Darsning mustahkamlash bosqichida: I.Darslikda berilgan “O’tkan kunlar”asaridan berilgan parcha ustida ishlash va asarni tahlil qilish:
“Kirayi kuyaving shundoq bo’lsa”bobida Abdulla Qodiriy milliy o’zligimizga ,hunarmandchiligimizga mos imoratlarga chiroyli va to’g’ri ma’lumot berib,bu ma’lumotlarni qahramonlar ichki olami (Mirzakarim qutidor)bilan bog’laydi.Bu o’ziga xos tasvir ifodasi.Qahramonlar tashqi qiyofasi yoshi va ichki olami bilan uyg’unlashgan(Oftob oyim,Oysha bibi,To’ybeka,Kumushbibi)..
II.asarning to’liq nashri ustida ishlash va voqealar bayoni asosida bahs-munozara o’rkazish
III.Test sinovi:
1.Adib “O’tkan kunlar”romanini qachondan yoza boshlagan?
A.1919-yil B.1917-1918-yil C.1922-yil D.1920-yil
2.Asar to’liq holda qaysi matbuotda bosilgan?
A.”Oina” B.”Inqilob” C.”Samarqand” D.”Sadoyi Turkiston”
3.1926-yil…
A.Asarning ilk boblari bosilib chiqdi
B.Asar uch kitobda nashr etildi.
C.Asar yozila boshlandi.
D.”O’tkan kunlar”yaxlit asar sifatida bosilib chiqdi.
4.Mirzakarim qutidor uyidagi “ko’zga chalinadurg’on ortiqliqlardan “eng birinchi narsa nima edi?
A.Ehtiyoj binolar B.To’rdagi binolar
C.Koshinkon va naqshin chorxari ayvon D.Tancha
5”….ichidan atlas ko’ynak,ustidan xon atlas guppy kiygan,boshig’a oq dakanini tashlagan…”ayol kim edi?
A.Oftob oyim B.Oysha bibi C.Kumush D.To’ybeka
Javoblar:1.A 2.B 3. D 4.C 5.A Uyga vazifa:”Otkan kunlar”romanini to’liq o’qib kelish
Sana: Darsning mavzusi:Abdulla Qodiriy “O’tkan kunlar ”romani .Bahs-munozara:”Otabek,Kumush va zamonamiz yoshlari ”
Darsning maqsadi:a)ta’limiy- Abdulla Qodiriy “Otkan kunlar”romanini ifodali o’qish,asar mazmuni ,badiiyati yuzasidan savol-javob,matn ustida ishlash,asar yuzasidan bahs-munozara tashkil etib,bugungi hayot bilan bog’lash;