1. 7-Mavzu irsiylanish va takrorlanish koeffisiyentini hisoblas
Takrorlanish koeffisiyenti (rw) hayvonning bir belgisi yosh ortishi bilan takrorlanishini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun bir xil yoshdagi yaxshi va yomon hayvonlar ko’rsatkichi orasidagi farq ularning keyingi yoshdagi ko’rsatkichi orasidagi farqqa bo’linadi.
Masalan, hozirgi laktasiyada yaxshi sigirlarning sut mahsuloti 3600 kg, yomonlariniki 2400 kg bo’lib, o’rtacha sut mahsuloti 3000 kgni tashkil etdi. Keyingi laktasiyada esa yaxshi sigirlarning ko’rsatkichi 3300 kg ga teng bo’ladi.
Bunda birinchi laktasiyadagi yaxshi va yomon sigirlar suti orasidagi farq 1200 kg, keyingi laktasiya farqi esa 600 kg bo’ldi. Bunda takrorlanish koeffisiyenti
rw= bo’ladi. Bu sut mahsulotlari uchun yuqori takrorlanish koeffisiyentidir.
Takrorlanish koeffisiyenti bilan irsiyat koeffisiyenti orasida bog’lanish mavjud bo’lib, takrorlanish koeffisiyenti irsiyat koeffisiyentining yuqori chegarasini ko’rsatadi. Chunki bu naslga berilishning hamma tiplarini o’z ichiga oladi.
Bu koeffisiyent orqali hayvonning yoshi, oziqlantirish sharoiti bo’yicha tuzatishlar ishlab chiqish mumkin.
Irsiyat koeffisiyenti qishloq xo’jalik hayvonlarining ayrim belgilari uchun quyidagi o’zgaruvchanlikka ega (javdal-44).
Irsiyat koeffisiyenti seleksiya effekti yoki samaradorligini inqlashda keng qo’llaniladi.
Seleksiya guruhi uchun ajratilgan sigirlarning o’rtacha ko’rsatkichi bilan populyasiya va podaning o’rtacha ko’rsatkichi orasidagi ayirmaga seleksiya farqi yoki differensiali deyiladi
Sd=Mt-Mn bunda Mt-tanlangan guruh ko’rsatkichi, Mp-populyasiya va poda ko’rsatkichi, Sd-seleksiya defferensiali
Masalan, podaning o’rtacha sut mahsuldorligi 3000 kg, nasl yadrosida yoki tanlangan guruh sigirlarning o’rtacha sut mahsuldorligi 4000 kg bo’lsa, seleksiya farqi Sd=Mt-Mn= 4000-3000=1000 kg bo’ladi.
Seleksiya effekti yoki samradorligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Se= kg
Demak tanlash bir bo’g’in avlod almashish davrida 250 kg, bir yilda 50 kg seleksiya effekti beradi.
Agar h2 =0,35bo’lsa.
Se= kg bo’ladi
Nasl guruhi uchun tanlangan sigirlardan tug’ilgan urg’ochi buzoqlarning mahsuldorligi quyidagicha aniqlanadi.
M- urg’ochi buzoqlar= M poda + Sd h2 shundan
birichi misolda M-urg’ochi buzoqlar= 3000+250=3250 kg,
ikkinchi misolda M-urg’ochi buzoqlar= 3000+350=3350 kg bo’ladi