Ahamoniylar davlati .
1.Fors podsholigi qachon vujudga kelgan ?
A) Mil avv VIII asrda B) Mil avv VII asrda S) Mil avv VI asrda D) Mil avv V asrda
2.Fors podsholigi hozirgi qaysi davlat hududida yuzaga kelgan edi?
A) Hozirgi Xitoy hududida B) Hozirgi Eron hududida S) Hozirgi Hindiston hududida D) Hozirgi Misr hududida
3.Fors podsholigiga kim asos solgan ?
A) Kir II B) Kir I S) Hamurappi D) Sardur I
4.Midiyaliklar va Forslarga qadar Eronda kimlar yashagan?
A) kassiylar elamiylar B) somiylar guteylar S) elamiylar, forslar D) kassitlar, yahudiylar
5.Elam davlati qachon vujudga kelgan edi ?
A)Mil avv 1 ming yillikda B) Mil avv 2 ming yillikda S) Mil avv 3 ming yillikda D) Mil avv 4 ming yillikda
6.Elam davlati qayerda vujudga kelgan edi ?
A) Eronning janubi g’arbiy qismida B) Mesopotamiya bilan chegaradosh bo’lgan joyda
S) Dajla daryosi sohilida D) A va B
7.Elam davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan ?
A) Fiva B) Suza S) Nineviya D) Memfis
8.Kaspiy dengizidan janubiy-g’arbda joylashgan …………….dagi qabilalar itifoqi qachon vujudga kelgan edi ?
A) Midiya B) Liviya S) Mittani D) Parfiya
9.Midiya podsho Kiaksar hukmronligi davrida qachon qudratli davlatga aylandi ?
A) Mil avv V asrda B) Mil avv VI asrda S) Mil avv VII asrda D) Mil avv VIII asrda
10.Qaysi yillarda Midiya qaysi davlat bilan itifoq bo’lib Ossuriyani bosib oldi ?
A) Lidiya B) Ossuriya S) Bobil D) Mitani
11.Kir II qaysi yilda forslarni o’z hokimyati ostiga birlashtirdi ?
A) Mil avv 558-yilda B) Mil avv 559-yilda S) Mil avv 560-yilda D) Mil avv 565-yilda
12. Kir II qaysi davlatlarni o’ziga bo’ysundirdi ?
A) Finikiya,Urartu,Ossuriya B) Misr,Falastin,Yahudiya
S)Armaniston,Midiya,Bobil D)Xetlarni,Mitanini,Osiyoni
13.Kir II ning o’g’li Kambiz qaysi davlatni bo’ysundirgach Eron davlati hududi bir muncha kengaygan ?
A) Misrni B) Osiyoni S) Falastinni D) Bobilni
14.Fors davlati boshqaruvida mil avv 522-yilda taxtga kim keldi?
A) Kir II B) Doro I S) Kambiz D) Hamurappi
15.Quydagilardan qaysi biri shoh Doro I ga ta’luqli ?
A)Midiyaning qudratli davlatga aylanishi
B) butun mamlakat uchun ”darik”i deb nomlangan oltin tangani muomalaga kiritilishi
S)Persopoldan,O’rta yer dengiziga qadar “shoh yo’li” degan podsho savdo yo’lini qurdirilishi
D) B va S javoblar to’g’ri
16.Doro I ning Kichik Osiyodagi yunonlar koloniyalari va Frakiyani bosib olishi …?
A) Doro I ning mag’lubiyati bilan tugadi B) Yunon-fors urushlarining boshlanib ketishiga sabab bo’ldi
S) Doro I ning o’limi bilan yakun topdi D) to’g’ri javob yo’q
17.Qaysi Eron hukmdori davrida Hindiston shimolidan O’rta yer dengiziga qadar yastangan ulkan imperiya barpo etildi ?
A) Kir II B) Kambiz S) Doro I D) Kserks
18.Ahamoniylar davlatida muhim savdo markazlari bo’lgan shaharlar qaysi edi ?
A) Suza B) Ekbatana S) Persepol D) A va B
19.Yuzta ustunli zali bo’lgan saroy Forslarning qaysi shahrida joylashgan edi ?
A) Suza B) Ekbatana S) Persepol D) Fiva
20.Qadimgi forslar yozuvlari ……?
A) Mixxatsimon belgilar bilan yozishgan
B) shohlarining bitiklari Behistun va Naqshi Rustam qoyalariga chekib yozilgan
S) Persepol saroyi devorlariga chekib yozilgan
D) A, B va S javoblar to’g’ri
21.Makedoniyalik Aleksandr qaysi yilda Fors davlatini bosib oldi?
A) mil avv 330-yilda B) mil avv 331-yilda S) mil avv 332-yilda D) mil avv 333-yilda
22.Ahamoniylar davlati necha yil hukmronlik qilgan ?
A)200 yildan ortiq B) 250 yil S) 300 yil D) 100 yildan ortiq
Dostları ilə paylaş: |