ishtiyoqni so`ndirmaslik boshlang`ich sinf o`qituvchilarning zimmasidadir. Boshlang`ich sinfda sinfdan tashqari o`qish bosqichlarining maqsad va vazifalarini anglagan holda o`qituvchi unga tayyorgalik ko`rishi lozim.
O`qituvchi sinfdan tashqari o`qishning qaysi bosqichi uchun reja tuzsa ham, o`quvchilarga mustaqil o`qish uchun tavsiya etadigan asarlarini o`zi o`qib- o`rganishi, mavzusiga ko`ra guruhlashi, miqdorini belgilab olishi va taqvim rejaga kiritishi, asar matnlari ustida amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishi, sujeti, kompozitsiyasi, badiiy san`at vositalari, g`oyasi ustida ishlash mazmuni hamda usullarini aniqlab olmog`i zarur. Asar tavsiya qilishda yozuvchining ijodini qunt bilan o`rganishi, tavsiya qilgan asarlarida nimalarga diqqat qaratishlari yuzasidan yo`llanmalar berishi kerak.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining yosh xususiyatlari va bilim saviyalari hisobga olinib ajratilgan har bir bosqichning o`z xususiyati mavjudligini ko`rib chiqdik. Bu haqda o`quv dasturida ham, darslikda ham ta`kidlab o`tilgan. Asosiy metodik muammo bu nimani o`qitish kerak va nima uchun aynan shunday o`qitish kerak savollariga javob topishdir.Ishimizning bu faslida yuqoridagi savol mohiyatini ochishga harakat qilamiz.
O`qituvchi darsni tashkil etishda mavzuni aniq belgilash va o`quv materiallarini tayyorlashi lozim.Kuzatishlarimiz bu xususda o`qituvchilar qo`lida hech qanday manba yo`qligini ko`rsatdi. Shuning uchun biz birinchi va ikkinchi bosqich mavzular va o`quv materiallarini ishlab chiqdik. Uchunchibosqichuchunrejalashtirishnima`quldebtopdik.
Savod o`rgatish davri tayyorlov bosqichi uchun tavqim reja.